ORBITAL LATIFALAR :)
:)
Tezkor tayyorlanadian
lapsha taomlar ishlab
chiqaruvchisi kimyo
bo'yicha Nobel
mukofotiga tavsiya
etildi. Uning
masalliqlarida, ilgari
fanga noma'lum bo'lgan
kimyoviy elementlar
aniqlandi..
BIRLIKLAR
KONVERTORI
Birlik / Kattalik turini tanlang:
Kat t alikni t anlang==>>
Qiymatni kiriting:
Natijaviy qiymat:
© Orbita.uz
KONTENT
STATISTIKASI
Foydalanuvchilar soni
:
368
Kiritilgan mаqolalar soni
: 879
O'qilgan sahifalar soni
:
8072136
ORBITA . U Z
...Ilm-fan fazosi uzra!
Qidiruv...
Q IDIR!
safarini bir muddat ortga surib turishga qaror qiladi. U endilikda vaqtinchalik
ravishda Lesbos orolidagi qarindoshi Zoil xonadonida yashab turadi. o‘sha yerda u
mashhur olim Miletlik Falesning do‘sti, faylasuf Ferekid bilan tanishadi. Ferekiddan
Pifagor falakkiyot sirlari, quyosh va oy tutilishlarini oldindan hisob kitob qilib
aniqlash, sanoq va hisob sirlari, tibbiyot va boshqa, o‘sha zamonga xos fanlardan
saboq oladi. Pifagor Lesbos orolida bir necha yil yashadi. U yerdan esa tarixdagi ilk
falsafa maktabi asoschisi Fales huzuriga, Miletga yo‘l oladi. Qadimgi yunon
falsafasining tarixini aynan Fales boshlab bergan deb hisoblanadi. Miletda Pifagor
deyarli sakson yoshni qoralab qolgan qariya Falesning falsafaga oid ma'ruzalarini
diqqat bilan tinglab, tahlil qilib boradi. Pifagor o‘zining Milet safari chog‘ida juda ham
ko‘p bilim va yangi ilmiy tushunchalarga ega bo‘lganini ta'kidlaydi. Lekin, Fales ham
uning iqtidorini e'tirof etgan holatda, unga ta'limni Misrda davom ettirishni maslahat
beradi va Pifagor yo‘lga otlanadi.
Misrga yo‘nalish chog‘ida bir muddatga u Finikiyada to‘xtab o‘tadi. Afsonaga ko‘ra, u
yerda Pifagor mashhur Sidon kohinlaridan ta'lim oladi. Pifagor Finikiyalik chog‘ida
uning Yunonistonda qolgan sodiq do‘stlari Samos hukmdori Polikartdan uning ma'n
etilgan safari uchun aybini afv etilishini so‘rab murojaat qilishadi. Polikrat Pifagor
do‘stlarining iltimosi orqali nafaqat uni kechiradi, balki, Misr fir'avni Amazisga uning
uchun tavsiyanoma ham yuborib, ta'limi uchun qo‘shimcha rag‘bat namoyon qiladi.
Misrda Pifagor fir'avnning homiyligi ostida Memfisdagi mahalliy kohinlar bilan
tanishadi. Unga begona millat vakillari uchun ta'qiq qo‘yilgan Misrning "o‘ta
muqaddas" ibodatxonalariga kirishga ruxsat berishadi. Misr ibodatxonalarining sir
asrorlarini chuqurroq o‘rganish uchun Pifagor kohinlikka bag‘ishlovlarni qabul qiladi.
Pifagorning Misrdagi ta'lim olish jarayoni uning o‘z davrining eng yetuk ilmli kishilari,
olimlari qatoridan joy olishiga zamin yaratdi. Bu davrga kelib uning keyingi taqdiriga
muhim ta'sir ko‘rsatuvchi voqealar yuz beradi: fir'avn Amazis vafot etadi, uning taxt
vorisi bo‘lgan yangi fir'avn esa fors shohi Kambiz tomonidan Misrga yuklatilgan yillik
o‘lpon to‘lovlarini to‘lashdan bosh tortdi. Bu narsa forslarning Misrga urush ochishi
uchun sabab bo‘lib, natijada Misrga bosqin davomida fors qo‘shinlari mahalliy aholi
uchun muqaddas bo‘lgan ibodatxonalarni ham, ehrom va saroylarni ham vayron
qilishdi. Kohinlarni ko‘pchiligini qatl qildirib, qolganlarini asirga olib ketishdi. Bu
urushda Pifagor ham fors asiriga tushib qoldi. Qadimgi afsonalarga ko‘ra, forslar
qo‘lida asirlik vaqtida Pifagor Bobilda bo‘lib, mahalliy fors afsungarlari bilan
tanishadi. Ular sharq falakkiyot fani, afsunlar, va sehr jodular bo‘yicha suhbatlar olib
boradi, Xaldey donishmandlarining ta'limotlari bilan tanishadi. Xaldeylar Pifagorni,
sharq xalqlari tomonidan ko‘p mingyilliklar davomida to‘plangan falakkiyot, tibbiyot va
arifmetika bilimlari bilan tanishtiradilar. Xaldeylardagi bu bilimlar asosan fan sifatida
emas, sehr va afsunlar kuchiga, yoki, ma'budlarning qudratli kuchlari kabi
tushunchalarga tayanar edi. Ular Pifagordagi matematika va falsafaga oid bilimlarni
ham aynan shunday kuchlarga bog‘lab izohlashgan ekan. Ya'ni, masalan,
Pifagorning matematika hisoblashlaridagi aniqliklarni, shuningdek, astronomik
bilimlarining (quyosh va oy tutilishi vaqtlarini oldindan hisoblab aytib bera olishini)
uning "sehrli qobiliyati" yoki "afsungarlik" deb baholashgan ekan.
Fors shohi Doro Gistasp, "mashhur va zakovatli yunon" haqida eshitib, uni asirlikdan
ozod etgunicha bo‘lgan 12 yillik muddatni Pifagor Bobilda o‘tkazdi. Bu vaqtda Pifagor
60 yoshga kirib qolgan edi va u to‘plagan bilimlarini o‘z vatanida, o‘z xalqiga ulashish
niyatida Yunonistonga qaytishga qaror qiladi. Pifagor Yunonistonni tark etganidan
buyon u yerda katta o‘zgarishlar yuz bergan edi. Bu vaqtda Yunoniston ham Fors
mamlakati siyosiy ta'sir doirasiga tushib qolgan va yuksak ilmiy salohiyatli yunon
olimlari fors ta'qibidan qochib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketishgan edi. U yerda
yunonlar yangi, "Buyuk Yunoniston"ga asos solib, Sirakuza, Agrigent, Kroton kabi
shahar - koloniyalarini tashkil etib, yangicha turmush tarzini boshlab yuborishgandi.
Pifagor ham o‘sha yerga kelib o‘rnashadi va o‘zining mustaqil falsafa maktabini
yaratish haqida o‘ylay boshlaydi. Mahalliy aholi orasida u tezkor ravishda olim va
mutafakkir sifatida shuhrat qozonadi. Uning ta'limotlariga nisbatan aholi orasidagi
qiziqish shu darajaga yetib boradiki, hatto, majlis va yig‘inlarda ishtirok etishi
ta'qiqlangan ayollar va qizlar ham qonunni buzib, uning suhbatlariga va
ma'ruzalariga kela bo‘shlaydilar. Pifagor shunday qiziquvchi "qonunbuzar"lardan biri
- Teano ismli qiz bilan turmush quradi.
Bu vaqtga kelib Buyuk Yunonistonning Kroton va boshqa shaharlarida ijtimoiy inqiroz
yuzaga kela boshlaydi; aholi orasidagi ijtimoiy tengsizlik, afsonalarga tushgan
"sibarit"larning (Sibaris shahri aholisi) mislsiz darajada o‘ta boy va badavlat va to‘q
yashashi, Kroton va boshqa yonma yon shahar aholisining
turmushi esa
kambag‘allik va ochlikda qiyinchiliklar bilan ko‘chayotganligi tufayli aholi orasida
norozilik o‘sib, adovat va ayirmachilik kayfiyati ortib boradi. Shunday qaltis vaziyatda
Pifagor ong va tafakkurni hamda axloq me'yorlarining insonni komillikka yetaklovchi
ahamiyati haqidagi mustaqil falsafiy - axloqiy ta'limoti bilan maydonga chiqadi.
Ko‘pni ko‘rgan Pifagor o‘zi egallagan falsafiy va ilohiyotga doir ilmlardan ijtimoiy
muammolarni hal etishda mohirlik bilan foydalanadi. U o‘zi guvohi bo‘lgan turli xil
ilohiy ta'limotlar va e'tiqodiy tushunchalardan foydalanib, falsafa va mantiqning yangi
yo‘nalishdagi ta'limoti - tabiat, koinot va odamzotning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi,
bir biridan mustaqil va ayri holatda mavjud bo‘la olmasligi, hamda, barcha
odamlarning tabiatning abadiyligi va uning qonunlari oldida teng ekanliklari
tamoyillarini ilgari suruvchi mutlaqo o‘ziga xos va yangi ta'limotni shakllantirdi. Misr
kohinlaridan o‘rgangan usullarni yunon falsafa maktabi asosida takomillashtirib,
Pifagor o‘z qabuliga kelgan tinglovchilarni "qalbini adovatdan tozalab, ichki dardlarini
quvib" yuborgan va "yurak va aqllarini oliy haqiqatning nurlari bilan munavvar" qilgan.
o‘zining "Oltin misra"larida Pifagor, agar qat'iy amal qilinsa, adashgan kishilarning
qalbini poklab, komillikka yetaklovchi axloq me'yorlari haqida so‘z yuritadi.
Masalan ulardan birida Pifagor shunday yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |