Pifagor (Miloddan avvalgi 576-496 yillar)



Download 12,79 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi12,79 Kb.
#542813
Bog'liq
PIFAGOR


PIFAGOR
(Miloddan avvalgi 576-496 yillar)

Janubiy Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib o‘sgan qadimgi yunon faylasufi Pifagor Mnesarx ismli kishining farzandi bo‘lgan. Otasi uni xizmat safariga doimo o‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan va yangi narsalarni bilishga intiluvchan bo‘lib o‘sadi.


U faylasuflar Anaksimandr va Ferekidning shogirdi bo‘lgan.
Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik diniga juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig‘lamagan va umuman ehtiros hamda his-hayajonga berilmagan.
Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat haqida», «Davlat haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy kalom». Pifagor miloddan avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga «falsafa», deb nom bergan birinchi donishmand edi.


* * *
Rivoyat qilishlaricha, Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan so‘radi: «Sen qaysi ilm bilimdonisan?» — «Hech qaysi, — deb javob berdi Pifagor. — Men shunchaki bir faylasufman». — «Falsafa degani nima o‘zi?» — taajjublanib so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi: «Inson umrini bozor va olimpiya o‘yinlariga qiyoslash mumkin. Bozordagi sotuvchilar ham, xaridorlar ham doimo o‘z foydalarini ko‘zlaydilar. Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mashhurlik payida bo‘ladilar. O’yingohdagi tomoshabinlar esa ularni diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir guruhi boylik va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelib-yuguradilar. Ana shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir guruh borkim, ular chetdan turib atrofdagilarni jimgina kuzatadilar. Voqea-hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar faylasuflar — donolikni sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar, ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom ma’nodagi donishmandlik yolg‘iz Allohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka intilish bilan kifoyalanadilar, xolos».
Download 12,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish