1.
O’zbekiston Respublikasi yo’l jamg’armasining ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fuiarolar uchun ijtimoiy fa-rovonlik yaratish davlatning eng
muhim funktsiyasiga aylanadi. Bunday sharoitda davlat tomonidan aholi farovonligi uchun kerakli
tovarlar va xizmatlar zarur miqdorda ishlab chiqariladi. Ularni ishlab chiqarish ko’pincha bevosita
byudjetdan moliyalash-tirish hisobiga amalga oshiriladi. Biroq, bir qator ijtimoiy vositalar
mavjudki, ularni taqdim etish masalasi xususiy sektor tomonidan hal etilishi mumkin. Bunday
vositalarga avtomobil yo’llari ham kiradi.
Ma’lumki, yo’llar kishilik jamiyati shakllangandan buyon xalqlarni birlashtirib turadigan,
o’zaro savdo-sotiq aloqalarini amalga oshiradigan muhim tizim xisoblangan. Yo’llarni rivoj-
lantirmasdan, uning holatini yaxshilamasdan turib, iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin emas. Buni
inobatga olib, mamlakatimiz hukumati tomonidan avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va
saqlash ishlariga ustuvor yo’nalish deb qaralmoqda.
Avtomobil yo’llarining aralash (jamoat va xususiy) tabiati hamda ko’pgina mamlakatlarda
bepul davlat yo’llari bilan bir qa-torda pullik asosda faoliyat yurituvchi yo’l va yo’l ob’ektlarining
mavjudligi davlatning yo’l tarmog’iga aralashishining miqyosi va mexanizmi to’g’risidagi
masalani sinchkovlik bilan ko’rib chiqishga undaydi.
O’zbekistonda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari-ning uzunligi 43,4 ming km ga
yaqinni, jumladan, davlatlararo aloqaga mo’ljallangan yo’llar — 3237 km, respublika ahamiyatga
ega18767 km va mahalliy — 21459 kmni tashkil etadi. Korxonalar ixtiyorida bo’lgan yo’llarning
uzunligi — 71,3 ming km, shahar va qishloq yo’llari — 69,9 ming km. O’zbekistonda avtomobil
yo’llarining umumiy uzunligi 184,6 km ga etadi.
Yo’l xo’jaligining hozirgi zamon darajasi va yo’l kommunika-tsiyalarining holatini hisobga
olgan holda, yo’llarni rivojlan-tirish muammolari mamlakatimiz uchun dolzarb masala bo’lib hi-
soblanadi. Afsuski, avtomobil yo’llarining rivojlanishi va ularga sarflangan investitsiyalardan
olinadigan samaradorlik bilan bog’liq barcha masalalarning hisobga olinishi birmuncha
murakkabdir. Yo’llarning rivojlanishi aholining bandligiga be-vosita yoki bilvosita ta’sir
ko’rsatishiga e’tibor qaratish mum-kin. Bu nafaqat ish o’rinlarining bevosita avtomobil yo’llari-
ning qurilishi va foydalanishga topshirilishida yaratilishi, bal-ki mazkur aralash tarmoqlarga
investitsiyalarning jalb etilishi bilan izohlanadi. To’lanadigan soliqlar chiqarib tashlangan holda
yo’l ishlariga sarflanadigan xarajatlar tarkibida, 70% ga yaqini boshqa tarmoqlar (qurilish
materiallari sanoati, yo’l mashina-sozligi, neftni qayta ishlash, transport) mahsulotlarining xarid
qilinishiga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, yo’l yoqasida xizmat ko’rsatishning rivojlanish darajasi
ham avtomobil yo’llari tar-mog’ining o’sishiga bevosita bog’liq. Bozor islohotlari avtomobil
yo’llariga bevosita yaqin bo’lgan savdo, umumiy ovqatlanish, turli xil xizmat ko’rsatish va
boshqalar shaklidagi tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlarni taqdim etdi. Bu mahalliy aholi, ish
topish murakkab bo’lgan uzoq mintaqalar uchun ayniqsa, muhimdir. Yo’l-lardan intensiv
foydalanish natijasida yuzaga keladigan is-te’mol talabining ortishi, muayyan jihatdan ushbu
muammoning hal etilishiga imkon beradi. Yo’l transporti tizimidagi band-likni Evropa Ittifoqi
ma’lumotlari misolida ko’rsatish mumkin: bugungi kunda unda 13,5—14 mln. kishi band bo’lib,
Evro-pa Ittifoqi mamlakatlarida ishlovchilarning umumiy sonining 6% dan orti-g’ini tashkil etadi.
«XX asrning 60—70-yillarida G’arb mamlakatlarida maqsadli byudjetdan tashqari yo’l
jamg’armalari yuzaga kela boshladi. Ularning tashkil etilishi ko’pgina mamlakatlar uchun byudjet
jarayonining standart muammolari: byudjetning yo’l xo’jaligiga bo’lgan ajratmalarni qisqartirish
bilan birga byudjetni ijro etish bosqichida xarajatlarni kamaytirishga ta’sir ko’rsatdi»
411
.
Odatda, yoqilg’i-moylash materiallarining (YoMM) realizatsiya qilinishiga solinadigan soliq,
ayrim aktsiz turlari, avtomobil yo’llarining foydalanuvchilaridan olinadigan to’lovni o’z ichiga
oladigan daromad manbalari yo’l jamg’armalariga qat’iy birik-tirib qo’yilgan. Bunday
jamg’armalarda jamg’ariladigan mablag’-lar, maqsadli tarzda yo’l xo’jaligiga yo’naltirilgan, bu
esa umum-davlat yo’l tarmog’ini maqbul darajada barqaror va oldindan moliyalashtirishni kafolatli
ta’minlashi lozim. Jamg’armaga ke-lib tushgan mablag’lar, odatda, mustaqil hukumat agentligi ix-
tiyoriga o’tkazilgan.
Biroq, vaqt o’tishi bilan mazkur jamg’armalarning faoliyati norozilik tug’dira boshladi,
chunki ular tashkil etilishida o’zlari-ga yuklatilgan vazifa — yo’l xo’jaligini to’liq va o’z vaqtida
moliyalashtirishning hal etilishini ta’minlamagan. Maqsadli yo’l jamg’armalariga nisbatan
borayotgan tanqid bir qator mamlakat-larda maqsadli yo’l jamg’armalarining tugatilishi va
byudjetning daromad qismida ularga kelib tushgan mablag’larga muvofiq ra-vishda xarajatlar
qismida mablag’larning birlashtirilishida na-moyon bo’lgan institutsional o’zgarishlarga sabab
bo’ldi.
O’zbekiston
Respublikasida
faoliyat
ko’rsatayotgan
markazlash-gan
iqtisodiy
jamg’armalarga Respublika Yo’l jamg’armasi, O’zbe-kiston Respublikasi Davlat Mulk
qo’mitasining maxsus hisob raqamini kiritish mumkin.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari tarkibida alo-hida o’rinni Respublika yo’l
jamg’armasi egallaydi. Byudjetdan tashqari Respublika yo’l jamg’armasi boshqa maqsadli
jamg’armalar kabi samarali faoliyat olib bormoqda. Bu holat, ayniqsa, shakl-lanayotgan
daromadlar tarkibi va mablag’lardan maqsadli foyda-lanishni kuchaytirishda bir qator ijobiy
o’zgarishlar ko’rinishida sodir bo’lmoqda.
Respublika yo’l jamg’armasi faoliyati davlatning oldida tur-gan iqtisodiy vazifalarni
moliyaviy ta’minlashga mo’ljallangan maqsadli pul mablag’lari jamg’armasini shaklllantirish va
mab-lag’larni yo’l xo’jaligi sohasini rivojlantirish uchun xarajat qilish shaklini aks ettiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi "Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari
qurish va ulardan foyda-lanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida" PF-3292-son
Farmoni bilan tashkil etilgan bo’lib, umumiy foyda-laniladigan avtomobil yo’llarini qurish,
ta’mirlash va saqlash uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlovchi davlat organidir.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarining tarmog’i-ni rivojlantirish dasturlarini
hamda ularning zarur darajadagi texnik holatiga va avtomobillarni o’tkazish imkoniyatlariga eri-
shishga yo’naltirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’-larni jamlash Respublika Yo’l
jamg’armasining maqsadidir. Shuningdek, bu jamg’armada Yo’l qurilishini boshqarish tizimiga
yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari ham olib boriladi.
Respublika yo’l jamg’armasi o’z faoliyatini Respublikamizning Konstitutsiyasiga,
qonunlariga, Oliy Majlisining qarorlariga, Prezidentning farmonlari va farmoyishlariga,
O’zbekiston Res-publikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlari hamda mazkur Ni-zomga muvofiq
amalga oshiradi.
Mamlakatimizda Respublika yo’l jamg’armasi O’zbekiston Res-publikasi Vazirlar
Mahkamasining Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Jamg’arma umumiy foydalaniladigan avtomobil
1
Axmedjonov A. Voprosi sovershenstvovaniya finansirovaniya dorojnogo xozyaystva. Ekonomicheskoe
obozrenie.//2002. №7. str11.
yo’llari-ni saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan bog’-liq xarajatlarni
moliyalashtirishga safarbar etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-son Qarori bilan «O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuri-dagi Respublika yo’l jamg’armasi to’g’risida»gi Nizom
tasdiq-landi. Nizomda Respublika yo’l jamg’armasining maqsadi, asosiy vazifalari va
funktsiyalari, jamg’armaning huquq va majburiyat-lari ko’rsatilgan. Jamg’arma yuridik shaxs
hisoblanadi, mustaqil balansga, Markaziy bankda hisob raqamlariga, shu jumladan, xori-jiy
valyutadagi hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Dav-lat gerbi tasviri tushirilgan gerbli
muhrga ega.
Mazkur fondning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Respublika Yo’l fondi mablag’lari tushishi va sarf-lanishining yillik va choraklik
balanslarini shakllantirish;
investitsiya
loyihalarining
texnik
iqtisodiy
asoslash-larini
hamda
umumiy
foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash
bo’yicha ten-der hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish;
yo’l xo’jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlashning
aniq ro’yxatlarini belgilangan tar-tibga keltirish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llaridan foyda-lanish va ularni saqlash bo’yicha
xarajatlar smetalarini ro’yxat-dan o’tkazish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash
va jihozlashni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish, mablag’lardan foydala-nishning
qonuniyligi va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
Respublika yo’l jamg’armasi mablag’laridan qonuniy va maqsad-li foydalanilishini nazorat
qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasini bosh-
qarish kengashiga yuklanadi.
Respublika yo’l jamg’armasining noqonuniy sarflangan va maqsadli foydalanilmagan
mablag’lari qonun hujjatlarida bel-gilangan tartibda Jamg’armaga undirib olinadi»
1
.
Respublika yo’l jamg’armasi yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi
funktsiyalarni bajaradi:
Respublika yo’l jamg’armasi daromadlari va xarajat-larining har yillik balanslarini ishlab
chiqadi va yig’ma Davlat byudjeti loyihasiga kiritish uchun belgilangan muddatlarda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Jamg’arma kelgusi yil xarajatlarining tasdiqlangan para-metrlarini "O’zavtoyo’l" davlat-
aktsiyadorlik
kompaniyasiga,
daro-madlarining
yil choraklari bo’yicha taqsimlangan
parametrlarini O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasiga va Davlat Bojxona qo’mitasiga
etkazadi;
Jamg’arma daromadlarining tushum manbalari va respublika mintaqalari bo’yicha,
shuningdek, xarajatlarining asosiy yo’na-lishlari bo’yicha hisobini olib boradi;
Davlat Soliq qo’mitasi va Davlat Bojxona qo’mitasi bilan birgalikda Jamg’armaga
to’lovlar o’z vaqtida va to’liq tushishini ta’minlash ishlarini olib boradi;
daromadlar tushishi prognozi bajarilishini tahlil qiladi, Davlat Soliq qo’mitasi va Davlat
Bojxona qo’mitasi bilan bir-galikda daromadlar tushishi prognozi bajarilishiga salbiy ta’sir
ko’rsatgan omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi;
yo’l xo’jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash
bo’yicha yig’ma aniq ro’yxatlarni ko’rib chiqadi va "O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik
kompaniyasi tas-diqlashi uchun rozilik beradi;
1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi «O’ZAVTOYO’L» davlat -aktsiyadorlik
kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatini tashkil
etish masalalari to’g’risida»gi 361-son Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respub-lika yo’l jamg’armasining ijro
etuvchi direktori Moliya vaziri-ning taqdimnomasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin-
lanadi hamda moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko’rsatish shart-sharoitlari bo’yicha
vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |