Bog'liq Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar
TARQATMA MATERIALLAR MATERIALLAR 1-ilova O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga Moliya
vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Ish bilan
ta’mininlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasiga boshka davlatlar tashkilotlar va
fuqarolaridan tushadigan mablag’larni o’tkazish uchun xorijiy valyutada hisob raqami ochishga
ruxsat etilgan. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
ko’rsatib o’tilgan valyuta mablag’laridan aholini ish bilan ta’minlash bilan bog’liq maqsadlarda
foydalanishi belgilab qo’yilgan.
2-ilova O’zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi (keyingi
o’rinlarda Ish bilan ta’minlash jamg’armasi deb yuritiladi) aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi
davlat siyosatini amalga oshirish hamda mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza
qilish tuman (shahar) bo’limlarining (keyingi o’rinlarda mehnat bo’limlari deb ataladi) samarali
faoliyat ko’rsatishi tadbirlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan 3-ilova Ish bilan ta’minlash jamg’armasi byudjetdan tashqari maqsadli davlat jamg’armasi
hisoblanadi, mahalliy va respublika darajalarida tashkil etiladi va uning mablag’larini
shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadli yo’naltirilganligi saqlab qolingan holda Davlat
byudjeti tarkibida jamlanadi hamda Jamg’armaning mustaqil balansida aks ettiriladi.
4-ilova Ish bilan ta’minlash jamg’armasi mablag’lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
-
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ish haqi fondidan O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi majburiy ajratmalari, ushbu xarajatlar
mahsulot tannarxiga qo’shiladi;
-
tegishli byudjet mablag’larini shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan miqdorlarda respublika va
mahalliy byudjet mablag’laridan dotatsiyalar;
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi uchun joylardagi mehnat organlari
tomonidan belgilangan tartibda solinadigan moliyaviy sanktsiyalar va qo’shilgan penyalar
summasi;
-
qo’shimcha va yangi ish o’rinlari yaratish uchun kichik va o’rta biznes sub’ektlarini
kreditlash uchun tijorat banklari tomonidan ochilgan kredit liniyalaridan foizlar:
-
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning
ixtiyoriy badallari;
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar.