169
Shu munosabat bilan, ularning mehnatini tashkil etish, bir
tomondan, muayyan qonuniyatlarga, tamoyillarga,
qoidalarga
bo‘ysunganligi haqida, ikkinchi tomondan, bu qoidalar qaror
topgan ishlab chiqarish vaziyatini hisobga olgan holda, tatbiq
etilish darajasini aniqlash uchun
ijodiy mushohada qilib
ko‘rilishini talab etishi haqida gapirish mumkin. Bu yerdagi
tegishli tamoyillar va qoidalar faqat rahbarning, mutaxassisning
o‘ziga xos ish uslubi, o‘z mehnatini tashkil etish ko‘nikma va
malakalari, usullarini takomillashtirish ustida ishlashi uchun
faqat boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu ta’rifdan kelib chiqib,
personal menejmenti quyidagi
bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan masalalarni ilmiy asoslangan
holda hal qilishni o‘z ichiga oladi:
—
boshqaruv apparatidagi mehnatni tashkil etish (mehnat
taqsimoti, mehnatni mazmuniga ko‘ra tartibga solish, mehnatni
vaqti bo‘yicha tartibga solish), tizimlar va ish usullarini tanlash;
—
shaxsiy mehnatni tashkil etishning o‘ziga
xos muammolari
(ish vaqtini rejalashtirish va taqsimlash, tashrif buyuruvchilar
oqimini boshqarish, o‘ziga xos ish uslubi, yozishmalarni oqilona
yuritish va h.k.)
—
ish o‘rinlarini tashkil etish va jihozlash;
—
hisoblash va tashkiliy texnika
vositalaridan foydalanishni
tashkil etish.
Boshqaruv apparati xodimlari mehnatini tashkil etish
murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Har qanday xodim uchun
bugungi kunda eng muhim muammo ish vaqtidan oqilona
foydalanish hisoblanadi. Shuning uchun ham, boshqaruv
mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning boshlang‘ich
bosqichi
boshqaruv apparati xodimlarining ish vaqtidan foydalanishni
o‘rganishdir. Ish vaqtidan foydalanishni o‘rganish uning bekor
sarf bo‘lishini aniqlash, uning sabablarini bilib olish, ishlarni
bajarishning yangi shakllari va usullarini
ishlab chiqish imkonini
beradi.
170
Boshqaruv personali mehnat jarayonlarini tashkil etish zarur
texnikaviy vositalarni hisobga olgan holda, personal zimmasiga
yuklangan vazifalarni bajarishning oqilona tizimlar va usullarini
loyihalash va joriy qilishdan iboratdir.
Boshqaruv personali mehnatini tashkil etish mehnatni
mazmuniga va vaqtiga ko‘ra
tartibga solishning muayyan
darajasini nazarda tutadi. Bu narsa xodimlarning lavozim
vazifalarini bajarish vaqtidagi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish
hamda amalga oshirish chog‘idagi zarur tartib va uyushqoqlikni
ta’minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: