PIRLS TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA “ORGANAYZER” METODIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Jumanova Fotima Uralovna
TVCHDPI dotsenti
e-mail: zumanovafatima@gmail.com
tel: +998998006914
Artikova Nargiz Shuxratovna
TVCHDPI magistranti
e-mail: nargizartikova1982@gmail.com
tell: +998917778207
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga ko`ra “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da xalq ta’limi tizimida o`quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro dasturlardan biri PIRLSda O`zbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki ta’minlanishi ta’kidlab o`tilgan.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.
O'quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan ob'ektiv testlarni o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan so'rovnomalar o'tkazilib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. Tadqiqotlarda muvaqqiyatga erishish uchun o`quvchilar bilan matnni tushunish darjasini mukammallashtirish uchun turli interfaol metodlardan foydalanisn samarali natijalarni bermoqda. Quyida “Organayzer’ metodi asosida matn ustida ishlash jarayonlarini ko`rsatib o`tmoqchimiz. Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni koʼrgazmali taqdim etish vositasidir. “Organayzer’ metodining qo’llash tartiblari: 1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G'oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing. 2. Xatni to'xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang. 3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to'xtatmang. Agarda aqlingizda g'oyalar kelishi birdan to'xtasa, u holda qachonki yangi g'oyalar kelmaguncha qog'ozga rasm chizib turing
“Organayzer” metodi tarmoqlashning shunday turiki, unda faqat birlamchi yoki faqat ikkilamchi ma’lumotlar emas, balki, ham birlamchi, ham ikkilamchi ma’lumotlar ochiq qoldirib beriladi. O`quvchilar qaysi tarmoq ochiq bo`lsa, shu joyning ma’lumotini topishi kerak. Bunda ularga o`qituvchi tomonidan yozilgan ma’lumotlar yordam beradi. Masalan:
Bu usulni o`quvchilarning o`ziga alohida qog`ozga ham, yoki guruh uchun vatman qog`oziga ham berish mumkin. Topshiriqning bajarilishini slaydlar orqali tekshirish ham mumkin.
Organayzer usuli shunisi bilan qulayki, u boshlang`ich ta’limdagi har qanday fanda ham ishlatilishi mumkin.
1-sinflarda o`qish darslari jarayonida o`quvchilarning psixo-fiziologik qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda rasmli, qisqa yozuvli tarqatmalar asosida “Organayzer” metodini qo`llash mumkin.
Masalan, “Bahor” mavzusi asosida guruhlarga rasmlar tarqatiladi va berilgan topshiriq asosida rasmlarni yopishtirishlari so`raladi.
So`zlar asosida esa quyidagilarni misol keltiramiz.
3-4-sinflarda “Organayzer” metodini qo`llash imkoniyatlari kengayadi, chunki o`quvchilarda mavzular asosidagi tushunchalari kengayib boradi.
Boshlang‘ich o‘qish savodxonligi nuqt ainazaridan shuni ta'kidlash kerakki, 2016-yilgi PIRLSda mamlakatlarining yarmidan ko‘pidadeyarli barcha o‘quvchilar (95 foizdan ko‘prog‘i) fundamental o‘qish qobiliyatlarini namoyish etdilar. Bu o‘quvchilar matndan g‘oyalar va ma'lumotlarni topib takrorlashlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosachi qarishlari kerakedi. 2016-yilgi PIRLS yakunlari bundan 15 yil avvalga qaraganda ko‘proq o‘quvchilar yaxshi o‘qish malakasiga ega bo‘lganini ko‘rsatdi. PIRLS 2001 natijalaridan beri 10ta davlatdan o‘qish savodxonligi o‘sishi 2ta davlat bu ko‘rsatkich tushishi kuzatilgan. Qiziqarli tomoni PIRLS 2016 natijalarigako‘ra 50ta davlatdan 48tasida qiz bolalar o‘g‘il bolalarga ko‘ra yuqori natijalarni ko‘rsatgan. 2001-yildan beri qizlar va o‘g‘il bolalar savodxonligi o‘rtasidagi farq qisqarmagan. Qizbolalar 2001-yilda ham o‘qish savodxonligi borasida o‘g‘il bolalardan o‘zib ketgan. Quyida yuqori o‘qish savodxonligiga erishishni ta’minlovchi omillar sana bo‘tiladi. Turli mamlakatlararo yuqori o‘qish savodxonligi quyidagi omillarga bog‘liq:
Uyda o‘qishni qo‘llab-quvvatlay digan resurslarning (uydagi kitoblar, o‘qish uchun qulay shariot va oliy ma'lumotli ota-onalar)
Uyda ko‘proq raqamli qurilmalari
O‘qishni yaxshi ko‘radigan ota-onalar Shuni ta’kidlash lozimki, ota-onalarning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati pasaygan.
Buni 2011-yilda 31 mamlakatda va faqat 2 mamlakatda o‘qish savodxonligida o‘sish kuzatildi. 2016- yilda o‘rtacha hisobda atigi 32 foiz o‘quvchilarning ota-onalari o‘qishni yoqtirishini va 17 foizi o‘qishni yoqtirmasliklarini aytishdi [3].
O‘zbekiston PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achievement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o‘rtasida O‘zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25-yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. Shu jihatdan turli mamlakatlardagi o‘qish savodxonligi borasida yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilarning muvafaqqiyatiga aynan qanday omillar ta’sir ko‘rsatganligini o‘rganish O‘zbekiston maktablarida ham yuqori darajadagi o‘qish savodxonligiga ega o‘quvchilarni kamol toptirishga yordam beradi. Quyida PIRLSda yuqori darajadagi o‘qish savodxonligini ko‘rsatgan o‘quvchilarga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan omillar sanab o‘tiladi. Bunday o‘quvchilarga nisbatan shartli ravishda yaxshi o‘qiydigan bolalar termini ishlatiladi.
I. Yaxshi o‘qiydigan bolalar savodxonlik mashg‘ulotlariga erta qatnashgan.
2016-yilgi PIRLS natijalari bolalarda erta o‘qish savodxonligini shakllantirishning ikkita asosiy yo‘lini ko‘rsatadi: 1. Ota-onalar farzandlarini savodxonlik mashg‘ulotlariga erta jalb qilishi 2. Bolalarining maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnashishi Ota-onalar bolalarning birinchi o‘qituvchisi bo‘lishadi. 39 foiz o‘quvchilarning ota-onalari farzandlari bilan o‘qish, suhbatlashish yoki qo‘shiq aytish, shuningdek ularga ertak va hikoyalar aytib berish va alifbo harflarini yozishga o‘rgatish kabi mashg‘ulotlar olib borishganini bildirishdi. Ushbu o‘quvchilarning o‘qish qobiliyati ota-onalari savodxonlik mashg‘ulotlari bilan erta shug‘ullamagan o‘quvchilarga qaraganda yuqori darajani ko‘rsatdi [4].
Ota-onalarining ma’lumot berishicha, PIRLS o‘quvchilarining 59 foizi uch yil va undan ortiq muddat davomida farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga berishgan. Maktabgacha ta’lim muassasada ko‘proq ta’lim olgan o‘quvchilar o‘qish savodxonligi bo‘yicha yuqoriroq natijalar ko‘rsatishgan.
O'qish (1-4-sinf) fanini o'qitishning asosiy vazifasi: o'quvchilarning og'zaki nutqi adabiy til me'yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta'minlash, nutqiy kompetentsiyani o'stirish; yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me'yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirish hamda dastlab tanish, keyin 75 notanish matn ifodali o'qitilib, o'quvchidagi ko'nikma, malaka aniqlanadi. Shuningdek, miqdoriy ko'rsatkich – o'qish tezligi, ongli va ravon o'qish, bir daqiqada nechta so'z o'qiy olishi ham belgilanadi. Bolaning matn mazmunini to'liq o'qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, o'zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki “Organayzer” metodi asosida o`quvchilarning olgan bilim, ko`nikma va malakalarini tizimga solish imkoniyati yuzaga keladi. PIRLS tadqiqotlariga tayyorlash jarayonida matn ustida ishlash o`ziga xos xulosalar chiqarishda mavzuning o`ziga xos qirralarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5712-conli farmoni.
K.Qosimova va b.q. Darslik “Ona tili o`qitish metodikasi”. T-2009
Boymurodova G. va b.q. O`qish “3-sinf o`qituvchilari uchun ilg`or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo`yicha metodik qo`llanma T-2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |