Kommutationsstest glossematikada ishlatiladigan kommutatsion sinov. Bu usul til birliklari invariantlari va variantlarini topish uchun qo'llaniladi. Konfrontativ, kontrastiv turli qardosh bo'lmagan tillarning xozirgi xolatini qiyosiy o'rganish.
Kontaktassimilation kontakt assimilyatsiya. Yondosh tovushlarnig nutqda bir-biriga ta'siri, mas: das Buch, fragt, kettu va sh.o'.
Kontext til birliklarining lingvistik va ekstralingvistik qurshovi. Ekstralingvistik qurshovga nutq jarayonidagi nutq situatsiyasi kiradi.
Konstante Opposition doimiy oppozitsiya, u xech qachon neytrallashmaydi: [p−k, a: −i: ].
Koronal q. Apikal
Korrelation, phonologische fonologik korreyatsiya. Bir xil distinktiv belgilar bilan xarakterlanadigan oppozitsiyalar qatori, mas: b−p, d−t, g−k,z−s, v−f oppozitsiyalari jarangli va jarangsizlik bo'yicha fonologik korrelyatsiya yasaydi.
Kymograph – eksperimental fonetikada tovush tebranishlarini registratsiya qilish uchun ishlatiladigan apparat.
Do'stlaringiz bilan baham: |