Personalni tanlash va ishga yollashning xorijiy tajribalari



Download 26,01 Kb.
bet1/4
Sana30.03.2022
Hajmi26,01 Kb.
#518196
  1   2   3   4
Bog'liq
PERSONALNI TANLASH VA ISHGA YOLLASHNING XORIJIY TAJRIBALARI




PERSONALNI TANLASH VA ISHGA YOLLASHNING XORIJIY TAJRIBALARI
Reja:

  1. Mehnatni tashkil etishning xorijiy tajribalari

  2. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari

  3. Bozor iqtisodiyoti, demokratlashtirish


XX asrning 70- yillarida Yaponiya kompaniyalarining mehnatni tashkil etish tizimi ularga o’sha davrda (1973 yilda) ro’y bergan “neft’ taqchilligi”dan so’ng raqobatchilikda katta ustuvorlikni ta’minladi. Ushbu usul yuksak sifatli mahsulotni kam sarf-xarajat bilan ishlab chiqarishga asoslangandi.
Yaponiya kompaniyalari yuksak sifatga erishish uchun intilish mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi, degan aqida ildiziga bolta urib, mehnatni tashkil etish an’anaviy tasavvurlarini qayta ko’rib chiqishga majbur qildilar.
Keskin raqobat kurashida o’z mavqelarini saqlab qolish uchun g’arb kompaniya va firmalari yaponlarning kam sarf-xarajat bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iborat mehnatni tashkil etish usullarini o’z korxonalarida qo’llashga kirishdilar. Xususan, “Ford motor companie" “Yaponiya izidan" strategiyasini joriy eta boshladi. Bu Fordning ommaviy ishlab chiqarish usuli o’rniga yapon menejmentini joriy etishni anglatardi. Ya’ni, amerikalik avtomobilsozlar ham o’zlarining unchalik tayyorgarlikka va malakaga ega bo’lmagan ishchilarini yuqori malakali va o’rgatilgan mugaxassislarga almashtirish yo’lini tutdilar.
XX asrning 80-yillarida Massachusets texnologiya instituti olimlari yapon avtomobilsozlarining raqobat kurashidagi muvaffaqiyatlari manbalarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan Xalqaro Dasturni amalga oshirdilar. Shu tariqa “Tejamkor menejment" nomi Ni olgan mehnatni tashkil etish usulining ilmiy asoslari yaratildi.
“Tejamkor menejment"da ishlab chiqarishni mugtasil takomillashtirib borishga qaratilgan “kayzen" tushunchasi, hal qiluvchi omillardan biri, deb hisoblanadi. Unga ko’ra, mehnat operatsiyalarini amalga oshiradigan ishchilar ishlab chiqarish jarayoniga eng yaqin turganlar bo’lganlari uchun muttasil takomillashtirish (“kayzen") ular sa’y harakati, malakasi, tajribasi, tashabbusiga bog’liq ekanligi e’tirof qilinadi. Bu texnik ekspertlarning ish tizimlaridagi yagona innovatsiya manbalari sifatidagi rolining pasayishiga olib keldi.
Massachusets texnologiya institutining sanoatda mehnat unumdorligi bo’yicha komissiyasi doimiy takomillashtirishga e’tibor qaratilishi ishlab chiqarishda global texnologik o’zgartirtnnlar qilishga intilishga qaraganda samaraliroq ekanligini tasdiqladi.
“Tejamkor menejment” usuli ishchilarga yuzaga kelgan nuqsonlarni tubdan bartaraf etish vakolatini beradigan “endon” tizimini ham ishlab chiqarishdan o’rin olishini ko’zda tutadi. “Endon” tizimi yapon avtomobilsozlik sanoatida sifat va samaradorlikni oshirishda muhim rol’ o’ynaydi. Biroq g’arbdagi o’z an’analariga ega korxonalar konveyerlarida bu tizimni joriy etish oson kechmadi.
Mehnatni tashkil etishning mazkur usulida “aniq vaqtida” tizimining ahamiyati ham katta. Unga ko’ra ichki yoki tashqi etkazib beruvchilar tomonidan butlovchi qismlar va detallar ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra ushbu qism yoki detallarni ishlatishga zarurat tug’ilgan aniqvaqtda etkazib berilishi ko’zda tutiladi. Ushbu tizim zaxira qism va detallarni tashish, ularni saqlashga binolarni band qilish, bu narsalarni saqlash uchun mas’ul bo’lgan xizmatchilar ish haqiga sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi.
“Tejamkor menejment”, shuningdek personalni boshqarishning komanda sifatida ishlash, mul’ti malaka (keng va chuqur ixtisos-lashtirish), funktsiyalararo o’qitish (xodimlarni o’z ishlab chiqarish uchastkasining xohlagan ish joyida ishlashlariga o’rgatish) kabi strategik yo’nalishlarini ham qamrab olgan.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan chuqur va keng ko’lamli islohotlar, huquqiy kafolatlar, tadbirkorlikning davlat tomonidan har taraflama qo’llab-quvvatlanishi xususiy korxonalarning keskin ortishini, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni va roli kuchayishini ta’minlamoqda. “Mamlakatimizda 2011 yilning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, deb e’lon qilinishi barchamizning zimmamizga qanday ulkan mas’uliyat yuklashi, bu borada tayyorlanayotgan umumdavlat Dasturini hayotga tatbiq etish bizdan qancha kuch va mablag‘larni safarbar etishni talab qilishi haqida bugun gapirib o‘tirishning, o‘ylaymanki, zarurati bo‘lmasa kerak.
2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 52,5 foizni tashkil etdi.
2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. Bu yangi tashkil qilingan umumiy ish o‘rinlarining 604 mingdan ziyodi yoki 65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo‘jaliklariga, 210 mingdan ortig‘i kasanachilik sohasiga to‘g‘ri keladi.”1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53- moddasiga muvofiq “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir”2. Davlat boshqaruv organlari tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlab kelmoqdalar. Bu:

  • tadbirkorlik huquqiy kafolatlari mustahkamlanayotganda, ayni shu kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy hujjatlar muttasil takomillashtirib borilayotganida;

  • tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy va qonuniy manfaatlari ishonarli himoya qilinayotganida;

  • tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda, ular o’z mahsulotlarini tashqi va ichki bozorda sotishlarida, ishbilarmonlar uchun konsalting, lizing, sug’urta va boshqa xizmatlar tizimi rivoj-lantirilayotganda, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda, boshqa ko’pgina masalalarda ko’maklashayotganda o’z ifodasini topmoqda.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq xususiy korxonalar kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlariga bo’linadi.

Download 26,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish