Kontakt metasomatik jinslar
Bu jinslar ko'pincha nordon magmatik jinslar bilan
ohaktoshlar, dolomitlar chegarasida postmagmatik eritma va
gazlarning ta'sirida hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan jins skarn deyiladi.
Ular karbonatlar va granitlardan mineral tarkibi bilan keskin farq
qiladi. Skarnlarda piroksen, granat, epidot, amfibollar, vezuvian,
skapolit, olivin gruppasiga kiruvchi minerallar, flagopit va boshqa
minerallar uchraydi. Skarnlarda magnetit, sheelit, kassiterit,
molibdenit, arsenopirit va boshqa ma'danli minerallar uchraydi.
Ularning kristallanish darajasi va rangi har xildir. Stukturasi
ko'proq granoblastli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |