XVII - XVIII asrlardagi sanoat inqilobi juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bug’ dvigatelining ixtiro qilinishi bilan korxonalar uchun manufak-tura xo’jaligi chegaralari juda torlik qilib qoldi. Fabrikalarni rivojlashtirish uchun sarmoyaga bo’lgan ehtiyoj keskin o’sdi. Bu esa aksiya kapitaliga keng yo’l ochib berdi. Ana shunday sharoitlarda boshqaruv faoliyatining mushkullashib ketganligi bu sohada yollanma boshqaruvchilar va mutaxassislarning paydo bo’lishiga olib keldi. Aksiyador mulk egalari o’z manfaatlarini amalga oshirish vako-latini, buning uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy me’yorlarni ishlab chiqqan holda boshqaruvchi menejerlar ixtiyoriga berdilar. Bu jamiyat taraqqiyotida g’oyatda muhim bosqich bo’ldi.
1776 yilda shotlandiyalik olim, professor Adam Smit tomonidan nashr etilgan “Xalqlarning boyligi tabiati va sabablarini tadqiq qilish” asari erkin bozorga ega bo’lgan iqtisodiy jamiyat taraqqiyotining nazariy asosi, qisman ijtimoiy modeli bo’ldi. Bu mumtoz asardagi shaxsiy rag’bat va mehnatning chuqur taqsimoti g’oyasi menejment nazariyasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi.
XIX asr oxirida sanoatning rivojlanishi raqobatning keskin kuchayib ketishiga olib keldi. Ishlab chiqarish sohasidagi yangi ixtirolardan hali amaliy maqsadlarda etarlicha foydalanilmayotgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishni ishchi kuchi mehnat unumdorligini oshirish hisobiga rivojlantirish talab etilardi. Bu esa ishlab chiqarishda, ayniqsa yirik ishlab chiqarishda ishchilar mehnatini tashkil etadigan mutaxassislar - personalni boshqarish sohasidagi menejerlarning paydo bo’lishiga turtki bo’ldi.
Amerikalik muhandis-mexanik Frederik Teylorilmiy menejmentning asoschisi hisoblanadi. Uning “Sex menejmenti” (1903) va “Ilmiy menejment tamoyillari va usullari” (1911) asarlarida menejment va personalni boshqarish sohasidagi asosiy tamoyillar aniq ravshan bayon etilgan.
Midvel po’lat quyish zavodida oddiy ishchilikdan bosh muhandis lavozimigacha bo’lgan xizmat pog’onalarini bosib o’tgan F. Teylorning menejment sohasida kashf etgan yangiliklari aniq sanalari ma’lum. Bu - asbob-uskunalarni standartlashtirish (1880), funktsiyali ma’muriyat (1882), xronometraj (1883), ish haqi to’lashning tabaqalashtirilgan tizimi (1884), jihozlarni joylash-tirishni oqilona tashkil etish va balans uslubini yaxshilash (1893), mahsulotni sotish vazaxiralarni saklashni takomillashtirish (1896) tamoyillaridir.
Ushbu yangiliklar ilmiy menejment tizimi tarkibiy elementlarini tashkil etdi. Ular asosini to’rt tamoyil tashkil etardi:
Ma’muriyat “eski an’anaviy va qo’pol amaliy uslublar o’rniga” korxonada qo’llanilayotgan mehnatning barcha turlari ilmiy poydevorlarini ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi.
Ma’muriyat ilmiy asosda ishchilarni sinchiklab tanlab oladi, so’ng har bir ishchini mashq qildiradi, o’qitadi va rivojlantiradi. Holbuki, avvallari ishchi o’ziga o’zi kasb tanlar va bilganicha bu kasb bo’yicha mashq qilardi.
Ma’muriyat ishlab chiqarishning barcha alohida tarmoqlari o’zi oldin ishlab chiqqan ilmiy tamoyillarga mos kelishiga erishish yo’lida ishchilar bilan dildan hamkorlikni amalga oshiradi.
Korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasida deyarli bir xil mehnat va mas’uliyat taqsimoti o’rnatiladi.3