Pensiya ishi


 O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/46
Sana23.06.2021
Hajmi0,95 Mb.
#99107
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

3.2. O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti  

moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari 

 

Mamlakatimizda  davlat  byudjeti  oldingi  yillar  byudjetlari  singari  asosiy 

ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  sifatida  ijtimoiy  sohani  yanada  rivojlantirish,  aholini 

ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha  hukumatimiz  tomonidan  chora-tadbirlarni 

davom  ettirishga  qaratilgan.  “Davlat  byudjetining  umumiy  xarajatlarida  ijtimoiy 



60

 

 



soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan xarajatlarini oshirish ko‘zda 

tutilmoqda

49

.  


Ijtimoiy  infratuzilma  subyektlarining  soliq  yukini  qisqartirish,  ijtimoiy 

sohadagi  munosabatlar  ma’muriy  tartibga  solinishining  soddalashtirilishi,  ijtimoiy 

xizmatlardan,  shu  jumladan,  ta’lim  xizmatlaridan  foydalanish  sharoitlari 

yomonlashishishga yo‘l qo‘yilmasligi byudjet siyosati ijtimoiy yo‘naltirilganligining 

muhim tamoyillari hisoblanadi. Ta’limdan davlat ta’lim grantlari doirasida umumiy 

foydalanishni kafolatlovchi oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosati prinsiplaridan kelib 

chiqqan holda oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi 

o‘zgarishsiz qolmoqda. Byudjet siyosati asosiy yo‘nalishlarida ham davlat grantlari 

asosida qabul qilingan, ham shartnoma-to‘lov asosida o‘qitilayotgan talabalar uchun 

oliy  o‘quv  muassasalarida  amaldagi  o‘qish  va  o‘tkazish  qoidalariga  biron  bir 

o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutmaydi

50

.  



Davlat byudjeti xarajatlarini yanda samarali boshqarishini takomillashtirishda 

quyidagi takliflardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

  byudjet  intizomini  mustahkamlash  maqsadida  byudjet  xarajatlaridan 



samarali  va  oqilona  foydalanishning  asosiy  shartlaridan  biri  tejamkorlik  rejimidagi 

xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilish; 

 

byudjetdan  mablag’  oluvchi  muassasalarning  moddiy  texnik  bazasini 



inobatga  olgan  holda,  byujetdan  mablag’  oluvchilarning  shaxsiy  hisobvaraqlaridan 

amalga  oshirilgan  to’lovlar  ko’chirmasini  o’z  muddatlarida  hisobotlarda  aks 

ettirilishini  ta’minlash  maqsadida,  ushbu  hujjatlarni  tegishli  operatsiyalar  amalga 

oshirilgandan so’ng g’aznachilikda to’g’ridan-to’g’ri byudjet muassasasiga elektron 

tarzda  yuborish  va  shu  asosda  byudjet  muassasalari  tomonidan  hisobotlarni  o’z 

vaqtida va sifatli tuzishga erishish maqsadga muvofiq bo’lardi; 

                                                           

49

 



www.mf.uz

 (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi). 

50

 Sayriddinov  I. Davlat byudjeti ijtimoiy soha xarajatlarini samarali boshqarishni takomillashtirish 



masalalari.  “O’zbekiston  Respublikasida  pensiya  ta’minoti  tizimining  dolzarb  muammolari” 

mavzusida  vazirlik  miqyosidagi  ilmiy-amaliy    anjuman  tezislar  to’plami.  2017-yil  24-mart.  – 

Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2017. 211-b. 



61

 

 



 

davlat  byudjetini  shakllantirish  va  uning  mablag’laridan  foydalanish 



ustidan  operativ  nazoratni  ta’minlash  maqsadida  o’z  faoliyatlari  bilan  bog’liq 

munosabatlar 

doirasida 

byudjet 


tizimini 

boshqarish 

organlari 

doirasida 

integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim. 

Hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  byudjet  masalasi  juda  muhim  va 

murakkab masala bo’lib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush 

sharoiti,  ijtimoiy  himoya,  kam  ta’minlangan  oila  va  shaxslarni  etarli  darajada 

ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy 

masalalarini  to’g’ri  hal  qila  bilishga  bog’liqdir.  Bunda  mahalliy  byudjetlarga 

tushadigan  soliq  va  yig’imlarning  turi,  miqdorini  belgilash  alohida  ahamiyat  kasb 

etadi.  Davlatning  moliya-soliq  siyosatining  muhim  yo’nalishlaridan  biri  bu  moliya 

tizimini va uning bo’g’inlarini isloh qilishdan iboratdir. Ushbu yo’nalishdagi muhim 

muammolardan  biri  –  davlat  moliyasini,  shu  jumladan,  byudjet  tizimini 

takomillashtirish hisoblanadi. 

Mahalliy  byudjet  mablag’lari hududlar  moliyaviy  resurslari  tarkibida  muhim 

rol  o’ynaydi  va  bu  resurslar  mahalliy  hokimiyat  idoralari  tomonidan  tasarruf 

etiladi


51

.  Bugungi  kunda  mahalliy  byudjetlar  potentsialini  mustahkamlash 

maqsadida  qonuniy  tarzda,  nafaqat,  mahalliy  soliq  va  to’lovlarning  tarkibini  aniq 

belgilab  qo’yishi,  balki  respublika  ahamiyatidagi  davlat  soliqlarining  mahalliy 

byudjetlar  daromadlaridagi  ulushlari  dinamikasini  tahlil  qilish  va  uni  yanada 

takomillashtirish  ham  zarurdir.  Ushbu  strategik  maqsadga  erishish  yuzasidan  soliq 

tizimini  takomillashtirishning  ayrim  muhim  vazifasini  bajarilishiga  erishish  kerak. 

Buning uchun: 

 

byudjet  va  soliq  tizimini  joylarda  o’z  mahalliy  byudjetlarning  o’z  soliq 



bazalari takomillashuvini hamda mustahkamlashuvini rag’batlantirish lozim; 

  mahalliy  byudjetlar  daromadlari  umumiy  hajmda  tartibga  soluvchi 



soliqlardan  tushumlarni  ham  qo’shganda  o’z  daromadlari  bilan  ta’minlanish 

darajasini maksimal darajaga etkazish lozim. 

                                                           

51

  Yuldashev  A.  Hudud  byudjet  resusrlarining  shakllanishi  va  uning  zimmasidagi  ijtimoiy-



iqtisodiy vazifalar. – Toshkent: “Moliya” ilmiy jurnali. 2-son, 2017. 40-b. 


62

 

 



O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichida 

yaxlit  byudjet  va  ijtimoiy  siyosatining  manfaatlari  mushtarakligini ta’minlash talab 

etilmoqda

52

. Bunda: davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy 



iqtisodiyot  muammolari  keskinlashuvining  oldi olinishi;  mahalliy  byudjetlar  huquq 

va  majburiyatlarining  kengayib  borishi  sharoitida  shunga  mos  ravishda  ular 

imkoniyatlarini yaxshilashning zarurligi. 

Davlatning  maqsadli  jamg’armalarini  shakllantirish,  ularning  moliyaviy 

resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bugungi kundagi dolzarb masalalardan 

biri  bo’lib  kelmoqda

53

.  Bizning  fikrimizcha,  davlat  maqsadli  jamg’armalar 



moliyaviy  barqarorligi  quyidagi  mezonlarga  ham  bog’liq  bo’ladi:  davlatning 

ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi;  davlat  byudjeti  hamda  davlat  maqsadli 

jamg’armalari  daromadlari  va  xarajatlari  tarkibi  hamda  ularning  samaradorlik 

ko’rsatkichlari;  YaIM  tarkibidagi  soliqlar,  majburiy  ajratmalar  va  boshqa 

to’lovlarning  ulushi;  aholining  turmush  darajasi  (daromadliligi);  soliqlar,  majburiy 

ajratmalarning  aholi  va  iqtisodiyot  tarmoqlari  o’rtasida  taqsimlanish  xususiyatlari; 

davlat  moliya  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari;  mavjud  iqtisodiy  vaziyatlarni 

inobatga  olgan  holda  belgilangan  vazifalar  ko’lami;  byudjet  defitsiti  darajasi  va 

boshqalar. 

Davlat  maqsadli  jamg’armalar  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash,  bizning 

fikrimizcha,  quyidagi  asosiy  vazifalarni  hal  etish  bilan  bog’liq:  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining boshqaruvchi organlar faoliyati samaradirligiga; davlat moliyaviy 

nazoratining samaradorligiga; mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli 

islohotlarga;  mamlakat  YaIM  tarkibida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning 

ulushini  kattaligini  hisobga  olib,  ushbu  subyektlar  rivojlanishi  va  ko’lamini 

kengayishi  uchun  shart-sharoit;  davlat  maqsadli  jamg’armalarni  qo’shimcha 

                                                           

52

 



Nuritdinova 

V. 


Iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash 

sharoitida 

hududlar 

moliyaviy 

imkoniyatlarini oshirishda hududiy dasturlarning ahamiyati. – Toshkent: “Moliya” ilmiy jurnali. 

3-son, 2017. 40-b. 

53

  Xamidov  A.T.  Byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  moliyaviy  barqarorligini 



ta’minlash.  “O’zbekiston  Respublikasida  pensiya  ta’minoti  tizimining  dolzarb  muammolari” 

mavzusida  vazirlik  miqyosidagi  ilmiy-amaliy    anjuman  tezislar  to’plami.  2017-yil  24-mart.  – 

Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2017. 261-b. 



63

 

 



daromad manbalarini oshirish; davlat maqsadli jamg’armalar faoliyati bilan bog’liq 

tizimida samaradorlik va tejamkorlik prinsiplari asosida o’zgarishlar kiritish; davlat 

maqsadli  jamg’armalar  faoliyatiga  doir  huquqiy  bazani  takomillashtirish  va 

boshqalar. 

Davlat  maqsadli  jamg’armalari  barqarorligini  ta’minlashning  yana  bir 

mehanizmi  bu  integrallashgan  axborot  tizimlarini  takomillashtirishdir.  Ma’lumki, 

respublikamizda  davlat  maqsadli  jamg’armalari  daromad  qismi  ijrosini  amalga 

oshiruvchi organlar asosiy ishtirokchilari – Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, 

Davlat  bojxona  qo’mitasi,  Markaziy  bank  hamda  tijorat  banklari  hisoblanadi. 

Bundan tashqari,  davlat byudjeti  daromad  qismining ijrosi  bilan  bog’liq  jarayonda 

qonunchilikka muvofiq davlat byudjetiga majburiy to’lovlarni hisoblash va undirish 

bo’yicha vakolat berilgan Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirlik 

hamda  idoralarning  tarkibiy  bo’linmalari  ham  ishtirok  etadi.  O’z  bazasida 

qonunchilik  va  ijro  hokimiyati  organlari,  shuningdek,  vakolatli  vazirliklar, 

qo’mitalar  va  idoralar  foydalana  oladigan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni 

hisoblash va to’lash bo’yicha axborotga ega bo’lgan birlashgan integratsiyalashgan 

tizimni takomillashtirish davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish va ijro 

etish  bo’yicha  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  tashkil  etish,  muvofiqlashtirishni 

yaxshilash samarasini oshirishga xizmat qilishi mumkin. 

Birlashgan  integratsiyalashgan  axborot  bilan  ta’minlash  tizimi  uzatilayotgan 

va  qabul  qilinayotgan  moliyaviy  va  boshqa  ma’lumotlarning  asosiy  oqimlarini  va 

parametrlarini  inobatga  olishi,  turli  davlat  organlari  o’rtasida  axborot  almashinuvi, 

shuningdek,  ular  tomonidan  boshqa  vazirliklarning  ma’lumotlar  bazasida  mavjud 

bo’lgan  axborotlardan  ham  joriy  ishda,  ham  rejalashtirish  va  prognozlashtirish 

maqsadlarida foydalanish imkonini berishi lozim. Boshlang’ich bosqichda bu vazifa 

vazirliklar  va  idoralar  guruhi  doirasida  hal  etilishi,  ya’ni  ular  o’rtasida 

almashiladigan  ma’lumotlar  tarkibi  va  xajmi  aniqlanishi,  keyinchalik  esa 

umumdavlat miqyosida axborot almashishning global tizimini yaratishga qaratilgan 

masalaning echimiga o’tish mumkin. 



64

 

 



Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi 

ham muhim o’ringa ega. Bizning fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlarning samarali 

amalga  oshirilishi  O’zbekiston  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  mablag’lari 

evaziga  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishni  takomillashtirish  imkonini 

yaratadi. Jumladan, moliyalashning turli manbalari hisobidan O’zbekiston Tiklanish 

va  taraqqiyot  jamg’armasining  resurs  bazasini  yanada  mustahkamlash,  Jamg’arma 

resurslarini iqtisodiyotning real sektoriga faol yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Bu 

esa,  korxonalarni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash 

jarayonlarini  amalga  oshirishda  O’zbekiston  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi 

rolini oshirish hamda ishtiroki ko’lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi 

tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini 

birgalikda  moliyalash  hajmlarini  ko’paytirish,  istiqbolda  esa  yirik  investitsiya 

loyihalarini samarali moliyalashtirish imkonini beradi. 

Investitsiya  loyihalarini  O’zbekiston  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi 

mablag’lari evaziga moliyalashtirishda “hamkorlikda moliyalashtirish” usulini joriy 

qilishni  faollashtirish  zarur.  Bu  holat  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishda 

loyiha  risklarini  pasaytirish  va  loyihani  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  imkonini 

beradi.  O’zbekiston  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  mablag’lari  evaziga 

strategik  ahamiyatga  molik  bazaviy  tarmoqlari  korxonalarini  yangilash  va  texnik 

jihatdan  qayta  qurollantirish  dasturlarini  kreditlashni  takomillashtirib  borish 

maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari 

evaziga  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishda  mamlakat  hududlarining 

taraqqiyoti  mutanosibligini  (balanslashuvini)  ta’minlashga  asosiy  e’tibor  qaratish 

zarur. Bu esa, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mutanosibligini 

ta’minlash imkonini beradi. 


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish