Pensiya ishi


  Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlarning guruhlanishi



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

2.  Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlarning guruhlanishi 
 
Budjet  -  davlatning  oldida  turgan  maqsad  va  vazifalarini  moliyaviy  ta’minlashga 
mo‘ljallangan  pul  mablag‘lari  fondini  shakllantirish  va  xarajat  qilish  shaklini  aks  ettiradi. 
Budjetga  mamlakat  moliyaviy  tizimida  boshqaruvchilik  holati  tegishlidir.  U  umumdavlat 
moliyaviy  resurs  fondini  shakllantirish  va  foydalanish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan,  bir  tomondan, 
davlat  o‘rtasidagi  taqsimlash  munosabatlarining  bir  qismini,  ikkinchi  tomondan  korxonalar  va 
aholi o‘rtasidagi taqsimlash munosabatlarining bir qismini anglatadi. 
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi 
ichki  mahsulotning  qayta  taqsimlanishi  jamiyatdagi  umumiy  ehtiyojlar:  maorif,  sog‘liqni 
saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj 
qatlamni  moddiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash,  havfsizlik,  chegaralar  dahlsizligini  saqlash  va 
favqulodda  holatlar  uchun  saqlanadigan  davlat  zahiralarining  mavjud  bo‘lishi  zarurati  tufayli 
kelib  chiqadi.  Shuningdek,  davlat  budjet  orqali  jamiyatning  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish 
jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo‘ladi. 
Davlat  budjeti  davlatning  asosiy  moliyaviy  rejasi  sifatida  davlat  hokimiyatini  iqtisodiy 
imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini yaratadi.  
Budjet  -  murakkab  iqtisodiy  kategoriya  hisoblanadi,  chunki  uning  moddiy  asosini 
kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi.
11
 
Budjet  munosabatlari  davlat  bilan  xo‘jalik  sub’ektlari  hamda  aholi  o‘rtasidagi  qiymat 
taqsimlanish  jarayonida  paydo  bo‘luvchi  moliyaviy  munosabatlardir.  Bunday  moliyaviy 
munosabatlarning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  birinchidan,  yuqorida 
ta’kidlaganimizdek,  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  taqsimlash  bosqichida  vujudga  keladi, 
ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish va undan davlat manfaatlari 
yuzasidan  foydalanishga  yo‘naltiriladi.  Davlat  manfaatlari  esa  -  bu  ijtimoiy  manfaatlar 
hisoblanadi.  Budjet  davlatning  asosiy  markazlashtirilgan  moliyaviy  resurslar  fondi  sifatida 
o‘ziga xos ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. 
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
tizimida markaziy bo‘g‘inda ishtirok etishi bilan aholining ma’lum qatlami manfaatlarini o‘zida 
namoyon  qiladi.  Bu  tushunchada  budjet  munosabatlari  o‘zida  iqtisodiy  rivojlanishning  aniq 
falsafasi va ideologiyasini aks ettiradi. 
Budjet munosabatlari ob’ektiv xarakter kasb etadi, chunki budjet davlat va unga tegishli 
funktsiyalarni amalga oshirishda muhim moddiy-moliyaviy baza shakllantirilishi uchun ob’ektiv 
zaruriyatdir. Shu bilan birgalikda budjet munosabatlari bazis elementi hisoblanadi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonida budjet munosabatlari ularga muvofiq keluvchi moddiy shaklni oladi.  
Budjet  munosabatlari  -  jamiyat  iqtisodiy  tizimining  elementidir.  Iqtisodiy  kategoriya 
sifatida budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Budjetning 
moliyaga xos sifat belgilari birinchidan, ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida, 
aniqrog‘i, qayta taqsimlanishi jarayonida vujudga kelib, pul munosabatlarining o‘ziga xos shakli 
hisoblanadi.  Ikkinchidan,  budjet  markazlashtirilgan  moliyaviy  resurslarni  shakllantirish, 
taqsimlash va undan foydalanishga yo‘naltirilgan fond hisoblanadi.  
Davlat budjeti – bu tegishli darajadagi (markaziy yoki mahalliy) davlat boshqaruv organi 
tomonidan  ishlab  chiqiladigan  va  tasdiqlanadigan  moliyaviy  reja  bo‘lib,  unda  davlatning  o‘z 
funktsiyalaridan kelib chiqib amalga oshiradigan asosiy xarajatlari hamda ularni moliyalashtirish 
uchun zarur daromadlar o‘z aksini topadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 26-dekabrda qabul qilingan «Budjet kodeksi» ga 
muvofiq, Davlat budjeti- davlat vazifalari va funktsiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi
12

                                                           
11
 Richard Allen and Dimitar Radev “Managing and Controlling Extrabudgetary Funds” 2010 y. p.42 
12
 O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-
son) 3-modda. 2013 yil 26-dekabrda qabul qilingan  


Turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil 
etishni  va  tuzish  printsiplarini  ifodalaydigan,  budjet  jarayonida  ular  o‘rtasida,  shuningdek 
budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar 
majmuiga budjet tizimi deyiladi. Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, budjet tizimi deyilganda 
esa, mamlakatdagi mavjud budjetlar majmui tushuniladi.  
Budjet  tizimi  mamlakat  budjet  tuzilishining  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  uning    ma’lum  bir 
qismini  o‘zida  ifoda  etadi.  Shu  ma’noda,  budjet  tizimi  budjetning  o‘zaro  bog‘liqlikda  bo‘lgan 
bo‘g‘inlarining  o‘zaro  yig‘indisidan  iboratdir.  Mamlakatning  budjet  tizimi  jamiyatning  siyosiy 
tuzilishiga,  davlatning  iqtisodiy  tizimiga  va  uning  ma’muriy-hududiy  bo‘linishiga  bevosita 
bog‘liq.  
Hozirgi paytda Davlat budjeti jahondagi har bir davlatning eng muhim  institutlaridan biri 
hisoblanadi.  Uning  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi  iqtisodiy  o‘sishning  sifatiga  va  ijtimoiy 
farovonlikning  darajasiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Davlat  budjetining  barqarorligi    mamlakat 
iqtisodiyoti  va  eng  avvalo,  uning  ijtimoiy  sohasi  holatini  xarakterlaydigan    eng  muhim 
ko‘rsatkichlardan biridir. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish