Ilmiy tamoyil – bu nazariy qurilma uchun dastlabka asos yoki muqaddimadir. Nazariy bilimning dastlabka tamoyili tashqi dunyoning mavjudligi va uni kishi tafakkurida aks etishidir. Ilmiy taxmin. Taxmin –ilmiy gumon yoki farazdir. Fikriy tajriba –u real tajribani fikran o’tkazishdir, ya’ni uni o’tkazishga tayyorlash jarayonida alohidagi qismlarni o’ylab ko’rishdir. Ideallashtirish. Bunda o’rganilayotgan jarayonlarning real kechishi ma’lum qonunlar va mavjud sharoitlarni xisobga olgan xolda fikrlar xarakati bilan almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |