Bilmaydigan narsangni qilishga urinma, lekin bilish zarur bo‘lgan barcha
narsani bilishga urin. Shunda sen, hayotda farovon yashaysan.
Qanday bo‘lmasin, boshingga tushgan dardni tez unutishga harakat qil va
unga o‘zingni ko‘p majburlama
.
Hayotda hashamat va ziynatlarsiz, kamtarona yashashga odatlan
.
Vaqt o‘tishi bilan Pifagor ibodatxona va ko‘cha maydonlarida chiqish qilishni
to‘xtatadi va o‘z uyida ta'lim bera boshlaydi. Ta'lim tizimi murakkab va ko‘p yillik edi.
Pifagordan ta'lim olishni istovchilar uch yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatlarda
sinov jarayonini o‘tashlari zarur edi. Bu vaqt davomida o‘quvchilar mashg‘ulotlarda
doimiy sukut saqlagan holda, Ustozga hech qanday savol bermasdan faqat uni
tinglashlari shart qilib qo‘yilgan ekan. Bu davrda Pifagor ulardagi sabr - toqat va
kamtarinlik xislatlarini shakllantirishga e'tibor qaratgan ekan.
Pifagor o‘z o‘quvchilariga tibbiyot, siyosiy faoliyat tamoyillari, falakkiyot, matematika,
musiqa va etika hamda boshqa ko‘plab muhim sohalar bo‘yicha ta'lim bergan.
Uning maktabidan atoqli davlat arboblari, siyosatdonlar, tarixchilar, matematiklar,
munajjimlar yetishib chiqqanligi tarixiy faktlarda ta'kidlanadi. Pifagor faqatgina Ustoz
bo‘lib qolmasdan, balki, tadqiqotchilik ishlariga ham yo‘lboshchilik qilar edi. U
musiqa va akustika nazariyotini rivojlantirib, mashhur "Pifagor gammasi"ni ixtiro
qiladi va musiqiy ohanglarni o‘rganish jarayonining asosiy tamoyillarini asoslab
berdi. Musiqiy tushunchalardagi kashf etilgan munosabatlarni u matematika tilida
bayon qilardi. Pifagor maktabida birinchi bo‘lib Yerning sharsimon shaklda
ekanligiga taxminlar bildirilgan. Osmon jismlarining harakati ma'lum qonuniyatlar
asosida davriy ro‘y berishi, ularning harakat qonunlari matematik usullarda hisoblab
topilishi mumkinligi haqidagi g‘oyalar va "olam garmoniyasi", "sferalar ohangi" kabi
astronomiya fanida burilish yasagan ta'limotlar dastavval aynan Pifagor maktabida
shakllangan.
Olim geometriya sohasida ham ko‘plab ishlarni amalga oshirgan. Bu borada uning
nomi bilan ataluvchi to‘g‘ri burchakli uchburchak haqidagi mashhur teoremani
eslash kifoya. U matematik munosabatlarni ham yetarlicha chuqur darajada tadqiq
qilib, proporsiyalar nazariyasi asoslarini boshlab berdi. U jismlar tabiatini tadqiq
qilishda raqamlar va sonlarning xususiyatlarini ham ta'siri bor deb hisoblar edi. U
hattoki inson kundalik hayoti va borliqning "adolat", "doimiylik", "erkak", "ayol",
"yashash", "o‘lim" kabi abadiylikka daxldor tushunchalarini ham son va raqamlar
vositasida tushuntirishga harakat qiladi.
Pifagorchilar, barcha jismlar mayda zarralar - "borliq birliklari"dan tashkil topadi, ular
esa turli tartiblanishlarda, turlicha geometrik shakllarda birlasha oladi deb fikrlashar
edi. Pifagor uchun son tushunchasi ham moddiyat ham Olamning shakli sifatida
namoyon bo‘lgan. Aynan shu tasavvurdan Pifagorchilarning o‘sha mashhur e'tirofi:
"hamma narsa - sondan iborat!" degan tushuncha kelib chiqqan. Shu tamoyilga
ko‘ra Pifagor maktabi vakillari, tabiatdagi barcha hodisa va jarayonlarni faqat sonlar
vositasida izohlashga urinishgan. Bu orqali esa ular matematikaning o‘ta muhim
sohasi - sonlar nazariyasi uchun tamal toshini qo‘ygan edilar.
Pifagorchilar, boshqa tarixiy tamaddunlarda bo‘lganidek, barcha sonlarni ikki toifaga:
toq va juft sonlarga ajratishgan. Keyinchalik, insoniyat taraqqiyotining yuqori
bosqichlarida ma'lum bo‘lishicha, Pifagorchi "juft - toq" hamda "o‘ng - chap" kvarts
kristallarida, DNK va viruslar strukturasida, Pasterning kislotalar bilan o‘tkazgan
mashhur tajribalarida, elementar zarralar nazariyasida va boshqa ko‘plab sohalarda
qiziqarli va chuqur tadrijiy ahamiyat kasb etar ekan.
Pifagorchilarga sonlarning geometrik interpretatsiyasi ham ma'lum bo‘lgan: ular,
nuqtaning bitta, to‘g‘ri chiziqning ikkita, tekislikning uch, hajmning esa to‘rt o‘lchovli
ekanligini aniq bilganlar. o‘nlik, dastlabki to‘rt raqamning yig‘indisi orqali hosil
qilinishi mumkin: (1+2+3+4=10), bu tenglamada bir - nuqta va bir o‘lchamlilikni, ikki -
to‘g‘ri chiziq va ikki o‘lchamlilikni, uch - tekislik va uch o‘lchamlilikni, to‘rt esa -
piramida (hajm)ni va to‘rt o‘lchamlilikni ifodalaydi. Aytingchi, Eynshteynning Butun
Olam to‘rt o‘lchamlik ta'limotidan nimasi kam?!
Tekislikdagi barcha geometrik shakllar - nuqta, to‘g‘ri chiziq, va tekislikning
yig‘indisidan Pifagorchilar "mukammal", yoki, "ilohiy" oltilikni olinadi deb tasavvur
qilishgan. Ular sonlarning kvadratlarida ham tenglik va adolat mezonlarini
ko‘rishgan: ular uchun doimiylik ramzi - to‘qqiz raqami bo‘lgan. Chunki, 9 ning
barcha ko‘paytmalaridagi raqamlar ketma ketligi qo‘shib chiqilsa, yig‘indi doimo 9
ga teng bo‘ladi (masalan, 9X16=144, 1+4+4=9 va ho kazo). Sakkiz raqami esa ular
uchun o‘lim va yo‘qlik ramzi hisoblangan, chunki 8 ning barcha karralilari raqamlar
yig‘indisi barobarida kamayib boradi.
Pifagorchilar juft sonlarni "ayol" sonlar, toqlarni esa "erkak" sonlar deb
hisoblashgan, va shunga binoan ba'zi sonlarni faqat ayollarga xos, boshqalarini esa
erkaklarga taalluqli deb fikrlashgan. Pifagor maktabi o‘quvchilari uchun nikoh ramzi
bo‘lib 5 raqami, ya'ni 3- erkak son va 2-ayil sonning birlashuvi ifodalangan. Shu
sababdan ham to‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari uzunliklari 2 va 3 bo‘lganda,
gipotenuzasining uzunligi 5 ga teng bo‘lishini e'tiborga olib, mazkur tirdagi
uchburchakni "Kelin shakli" deb atashgan.
Tetradani tashkil qiluvchi to‘rt raqam - 1,2,3, va 4 musiqa bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri
aloqaga ega: ular barcha konsonatik intervallarni ifodalay oladi, (1:2) - oktavani, (2:3)
- kvintani, (3:4) esa kvartani. Boshqacha aytganda, dekada, koinotning faqatgina
geometrik - fazoviy xususiyatinigina emas, balki, garmonik - musiqiy ohangini ham
ifodalaydi. 10 ning xususiyatlariga yana shuni qo‘shimcha qilinadiki, u, o‘zigacha
bo‘lgan raqamlarning miqdoriy yig‘indisi hisoblanadi (Pifagorchilar Nol sonini
ishlatishmagan, shu sababli bunday noto‘g‘ri tushunchada bo‘lishgan). Tetradani
tashkil qiluvchi sonlar yig‘indisi 10 ga teng, shu tufayli Pifagorchilar uchun 10 Butun
Olamni ifodalovchi ramz bo‘lgan. "Modomiki 10 ideal son ekan - mulohaza qilishadi
ular, demak koinotda aniq o‘nta sayyora bo‘lishi kerak!" shuni ta'kidlash kerakki, u
vaqtlarda insonlarga koinot borasida faqat Quyosh, Yer va 5 ta eng yaqin va yorqin
(qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan) sayyoralar ma'lum bo‘lgan xolos.
To‘rt sondan iborat Pifagorchilarning mashhur tetradasi, ularning ta'limotlari orqali
Platonga ham ta'sir ko‘rsatgan. Platon ham to‘rt unsur (yer, havo, olov, hamda, suv
haqidagi) haqidagi ta'limotda mazkur tetradaning nazariyotiga yondoshgan.
Pifagorchilar yana sonlarni "mukammal" va "do‘stona" sonlarga ajratishgan.
Masalan 220 va 284 sonlari "do‘stona" sonlar hisoblanadi. Chunki, 220 sonini
o‘zidan boshqa barcha bo‘linuvchilarini aniqlab, ularni qo‘shib chiqilsa
(1+2+4+5+10+11+20+22+44+55+110), yig‘indi 284 chiqadi. Endi, 284 ni ham
o‘zidan boshqa bo‘luvchilarining yig‘indisini hisoblasak, (1+2+4+71+142) 220
chiqadi. Shu sababli bu ikki son bir biri bilan do‘st deb qaralgan va do‘stlik ramzi
sifatida ifodalangan. Yunon Pifagorchilari o‘z davrlarida bir birlariga va'da berayotib
mazkur raqamlar nomi bilan so‘z berishgan ekan. Pifagor maktabi vakillariga binday
"do‘stona" sonlardan qanchasi ma'lum bo‘lganligini aniq bilish qiyin, lekin, hozirgi
zamon kompyuterlari yordamida bunday "do‘stona" sonlar juftligining 286 tasi
aniqlangan.
Pifagorchilar ta'kidlagan "Mukammal" sonlar sirasiga esa, 36 sonini kiritish mumkin.
E'tibor beramiz: 36=1+2+3+4+5+6+7+8=(1+3+5+7)+(2+4+6+8). Teran nazar bilan
qaralsa, 36 ning sanoq tizimidagi dastlabki 4 toq va 4 juft sonlar yig‘indisidan iborat
ekanligi anglashiladi. Shu tufayli Pifagor va uning shogirdlari o‘z ta'limotlari orqali
zamondoshlariga 36 ni "mukammal" son deb ramziy e'tirof etib, mazkur sondan oliy
martabadagi ahdlashuv jarayonlarida foydalanishni tavsiya etishgan ekan.
Ilhom va ijobiy tuyg‘ular ramzi bo‘lgan "yaxshi" sonlardan tashqari Pifagorchilar
"yomon" yoki, "noxush" sonlarni ham belgilaganlar. Bunday sonlar hech qanday
afzalliklarga ega bo‘lmagan, ayniqsa u "yaxshi" sonlar bilan yonma-yon bo‘lsa, juda
ham yoqimsiz son deb qaralgan. Bunga misol esa o‘sha mashhur 13 - "shayton"
raqami yoki 17 - "jirkanchlik" raqamidir.
Pifagor va uning o‘quvchilarining real dunyo va sonlar munosabatlari o‘rtasidagi
bog‘liqliklarni faqatgina sonlar yechishga bo‘lgan urinishlarini omadsiz yoki,
mantiqsiz deb qarab bo‘lmaydi. (ba'zi materialistik dunyoqarash tarafdorlari hamda
ilohiyotchilar shunday fikrda edilar). Sababi, qanchalik sodda, ba'zan fantastik yoki
asoslanmagan bo‘lmasin, aynan Pifagor maktabida olib borilgan sonlar bo‘yicha
tadqiqotlar, olam sirlarini o‘rganishning ilg‘or va samarador usullarini ilgari
surganlar. Ularning astronomiya, musiqaga oid son va sanoqlar haqidagi qoldirgan
ma'lumotlari asosida keyingi avlod tamaddun vakillari ham olamni yanada teranroq
anglashga imkon topdilar.
Vafotidan so‘ng Pifagor, hozirgi janubiy Italiyadagi Mentapont sharida dafn etildi.
Uning o‘quvchilari Buyuk Yunonistonning turli shaharlarida Pifagor maktabining
davomchilari sifatida faoliyat boshladilar hamda Ustoz ishlarini davom ettirdilar.
Pifagor nomidagi ilmiy jamiyatlar tuzdilar.
Yangi davrda, tabiiy fanlar - astronomiya, matematika va boshqalarning jadal
rivojlanishi natijasida Pifagor tomonidan ilgari surilgan olam garmoniyasi haqidagi
JC omments
Yangilаndi: 15.01.2019 10:20
Do'stlaringiz bilan baham: |