do…while sikli do…while sikli while sikliga juda о‘xshash, faqatgina bitta farqli tarafi shundaki, unda shartning rostligi sikl boshida emas, balki oxirida tekshiriladi. Shuning uchun do…while siklining bajarish_bloki hech bо‘lmaganda bir marotaba bajariladi. Sintaksisi: do (bajarish_bloki) while (shart);
1 dan 10 gacha bо‘lgan juft sonlarni chiqazing.
$n=1; do { if ($n%2==0) echo $n. "
"; $n++; } while ($n<=10) ?>
FOR sikli Sintaksisi: for (amal1; shart; amal2) {bajarish_bloki;} amal1 – faqatgina bir marotaba sikl boshida bajariladi. Odatda bunda hisoblagichning boshlang‘ich qiymati beriladi. shart – shart har bir iteratsiyada tekshiriladi. Agar shart false qiymatni qabul qilsa, u holda iteratsiya tо‘xtatiladi. Odatda shartda hisoblagich qiymati bilan berilgan qiymat solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |