Dolomi ishlab chiqarish texnologiyasi
Dolomitlar va dolomitli oxaktosh O’zbekistonda keng tarqalgan. Bu tog’ jinslari qurilishda yirik bloklar shaklida, hamda betonlarda chaqiq tosh sifatida ishlatiladi. Respublikamizda dolomit konlarida pardozlovchi plitalar ishlab chiqarish massa bo’yicha 50% sanoat chiqindilari yuzaga kelib, ularning asosiy qismi maxsus chuqurlarga ko’miladi.
Kuydirilgan dolomit asosida dolomit oxagi, kaustik dolomit va olovga bardoshli material olinadi.
Dolomitni bog’lovchi material sifatida qurilishda ishlatish chegaralangan.
Dolomit xomashyo material sifatida uyilma zichligi 450-500 kg/m3 g’ovak to’ldiruvchi ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Dolomit xomashyo asosida engil to’ldiruvchilar ishlab chiqarish, ularni betonda qo’llash xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega.
Dehqonobod dolomiti 0,1 mm dan kichik o’lchamli donalardan tashkil topgan bo’lib, mayda krisstal strukturaga ega. Makrostrukturasi birjinsli bo’lmay, g’ovak tog’ jinslari shaklida tabiatda uchraydi. Dolomit kristallari oq rangda bo’lib, ba’zan sariq rangda va jigar rangda bo’ladi. Bu esa xomashyo tarkibida metall oksidi mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Dehqonobod dolomiti konidan beshta namuna olinib, quyidagi xususiyatlari aniqlandi:
6-jadval
№
|
Uyilma zichligi, kg/m3
|
Zichligi, g/sm3
|
Suvshimuvchanligi,
%
|
1
|
1880
|
2,89
|
8,34
|
2
|
1870
|
2,91
|
8,94
|
3
|
2030
|
2.88
|
7,97
|
4
|
1983
|
2.90
|
8,16
|
5
|
2015
|
2.88
|
8,04
|
Dolomit xomashyosi mineralogik tarkibi
7-jadval
№
|
Komponentlar
|
|
Namunalar tartib raqami
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
CaO
|
30,2
|
30,46
|
29,87
|
29,99
|
30,12
|
2
|
MgO
|
20,8
|
19,82
|
20,82
|
20,66
|
20,01
|
3
|
SiO2
|
0,7
|
1,72
|
1,42
|
1,28
|
1,56
|
4
|
Fe2O3
|
0,1
|
0,28
|
0,06
|
0,06
|
0,16
|
5
|
Al2O3
|
0,85
|
0,52
|
0,40
|
0,33
|
0,54
|
6
|
SO3
|
0,65
|
0,68
|
0,98
|
0,76
|
0,67
|
7
|
Na2O
|
0,22
|
0,24
|
0,31
|
0,8
|
0,28
|
8
|
K2O
|
0,1
|
0,15
|
0,18
|
0,12
|
0,16
|
9
|
P.p.p
|
46,30
|
45,58
|
46,33
|
46,60
|
46,28
|
10
|
Σ
|
99,82
|
99,45
|
99,76
|
99,96
|
99,78
|
Dolomit xomashyosi asosida karboporit g’ovak to’ldiruvchi olishda maksimal zichlikka minimal xajmiy og’irlikda erishish talab etiladi.
Dolomit sarfini oshishidan kuydirish jarayonida SO2 ajralishi natijasida hajmiy og’irlik keskin kamayadi. Karboporit g’ovak to’ldiruvchisi olishda massa tarkibida dolomit 50-60% va bentonit gili 40-50% qabul qilish istiqbolli hisoblanadi. Pishirishni yaxshilashda xomashyo tarkibidagi dolomitni yirikligi 0,5 mm gacha, darboza gilini 1,5 mm gacha tuyib, massa bo’yicha miqdorlab, 17-19% namlikda granulalar olindi.
Dolomit ishlab chiqarishda granulalar tarelka tipidagi va shnekli granulyatorlarda qoliplanib, mufel pechida 1050, 1100, 1150 va 12000S da pishirildi.
Adabiyotlar ro’yxati
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-4335 sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. 2019 yil 23 may.
Akramov X.A., Raximov Sh.T., Nuritdinov X.N., Turopov M.T. “Beton to’ldiruvchilari texnologiyasi”, o’quv qo’llanma, Toshkent. Ekstremum press, 2010-167 bet.
Keoki Sears,Glenn A. Sears, Richard H. Clough.Construction Project Management: A Practical Guide to Field Construction Management// USA, 2010.
Alan Griffith.Integrated Management Systems for Construction: Quality, Environment and Safety// London, 2013.
Alan Griffith Management System For Construction// London, 2015.
Francis D. K. Ching., Building Construction Illustrated 5thEdition// USA, 2014.
Fernando Pacheko Torgal, Said Jalali. Eko-efficient. Construction and Building Materials. Portugaliya. 2013. ISBN 978-0-85729-891-1
Аскаров Б., Ботвина Л.М. Пористые заполнители из местного сырья и лёгие бетоны на их основе. Монография. Фан. T.: 1990 – 144 с.
Qosimov E. Qurilish ashyolari. Darslik. T., “Mexnat”, 2004-512 bet.
Maxmudova M.A., Nuriddinov X.N. Beton ishlari texnologiyasi.
O’quv qo’llanma. T. «TALQIN» 2004-64 bet.
Ицкович С.М., Чумаков Л.Д., Баженов Ю.М. Технология заполнителей бетона. Учебник М., “Высшая школа», 1991-272 c.
Do'stlaringiz bilan baham: |