Boshqaruv funksiyasi — boshqaruv faoliyatining alohida turi hisoblanib, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti va ixtisos-lashuviga asoslangandir. Boshqaruv funksiyasining eng ko‘p tarqalgan turi boshqaruv umumiy xususiyatlari (sifat, mehnat, ish haqi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish)ni hamda ishlab chiqarish resurslarini (mehnat, moddiy-texnika, moliya va boshqalar) qamrab oladi.
|
Direktor
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishlab chiqarish
bo‘yicha o‘rinbosar
|
|
|
Tijorat
masalalari bo‘yicha
o‘rinbosar
|
|
Iqtisodiy
masalalar bo‘yicha
o‘rinbosar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishlab
chiqarish
bo‘limi
|
|
|
|
Tijorat bo‘limi
|
|
|
Reja-
iqtisodiyot
bo‘limi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1 - uchastka boshlig‘i
|
|
2- uchastka boshlig‘i
|
|
3- uchastka boshlig‘i
|
3.3- rasm. Boshqaruvning chiziqli-funksiyali tashkiliy tuzilmasi.
Umuman esa korxonani boshqarish funksiyalari 25 tagacha etadi. Boshqaruv xodimlari faoliyati o‘zaro bog‘liqdir. Buni quyidagidan yaqqol tasavvur etish mumkin
Директор
Таъминотчи
Ҳисобчи
Молиячи
Иқтисодчи
Тижоратчи
Маркетолог
Дастурчи
Муҳандис
Нозим
Ишлаб чиқа-
риш бўйича
ўринбосар
Тижорат масалалари
бўйича ўринбосар
Иқтисодий
масалалар бўйича
ўринбосар
Технология
лойиҳаси
раҳбари
Boshqaruv uslublari — ishlab chiqarishni boshqarish maqsadlariga erishish uchun personalga boshqaruv ta’sirini o‘tkazish vositalaridir. Odatda, boshqaruvning quyidagi uslublari farqlanadi:
I. Boshqaruvning ma’muriy uslublari. Bu uslub hokimiyatga, personalga imtiyozlar berish va jazo choralari ko‘rishga asoslangan. Personalga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning besh asosiy vositasi mavjuddir (4.6- rasm):
Tashkiliy ta’sir — korxona faoliyatini muvofiklashtirib turuvchi me’yoriy hujjatlar (korxona nizomi, jamoa shartnomasi, shtatlar jadvali, xizmat yo‘riqnomalari, ish o‘rnini tashkil etish qoidalari)ga asoslangan. Tashkiliy ta’sir yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan korxonalarda mehnat va ijro intizomi, pirovard ishlab chiqarish natijalari yuqori bo‘ladi va farmoyish ta’sirini qo‘llashga hojat bo‘lmaydi.
Farmoyish bilan ta’sir ko‘rsatish — boshqaruv maqsadlariga bevosita ma’muriy boshqarish orqali erishishga qaratilgan. Personalga farmoyish orqali ta’sir ko‘rsatish vositalariga ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va ijro intizomi, mehnatni me’yorlash, ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga Qaratilgan rahbariyatfarmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalarini keltirish mumkin.
Moddiy mas’uliyat. Bu xodimning mehnat faoliyati yoki faoliyatsizligi oqibatida korxonaga etkazilgan moddiy zararini qoplashdir.
Intizomiy mas’uliyat — mehnatga oid amaldagi qonunchilikka rioya etilmagan taqdirdagi mas’uliyatdir.
Ma’muriy mas’uliyat — xodim tomonidan ma’muriy huquq-buzarliklarga yo‘l qo‘yilgan hollardagi mas’uliyatdir. Bu jazo choralari davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladi.
II. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari — personalga iqtisodiy qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida ta’sir ko‘rsatishdir. Ularning quyidagi turlari mavjuddir (4.7- rasm).
Xo‘jalikni rejali yuritish — bu har qanday korxona faoliyat yuritishining asosiy qonuni hisoblanib, korxona maqsadlariga erishishning aniq strategiyasi mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona erkin tovar ishlab chiqaruvchi hisoblanib, bozorda boshqa korxonalarning teng huquqli sherigi maqomiga ega bo‘ladi. Korxonaning iqtisodiy rivojlanish rejasi tovarga bozor talabi bilan zarur resurslar o‘rtasidagi balansni ta’minlovchi asosiy shakli hisoblanadi.
Xo‘jalik hisobi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini xo‘jalik faoliyati natijalari (sotish hajmi, daromad) bilan taqqoslash asosidagi xo‘jalik yuritish uslubidir. U korxona mustaqilligi, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlashi, iqtisodiy me’yorlarga asoslangan.
Mehnatga haq to‘lash — mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqtiruvchi asosiy omil va ishchi kuchi qiymati hisoblanadi.
Ishchi kuchi — mehnat vositalari yordamida xom ashyo va materiallarni pirovard mahsulotga aylantiradigan mehnat jarayonining asosiy elementidir. Bu har qanday korxonaning eng asosiy omilidir.
Bozor narxining shakllanishi — tovar-pul munosabatlari-ning muvofiklashtiruvchi vosita, daromad va xarajatlar, mahsulot bahosi va qiymati muhim iqtisodiy kategoriyasidir. Mahsulot bahosi yuqori bo‘lsa, u bozorda raqobatbardosh bo‘lmaydi, arzon bo‘lsa korxona zarar ko‘rishi mumkin. U quyidagicha aniqlanadi:
N = T + F,
bu erda:
N — mahsulot bahosi;
T — mahsulot tannarxi;
F — foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |