2. “Davlat xaridi” fanining ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi
bo’lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, davlat xaridini tashkil etish hamda tartibga solish va boshqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning davlat xaridlari tizimi bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
2. “Davlat xaridi” fanining ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari
Fanning vazifasi
talabalarga davlat xaridining iqtisodiy ahamiyati; davlat xaridining predmeti va sub’ektlari; davlat xaridini tashkil etish modellari; O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini isloh etish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar; xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi bo’yicha shartnomadan ko’zlangan maqsad; O’zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish jarayoni; davlat xaridini rejalashtirish; davlat xaridini tashkil etish shakllari; shartnomani tuzish va ijro etish; davlat xaridini nazorat tizimi, baho, talab va taklif xususiyatlari, ularning shakllanishini o’rganish; narxlarini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini, uslublarini o’rganish; narxning shakllanishiga xarajatlarning va daromadlarning ta’sirini o’rganish; iqtisodiyot tarmoqlarida narx shakllanish xususiyatlari bilan tanishish; davlatning narx siyosati haqida nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.
3. “Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Har bir fanning metodi ob’ektiv borliqni, tabiat va jamiyatni rivojlanishni o’rganishda qanday yondashish lozimligini ko’rsatadi. Fanning o’z predmetini o’rganish usullari, vositalari uni metodini ifodalaydi. Metod bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun - qoidalari va aniq hodisalaridir. Metod umumilmiy tavsifga ega, lekin xar bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi.
Metod-grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, nazariyot, ta’limot va amaliyotlarni o’rganishdagi izlanishlar yo’li degan ma’noni anglatadi.
Dialektika
ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Dialektik uslubning mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy xayotning barcha xodisalari va jarayonlari o’zaro bog’liqlikda va to’xtovsiz rivojlanishda ko’rib chiqiladi. O’zgarish va rivojlanishlar qarama-qarshiliklar qonuniyatlari asosida bo’lib,ob’ektiv haqiqat, haqiqiy borliq ifodalanadi deb qaraladi. Ya’ni, har bir jarayon, iqtisodiy hodisa bor, mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar sondan sifat o’zgarishiga va yangi sifatning paydo bo’lishiga, inkorni inkor qilish, qarama qarshilik kurashiga, eskini tugashi va yangi ilg’or jarayonlarni paydo bo’lish xususiyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |