Nazariy tadqiqotlarning uchinchi bosqichi Nazariyani tekshirishning usullaridan biri qonun asosida olingan qiymatlar tajriba natijalari bilan solishtiriladi, agar ular mos tushsa, nazariya to’g’ri deb topiladi. Tushuntirish deb o’rganilayotgan xodisani qonunga tayanib chiqarilgan isbotiga aytiladi. Nazariya umumiy xolda chegarasi bo’lmagan xolda ko’p bo’lgan xodisalarni o’zida jamlagani sababli uning asosida xali kuzatilmagan dalillar xaqida ham konkret axborotlar chiqarilishi mumkin, ushbu xolda u bashorat yoki oldindan ko’rish deb ataladi. Bashorat tajribada tasdiqlanadi. Bashorat o’zini ayniqsa ob’ektiv qonunlar sababli yuzaga kelishini yaqqol tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |