Personalni boshqarish” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Psixologik xizmat ko’rsatish ishlarini samarali tashkil etishda psixologning vazifalari



Download 204,5 Kb.
bet5/9
Sana22.07.2022
Hajmi204,5 Kb.
#839333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5321235927354318216

1.2. Psixologik xizmat ko’rsatish ishlarini samarali tashkil etishda psixologning vazifalari.
Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 12- iyuldagi 577- sonli qaroriga binoan “Umumiy o’rta va o’rta -maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish “ to’g’risidagi Nizomga muvofiq, ta’lim muassasalarida psixologik xizmat xodimining faoliyatini asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

  • ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash orqali o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari samaradorligini oshirish;

  • o’quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to’g’ri kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish;

  • turli yosh davrlarida o’quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy og’ishlarning oldini olish;

  • o’quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korrektsiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;

  • pedagogik jamoalarda sog’lom psixologik muhitni yaratish va qo’llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;

  • iste’dodli va iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o’rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog’ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan «ommaviy madaniyat»ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish;

  • pedagog xodimlar, o’quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko’maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.

Treninglar o’tkazish. Bu muayyan ko’nikmalarni rivojlantirishga yoki komplekslarni engishga qaratilgan qisqa muddatli treningdir. Masalan, mashg’ulotlar haddan tashqari uyatchanlik bilan kurashish, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish va hokazolarga qaratilgan bo’lishi mumkin.
-Shaxsiy maslahatlashuvlar. Qoida tariqasida, mijozlar qiyin yoki tanqidiy vaziyatlarga tushib qolganda psixologga murojaat qilishadi.
- Psixologik xususiyatlarni yig’ish. Bunday holda, mutaxassis turli xil professional usullardan foydalangan holda, insonning fazilatlarini baholaydi. Bu ba’zi tashkilotlarda ishlash uchun xodimlarni yollashda tegishli bo’lishi mumkin.
- Bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash. Psixolog ularning rivojlanishini kuzatishi, muammolarni aniqlashi, o’quv o’yinlarini o’tkazishi va hokazo. Bundan tashqari, nafaqat o’quvchilar, balki ularning ota-onalari bilan ham maslahatlashuvlar o’tkazish mumkin.
- Hisobot tuzish. ushbu bandni o’z ichiga olgan holda, uning bajarilishini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.
- Ishchi kuchi bilan ishlash. Mutaxassisning vazifasi yangi xodimlarni moslashtirish, jamoadagi nizolarning oldini olish va uning a’zolari o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatish bo’lishi mumkin.
- Yosh davr taraqqiyotining muayyan mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o’quvchilar, akademik litsey va kasb-xunar kollej tinglovchilari, oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning kamolot darajalarini belgilaydi. O’qituvchilarning kasbiy yaroqligi va layoqatini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, xis- tuygulari, o’z-o’zini boshqarish imkoniyatlari, intellektual (akliy) darajasi va pedagogik qobiliyatini tekshiradi.
Psixolog o’quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qizikishi, mayli, iqtidorligi kabilarni o’rganadi, ularga individual munosabat va yondashishni yo’lga ko’yadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko’rsatadi, trening (maxsus mashq) o’tkazadi.
- deviant (konunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulq-atvor sabablari va ularning shakllarini belgilaydi;
- giyoxvandlik, alkogolizm , o’g’irlik, daydilikning ijtimoiy -psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omilllarini taxlil qiladi va boshqalar.
Rahbar kadrlar va o’qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish.
Yotoqxonalarda talabalarning extiyoji, talabi, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, turmushga nisbatan munosabati to’grisida ma’lumotlar to’plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.
Iqtidorli o’quvchilar, yosh mutaxassislar tanlashda ishtirok etish, ilmiy - psixologik tavsiyalar ishlab chiqish.
O’quvchilar, o’qituvchilar, xodimlar, ijodiy faoliyati maxsuldorligi, to’garaklar faolligini ko’tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb maxoratini egallash bo’yicha musobaqalar, munozaralar tashkil qilish va ularning maxsuli to’grisida bashorat (prognoz) qilish.
O’quvchilar, o’qituvchilar, xodimlar o’rtasida bo’sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy psixologik nuktai nazardan tekshirish va bo’sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo’llari xamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy kadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik jixatdan taxlil qilish.
Ta’lim muassasasi psixologi o’quvchilar o’rtasida uchrab turadigan psixik rivojlanishdan kechikish hollarini to’liq o’rganishi, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va ijtimoiy - psixologik shart-sharoitlarni taxlil qilishi lozim.
Ta’lim muassasasi psixologi turli yoshdagi o’quvchilarning qobiliyatlari, yo’nalishi, layoqatlari va kasbiy qiziqishlariga doir aniq ilmiy tahlillar, test natijalari asosida tuzilgan ma’lumotlar bankiga ega bo’lishi kerak.
Ta’lim muassasasi psixologi guruxlardagi ruhiy holatlarni, o’zaro munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan psixologik muhitni aniqlashi, rasmiy va norasmiy liderlar o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rganishi, ta’lim muassasasi ma’muriyati va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosariga zarur yo’l-yo’riqlar tavsiya qilishi joiz.
Bundan tashqari, ta’lim muassasasi psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar, tartibbuzarliklarning oldini olish, ularning psixologik ildizini o’rganish chora-tadbirlari bo’yicha konsultatsiyalar tashkil etishi shart. Bunday konsultatsiyalar ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun alohida tashkil qilinadi. Psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo’yicha o’qituvchilar jamoasiga psixologik yordam berishdir. Bunda u jamoadagi sog’lom muhitning asosi bo’lmish o’zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy psixologik trening mashg’ulotlaridan samarali va o’z vaqtida muttasil foydalanishi, uzluksiz ravishda diagnostik sinovlar o’tkazib turishi, pedagogning kasbiy mahoratini va nutq qobiliyatini oshirishda ijtimoiy psixologiyaning barcha faol tayyorgarlik usullaridan foydalanishi zarur.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasasi psixologi o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish ishlari, psixoprofilaktik ishlar, psixologik konsultatsiyalar, o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilarning psixologik savodxonligini ko’tarish; psixologiya metodlarini aniq sharoitlarga moslashtirish, ulardan samarali foydalanish, to’plangan ilmiy ma’lumotlarni izchil tarzda tahlil qilib borish; testlar tuzish, ularning sezgirligini ilmiy asoslash va har bir o’quvchi qobiliyatini,qolaversa, o’qituvchilar bilimdonligini testlar yordamida muntazam tekshirish, ilmiy xulosalar va ko’rsatmalar tayyorlash kabilardan iborat.
Ta’lim muassasasi psixologi unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus jixozlangan xonaga ega bo’lishi va uni kerakli materiallar bilan ta’minlash zarur.
Pedagog xodim bilan psixolog o’rtasidagi o’zaro va o’quvchilararo munosabat kasbiy-axlokiy asosga, psixologik odob, nazokatga rioya qilib, iltifotlilik, talabchanlik, sezgirlik, rostgo’ylik, o’zaro yordam, diniy e’tiqodlarni xurmat qilish kabi sifatlar majmuasi namunasini namoyish etish negizida ko’rulmog’i kerak.



Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish