Pensiya ishi



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

Byudjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil  etishning  maqsadi
5
  jamiyat  uchun  muhim  bo’lgan 
xarajatlarni byudjet mablag’laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. 
Byudjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil  etilishining  muvofiqligini  ta’minlovchi  yana  bir 
muhim  omil  –  bu  byudjet  taqchilligidir.  Xarajatlarni  daromaddan  o’sib  ketishi  kuchayishiga 
moliyaviy  resurslarni  faqat  qidirib  topishda  emas,  balki    korxonalar,  tashkilotlar  va  aholidan 
tushgan mablag’larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo’jalik yuritishning va 
xususiylashtirishning  ko’p  qirrali  shakllari,  byudjet  shakllari  bilan  bir  qatorda  jamiyatda  pul 
mablag’larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo’llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. 
Byudjetdan tashqari fondlar dastlab, mahsus fondlar shaklida yoki byudjet kelib chiqqunga 
qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo’lgan. Hukumat o’zining faoliyatining kengayishi bilan 
ularni amalga oshirish  uchun zarur bo’lgan mablag’larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj 
sezardi. Bu mablag’lar mahsus maqsadlar uchun mo’ljallangan alohida fondlarda yig’ilar edi. Bu 
fondlar qoidaga ko’ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga 
oshirib bo’lganidan keyin ushbu fondlar  o’z faoliyatini to’xtatar edi. Shu bilan bog’liq ravishda 
fondlar soni doimiy o’zgarib turar edi. 
Markazlashgan 
davlatning 
barqarorlashishi 
bilan 
birgalikda 
mahsus 
fondlarni 
muvofiqlashtirish davri boshlandi. Turli fondlarni birlashtirilishi asosida davlat byudjeti tuzildi. 
Bugungi  kunda  byudjet  bilan  bir  qatorda  byudjetdan  tashqari  fondlarning    ahamiyati  ortib 
bormoqda.  Byudjetdan  tashqari  fondlarga  badallarni  to’lovchi  sifatida  yuridik  va  jismoniy 
shaxslar  (tadbirkorlar)-ijtimoiy  kafolatlarning  iste’molchilari  hisoblanar  ekan,  to’lovlar  va 
fondlar pul mablag’larining taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo’ladi va 
shuning  uchun  ham  byudjetdan  tashqari  fondlar  samarali  faoliyat  ko’rsatishida  ularning 
qiziqishlari kuzatiladi. 
Davlat o’z tadbirlarini moliyalashtirish uchunaholi daromadlarining bir  qismini fondlarga 
jalb etadi. 
Byudjetdan tashqari fondlar ikkita asosiy vazifani bajaradi: 
• 
iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo’shimcha mablag’lar Bilan ta’minlash; 
                                                           
5
 Richard Allen and Dimitar Radev “Managing and Controlling Extrabudgetary Funds” 2010 y. p.26 


• 
aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. 
Byudjetdan tashqari fondlar moliya tiziminingbir bug’ini bo’lishi bilan birgalikda bir necha 
xususiyatlarni o’zida kasb ettiradi: 
• 
hukumat  va  boshqaruv  organlari  tomonidan  rejalashtiriladi  hamda  qat’iy  maqsadli 
yo’naltirilgan bo’ladi; 
• 
fondlar mablag’laridan byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun 
foydalaniladi; 
• 
asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi; 
• 
fondlarga sug’urta badallari va ularni to’lashda yuzaga keladigan o’zaro aloqalar soliqli 
xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi; 
• 
fondlar  pul  mablag’lari  davlat  qaramog’ida  bo’lib,  ular  byudjetlar,  shuningdek  boshqa 
fondlar  tarkibiga  kirmaydi  hamda  qonun  xujjatlarida  e’tirof  etilmagan  maqsadlarda 
ishlatilmaydi;  
• 
fondlar mablag’laridan foydalanish ko’rsatmaga asosan foydalaniladi. 
Shunday qilib, byudjetdan tashqari fondlar – davlat organlari tomonidan milliy daromadni 
aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir (1.2-rasm). 
 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish