Pensiya ishi



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi bandlik va 
aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  sohasidagi  xarajatlar  moliyalashtirilishini  ta’minlash  uchun 
belgilangan  miqdordagi  yagona  ijtimoiy  to‘lov  tushumlari,vaqtincha  bo‘sh  turgan  mablag‘larni 
joylashtirishdan  olingan  daromadlar  vaqonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa    mablag‘larni 
jamlaydi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Umumta’lim 
maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya 
qilish,  mukammal  ta’mirlash  va  jihozlash  jamg‘armasi  Umumta’lim  maktablari,  kasb-hunar 
kollejlari,  akademik  litseylar  va  tibbiyot  muassasalarini  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal 
ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar,vaqtincha  bo‘sh turgan mablag‘larni 
joylashtirishdan olingan daromadlar,qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalardan tushadigan 
mablag‘larni jamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Umumta’lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  va  tibbiyot  muassasalarini 
rekonstruktsiya  qilish,  mukammal  ta’mirlash  va  jihozlash  jamg‘armasining  yuqori  boshqaruv 
organi Jamg‘armani boshqarish kengashidir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Sug‘oriladigan  erlarning 
meliorativ  holatini  yaxshilash  jamg‘armasi  sug‘oriladigan  erlarning  meliorativ  holatini 
yaxshilashga  doir  dasturlarni  (loyihalarni)  hamda  meliorativ  ob’ektlarning  lozim  darajadagi 
texnik holatini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga, shuningdek meliorativ texnika 
olishga  yo‘naltiriladigan  maqsadli  moliyaviy  resurslarni  jamlaydi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Moliya  vazirligi  huzuridagi  Sug‘oriladigan  erlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash 
jamg‘armasining yuqori organi Jamg‘arma kengashidir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Oliy  o‘quv  yurtlarining  moddiy-
texnika  bazasini  rivojlantirish  jamg‘armasi  oliy  o‘quv  yurtlarining  moddiy-texnika  bazasini 
modernizatsiya  qilish  va  mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  yaxshilash  bo‘yicha  tadbirlarni 
moliyalashtirishga  yo‘naltiriladigan  maqsadli  moliyaviy  resurslarni  jamlaydi.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Oliy  o‘quv  yurtlarining  moddiy-texnika  bazasini 
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg‘armasi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  moliyaviy  muassasadir  va  u  ustuvor  investitsiya 
loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan 
qayta  jihozlashga,  mamlakatni  muttasil,  barqaror  va  mutanosib  ravishda  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishga  erishilishiga,  shuningdek  samarali  tarkibiy  va  investitsiya  siyosati  amalga 
oshirilishiga  doir  loyihalarni  moliyalashtirish  uchun  Kodeksda  belgilangan  mablag‘larni 
jamlaydi.  O‘zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg‘armasini  boshqarish 
Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining  yuqori boshqaruv 
organi  bo‘lib,  uning  tarkibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori  bilan  belgilanadi. 


O‘zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg‘armasining  ijro  etuvchi  direktsiyasi 
O‘zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg‘armasining  ijro  etuvchi  organi  va 
mablag‘larini taqsimlovchidir.  
O‘zbekiston  Respublikasi  jamlangan  budjeti  yalpi  ichki  mahsulot  va  milliy  daromadning 
taqsimlanish  jarayonida  davlatning  jamiyatdagi  vazifalarini  bajarishi  uchun  maqsadli  ravishda 
shakllantirilgan  markazlashtirilgan  pul  fondi  bo‘lib  va  mamlakatda  yashochi  barcha  aholining 
moliyaviy manfaatlarini o‘zida ifoda etadi. 
Barcha  davlatlarda  xo‘jalik  sub’ektlarining  faoliyati  natijasida  yalpi  ichki  mahsulot 
(YAIM)  va  milliy  daromad  (MD)  yaratiladi.  Moddiy  ishlab  chiqarishda  yaratilgan  milliy 
daromad  keyinchalik  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  bosqichlaridan  o‘tadi.  Milliy  daromadni 
qayta taqsimlashda va undan keyinchalik foydalanishda muhim vazifani davlat budjeti o‘ynaydi. 
Mamlakatda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismi pul shaklida budjetga 
tushadi va moliyaviy resurslarning markazlashgan fondini tashkil etadi. 
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi 
ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtig‘jlar: maorif, so¨liqni saqlash, 
mamlakatdagi iqtisodiy va sig‘siy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni 
moddiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash,  havfsizlik,  chegaralar  dahlsizligini  saqlash  va  favqulodda 
holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo‘lishi zarurati tufayli kelib chiqadi. 
Shuningdek,  davlat  budjet  orqali  jamiyatning  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  jarag‘niga  ta’sir 
qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo‘ladi. 
Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda 
alohida  ahamiyatga  ega.  Budjetdan  iqtisodiyotga  qilinayotgan  xarajatlar  va  markazlashtirilgan 
investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. 
 
 
   

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish