Peratsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»



Download 21,12 Kb.
bet1/9
Sana29.12.2022
Hajmi21,12 Kb.
#896928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PERATSION TIzimlar


PERATSION TIzimlar


«Informatika va Axborot texnologiyalari» fanlari bo‘yicha

o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar uchun


Toshkent, 2006


«Fan va texnologiya» – 2006


Operatsion tizimlari. I-II qism. Toshkent., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2006 y., 142 bet.



«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2006 y.


I QISM


Hisoblash tizimining tarkibi

Hisoblash tizimining tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalarini alohida qarab chiqish qabul qilingan. Shunga muvofiq tarzda hisoblash tizimlarining apparat konfiguratsiyasi va ularning dasturiy konfiguratsiyalari alohida ko‘rib chiqiladi. Buxgalteriya tizimi uchun xos bo‘lgan bunday konfiguratsiyalarni yuqorida sanab o‘tilganlaridan tashqari boshqa dasturiy vositalar yordamida ham yaratish mumkin. Bo‘lish tamoyili informatika uchun alohida ahamiyatga ega, chunki juda ko‘p hollarda aynan bir xil vazifalarni hal qilishda apparat vositalaridagi, xuddi shunday tarzda dasturiy vositalar bilan ham amalga oshirish mumkin. Dasturiy yechimni tanlash mezoni unumdorlik va samaradorlikka xizmat qiladi. Odatda, apparat yechimlari o‘rta hisobda olganda qimmatroqqa tushadi, ammo dasturiy yechimlarni amalga oshirish esa xodimlardan ancha yuqoriroq malakani talab qiladi.




Dasturiy ta’minot

Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan.

Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak.

Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqori darajadagi barcha dasturiy ta’minotlar butun tizimning funktsional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, tayanch darajada dasturiy ta’minotni hisoblash tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.




Download 21,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish