Pirimqul Qodirovning "Qora Ko'zlar" romaniga falsafiy sharx



Download 11,87 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi11,87 Kb.
#25614
Bog'liq
P. Qodirov



Pirimqul Qodirovning "Qora Ko'zlar" romaniga falsafiy sharx
Reja:
1.Pirimqul Qodirovning "Qora Ko'zlar" romani yozilishi sabablari
2.Asar haqida qisqacha ma'lumot
3.Asar qahramonlari haqida ma'lumot
4.Asar qahramonlarining salbiy illatlari
5.Salbiy illatlarning falsafiy yechimi
P. Qodirovning o‘smirlik yillari shafqatsiz urush yillariga to‘g‘ri keladi. O‘qishi sakkizinchi sinfdan to‘xtatiladi va frontga ketgan kattalar o‘rniga P. Qodirov ona qishlog‘idagi kolxozda haydovchi, o‘roqchi, podachi bo‘lib ishlaydi.
P. Qodirovning lavozim suiiste’moliga duch kelgan tog‘ cho‘ponlarining dramatik hodisalariga bag‘ishlangan “Qora ko‘zlar” nomli ikkinchi romani ham kitobxon olqishiga sazovor bo‘lgan. Roman rus va litovsk tillariga o‘girilib, Moskva hamda Kaunasda chop etiladi.
Qora ko‘zlar” romani yozuvchi ijodida olg‘a tashlangan qadam va o‘zbek romanchiligida muhim hodisa bo‘ldi. Qishloq, aniqrog‘i, chorvadorlar hayotidan olingan bu asar qishloq haqidagi bir yoqlama tasavvurlarni buzib, adabiyot yuzini real hayotga, hayotning muammolari tomonga burib yuborishda muhim ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunos M.Qo‘shjonov haqli ravishda “Qora ko‘zlar”ni “ona asar” deb ataydi. “Qora ko‘zlar” muallifi olis qishloq va undagi orqada qolgan xo‘jalik hayotini roman ko‘zgusiga solib ko‘rsatdi. Asar boshdan-oyoq oddiy, zahmatkash mehnat ahliga, har qanday mushkul vaziyatlarda ham insoniy fazilatlarini saqlab qololgan asl insonlarga chuqur hurmat, hamdardlik ruhi bilan sug‘orilgan. Yozuvchi xuddi o‘sha qora ko‘zlar – jafokash kishilar boshiga tushgan kulfatlar uchun chin dildan qayg‘uradi, taqdirini chigallashtirgan hayotiy-ma’naviy omillar ustida teran mushohada yuritadi.
Roman voqealari yuz bergan makon – Oydinko‘l eskicha tushunchalar, qoloq odatlar ta’sir doirasida xiyla keng, xususan maishiy hayotda oilaviy – er-xotin, qaynona-kelin munosabatlarida, ayol zotiga muomalada inson erkini bo‘g‘adigan taomillar davom etadi. Yozuvchi bu romanida maishiy hayot ikir- chikirlarining chuqur bilimdoni ekanini ham ko‘rsatdi. Adib qoloq tushunchalarga odamlar turmushi va ongini zaharlovchi bir og‘u deb qaraydi. Qoloq tushunchalar aka bilan ukani bir-biriga raqib qilib, hali aqlini tanimagan norasidalarning ko‘ngil maylini, erkini jilovlab qo‘yadi, sof sevgini uyatga yo‘yadi, sevishganlarni xijolatda qoldiradi, er bilan xotin, qaynona bilan kelin, ona bilan bola o‘rtasiga nizo soladi, keskin dramalarga, xatarli fojialarga yo‘l ochadi, odamning odamlik qadrini, nafsoniyatini yerga uradi, odamning odamdek yashashi uchun to‘g‘anoq bo‘ladi. Gulday nozik, go‘dakdek sodda, beg‘ubor Ma’suda jaholat zug‘umi, o‘zining go‘daklarcha mo‘min-qobilligi qoloq taomillarga qarshisizlik itoati, eng asosiysi, daxldor shaxslar – eri, qaynonasi, xo‘jalik rahbarlarining e’tiborsizligi tufayli sog‘lig‘ini boy beradi, bedavo dardga yo‘liqib, halok bo‘ladi... Ma’suda qismati romandagi Hulkar, Jannatoy, Cho‘lponoylar, ular qadriga yetmay hayotini zaharlayotganar uchungina emas, umuman 60-yillar o‘zbek qishloqlaridagi real ahvol haqida jiddiy ogohlantirish edi.

“Qorа kozlаr” romаni 60-yillаr boshidаgi qishloq hаyoti mаnzаrаlаrini, turmush qiyinchiliklаrini, murаkkаbliklаrini, ziddiyatlаrini royi-rost korsаtgаnligi bilаn аjrаlib turаdigаn аsаr edi. Undа hozirgi kunlаrgа hаmohаng muаmmolаr tаlqinini hаm uchrаtish mumkin edi. Хususаn, romаn rаhbаrlikdаgi, хojаlikdаgi kozboyamаchiliklаrni, qo`shib yozishlаrni, kishilаr ахloqidаgi tubаnliklаrni hаmdа ulаrgа qаrshi kurаshuvchilаr borligini ochiq-oydin gаvdаlаntirishi bilаn deyarli bаrchа dаvrlаr uchun dolzаrblik qiymаti kаsb etаdi. 


«Қора кўзлар» иймон-эътиқоди бутун бўлган кучларнинг нобоп жамият туғдирган иллатлар билан муросасиз кураши тарихига бағишланади.
«Сталиннинг ўлимидан кейин, - деб ёзади адиб, - маънавий иқлим анча юмшади. Бизни илгари қийнаб юрган золимликлар, қўрқув ва алдамчилик маъданларидан қуйилган темир парда йиртилди. Дилимизда ўн йиллардан бери тўпланиб юрган дардлар нина санчсангиз фаввора бўлиб отилгудек эди. Уларни мен «Уч илдиз» романида... «Қора кўзлар»да баҳоли қудрат ифодалашга интилдим.
Тоталитар империя бизни қарам аҳволга солиб, қадр-қимматимизни ерга уришини ич-ичимиздан сезиб, руҳан қийналардик. Лекин буни очиқ айтолмай, «Қадрим», «Эрк» қиссаларида ички эркини йўқотган, мутелик дардига гирифтор бўлган қаҳрамонлар ҳаётини ҳамдардлик билан кўрсатиш орқали озодлик ва мустақилликка бўлган ташналигимни қондиришга интилардим. 
Ushbu roman qishloq, aniqrog‘i chorvadorlar hayotidan olingan, unda nobop ijtimoiy muhit, siyosat ta’sirida yetishgan Ortiq, Davlatbekov va Ismat bobo kabi shaxslarning xilma-xil obrazlari yaratilgan. Davlatbekov Oyko‘lga rais bo‘lganda qilgan eng katta gunohlardan biri shuki, u «chorvadorlikda Amerikani quvib yetib, o‘zib ketamiz!» deb radiolarda jar solgan, gazetalarda chiqqan. U go‘sht topshirish rejasini ikki yuz foiz bajaradi va orden oladi. O’sha yili Oyko‘lning chorvasi avvalgidan besh baravar kamayib ketadi. Xudbinlik, mansabparastlikda Ortiq Davlatbekovni ham ortda qoldirib ketadi. Uning aqidasi - nima qilib bo‘lmasin kattalarga yoqish. Ismat bobo - Davlatbekov va Ortiqdan ham xavfliroq shaxs. Ko‘zi ojiz bu qariya ig‘vo, chaqimchilik bilan ko‘p odamlarning yostig‘ini qurittan. U o‘g‘li Xolbekni, kuyovi Ortiqni gunoh ishlarga yo‘llaydi, ig‘vo-chaquv bilan kelini Jannatoy dilini xufton, ro‘zg‘orini xonavayron qiladi. Romanda keltirilgan Madaminjon va Ma’suda qismati «O’tgan kunlar»dagi Usta Olimning mungli sevgi sarguzashtlarini yodga tushiradi. Xullas, asarda 60-yillar o‘zbek qishloqlaridagi real hayot aks ettirilgan. Boshka qahramonlari: Avaz, Hulkar, Cho‘lponoy va boshq.
E'tiborimizni qaratsak yozuvchi romanida oila, burch, halollik, e’tiqod, to‘g‘rilik kabi ma’naviyat muammolarining yangi-yangi qirralarini yoritdi. Ma’lumki, asar yozilgan zamonda sho‘rolar mamlakatida-qishloq bo‘ladimi, shahar bo‘ladimi-hamma yoqda hayot farovon, degan soxta, yolg‘on g‘oya hukmron edi. Adib esa, O‘zbekistonning olis Oyko‘l qishlog‘idagi kishilar ma’naviyatini, yashash tarzini aks ettirish orqali hayotning asl, haqqoniy manzaralarini ko‘rsatdi. Yuqorida e’tirof etilgan ma’naviy masalalar asarda qator ijtimoiy muammolar bilan tutashib ketadi. Xo‘jalik raisi Davlatbekov -manfaatparast va mansabparast. «Nima bizga Amerika» qabilida ish tutib, xo‘jalikdagi chorva tuyog‘iga qiron keltirishga bir bahya qolgan. «Davlatbekovchilik» masalasida Ortiq undan ham ustasi farang. Kattalarga yaltoqlanish uning suygan oshi. Uning nazarida vijdon degan narsa ikkinchi, uchinchi darajali matoh. Xuddi shu-vijdonga munosabat aka-uka Ortiq va Avazni bir-biridan keskin ajratib turadi.
Romanda, ayniqsa, Hulkar, Jannatoy, Cho‘lponoy singari ayollar obrazi chuqur mehr bilan tasvirlangan. Ularning og‘ir, mashaqqatli mehnati, oila, muhabbat, qadr-qimmat borasidagi erksizligi, «hurmatli» o‘zgalar inon-ixtiyoridan chiqa olmasligi kuyinchak ehtiros va haqqoniylik bilan yoritilgan. Alloh odamga ulug‘ yosh bersa, zakovatni, diyonatni ham qo‘shib bersin ekan.
Romandagi Ismat bobo esa bunday emas-teskarisi. U o‘zining badxulqligi, kajraftorligi bilan qanchadan qancha kishilarning dilini xufton, baxtini xazon qiladi. Bobo ko‘zi basir bo‘lib ham tinchimaydi. Biroq yozuvchining niyati boshqa: ko‘zgina emas, odamning vijdoni ko‘r bo‘lmasin, demoqchi bo‘ladi yozuvchi.
O‘zbekchilikda tanishlar, yaqinlar, yurtdoshlarga nisbatan mehr bilan, oddiygina «qora ko‘zlar» deb Iutf qilish odati bor. Roman qahramonlari ham o‘tgan asrning 60-yillar chorvachilik turmushidagi ana shunday yaqinlarimiz, tanishlarimiz, ota-onalarimiz. Biz «Qora ko‘zlar» romani orqali ulardan adolat va haqiqat uchun kurashishni, erk va qadr-qimmatni toptamaslikni, ma’naviy pok va halollik sir-sinoatlarini o‘rganamiz.
Download 11,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish