Pensiya ishi


-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/46
Sana23.06.2021
Hajmi0,95 Mb.
#99107
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

3-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN 

BYUDJETINING SAMARALI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI 

 

3.1. Byudjet mablag’larining samarali va maqsadli sarflanishi, ijtimoiy-



iqtisodiy rivojlanish masalalari ustidan Parlament nazorati: xorij tajribasi 

 

Parlament  faoliyatida  qonunchilik  funksiyasi  qanchalik  muhim  o’rin  tutsa, 



nazorat-tahlil  funksiyasi  ham  shunchalik  muhim  rol  o’ynaydi.  Parlament 

nazoratining asosiy maqsadi davlat boshqaruvida oshkoralik va qonun ustuvorligiga 

rioya  qilishni  ta’minlashdan  iboratdir.  Zamonaviy  Parlament  qonun  qabul  qilish 

yo’li  bilan  ijro  hokimiyati,  hukumat  siyosatini  mamlakat  ravnaqi  va  aholi 

farovonligini oshishiga yo’naltiradi va bajarilishi ustidan nazorat qilib turadi.  

O’zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.Karimov  2015-yil  23-

yanvardagi  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va 

Senatining  qo’shma  majlisidagi  ma’ruzasida  “Deputatlarning  saylovchilar  bilan 

ishlashini tubdan yaxshilash, palatalar faoliyatiga parlament nazoratining zamonaviy 

usullarini  tatbiq  qilish,  jumladan,  davlat  byudjetini  shakllantirish  va  mamlakati-

mizning  ushbu  muhim  iqtisodiy  hujjati  ijrosini  nazorat  qilishning  zamonaviy 

usullarini joriy etish muhim vazifalardan biridir”, deb alohida ta’kidlab o’tdi.  

Mazkur 

paragrafda 

rivojlangan 

demokratik 

davlatlarda 

Parlament 

nazoratining quyidagi 3 ta jihatiga e’tibor qaratiladi

45

:  



1. Davlat  byudjetini  shakllantirish  va  qabul  qilish  jarayonida  Parlament 

ishtiroki.  

2. Byudjet mablag’larining sarflanishi ustidan Parlament nazorati.  

3. Iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanish dasturlari va Parlament nazorati.  

1.  Davlat  byudjetini  shakllantirish  va  qabul  qilish  jarayonida  Parlament 

ishtiroki.  Davlat  byudjeti  shakllantirish  va  qabul  qilish  jarayonida  Parlament 

ishtiroki  3  ta  bosqichdan  iborat.  1-bosqich:  Davlat  byudjeti  loyihasini  Parlamentga 

                                                           

45

  Boon  L.N.,  Brière  M.,  Rigot  S.  Regulation  and  pension  fund  risk-taking. 



Journal  of 

International 

Money 

and 


Finance

Volume 



84

, June 


2018, 

Pages 


23-41. 

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0261560618300561




54

 

 



kiritish.  Rivojlangan  demokratik  davlatlarda  Hukumat  (Moliya  vazirligi)  Davlat 

byudjeti loyihasini, odatda, quyidagi tasniflar bo’yicha tayyorlaydi:  

  funksional  tasnif  –  davlat  asosiy  funksiyalarini  (boshqaruv,  mudofaa, 



ta’lim, ijtimoiy himoya, sog’liqni saqlash) bajarish bo’yicha;  

  iqtisodiy  tasnif  –  ish  haqi,  pensiyalar,  kapital  xarajatlar,  joriy  to’lovlar 



bo’yicha;  

  idoraviy  tasnif  –  byudjet  oluvchilari  bo’yicha  (vazirlik-  lar,  idoralar, 



tashkilotlar);  

  regional tasnif – hududlar bo’yicha;  



  dasturiy tasnif – davlat rivojlantirish dasturlari bo’yicha.  

Davlat  byudjeti  loyihasi  (parametrlari  yuqorida  keltirilgan  2  yoki  3  ta 

ko’rinishdagi  tasnifda)  bilan  birga  kiritilishi  shart  bo’lgan  materiallar  safiga  (1) 

Byudjetnoma (byudjet yoki soliq-byudjet siyosatining yo’nalishlari va prognozi), (2) 

mamlakat  iqtisodiyoti  prognozi  va  (3)  byudjet  parametrlarining  oldingi  yilgi 

parametrlari bilan qiyosiy tahlili kiradi.  

AQSh Kongressiga kiritilgan byudjet loyihasi quyidagilarni o’z ichiga oladi

46



byudjet  qo’mitasi  va  Prezident  tomonidan  taklif  qilinayotgan  loyihalari  qiyosiy 



tahlili  (byudjet  daromadlari,  xarajatlari,  yangi xarajat  moddalari,  qarzlar  va  boshqa 

majburiyatlar);  byudjetning  yangi  xarajatlari  moddalari  tahlili;  amaldagi  moliyaviy 

dasturlar  tahlili;  federal  daromadlar  va  shtatlar  daromadlari  nisbatlari;  iqtisodiy 

prognozlar va byudjet xarajatlarining ularga mosligi tahlili; byudjet rivojlanishining 

kelgusi  5  yilga  prognozi;    shtatlar  va  mahalliy  hokimiyat  organlariga  beriladigan 

moliyaviy yordamdagi sezilarli o’zgarishlar asoslari.  

Davlat  byudjeti  loyihasining  yana  bir  muhim  jihati  bu  uning  Parlamentga 

kiritiladigan  moddalari  (parametrlari)  sonidir.  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot 

tashkiloti  (IHTT)  ma’lumotlariga  ko’ra,  byudjet  parametrlari  soni  turli  davlatlarda 

turlicha  bo’lib,  ular  200  tadan  (Avstraliya,  Kanada,  Fransiya  va  boshqalar)  tortib 

2000  tagachani  (Germaniya,  Ispaniya,  Turkiya)  tashkil  qiladi.  IHTT  byudjet 

                                                           

46

 G’aybullaev O. O’zbekiston  Respublikasida byudjet tizimi  va jarayoni.  – Toshkent: “Baktria 



press”, 2015. 110-114-b. 


55

 

 



siyosatining  asosiy  maqsadi  va  yo’nalishlarini  asoslash  uchun  byudjet  loyihasi 

moddalari soni 1000 ta atrofida bo’lishi maqsadga muvofiq deb xulosa beradi.  

2-bosqich:  Davlat  byudjeti  loyihasini  muhokama  qilish.  Rivojlangan 

demokratik  davlatlarda  byudjet  loyihasi  Hukumat  yoki  Parlament  tomonidan 

matbuotda  e’lon  qilinadi.  Parlamentdagi  muhokamalar  televidenieda  va  boshqa 

Ommaviy  axborot  vositalarida  keng  yoritiladi.  Singapurda  Moliya  vazirligi 

tomonidan  byudjet  loyihasi  2  oy  mobaynida  keng  jamoatchilik  va  mutaxassislar 

muhokamasiga  qo’yiladi  va  Parlamentga  kiritiladi.  AQShda  esa  –  Oq  uy  va 

Kongress  tomonidan  2016-yil  uchun  byudjet  loyihasi  2015-yil  fevral  oyida  keng 

jamoatchilik  va  mutaxassislar  muhokamasiga  qo’yildi  (2015-yil  1-oktyabrgacha 

qabul  qilinishi  kerak).  IHTT  39  ta  davlat  o’rtasida  o’tkazgan  so’rov  shuni 

ko’rsatmoqdaki,  ulardan  ko’pchiligida  (23  tasi  yoki  so’rovda  qatnashganlarning 

59%i)  davlat  byudjeti  loyihasini  muhokama  qilish  muddati  2  oydan  4  oygachani 

tashkil qilar ekan. Bundan tashqari, 10 ta davlatda muhokama muddati 2 oygacha, 5 

ta davlatda – 4 oydan 6 oygacha va bitta davlatda 6 oydan ko’proq muddatni tashkil 

qiladi.  

IHTTga  a’zo  va  byudjet  islohotlari  amalga  oshirilgan  81  ta  davlat  o’rtasida 

o’tkazilgan  so’rov  natijasiga  ko’ra,  ulardan  32  tasi  (40%i)  loyihaga  xohlagancha 

o’zgartirish  kiritish  huquqiga  egaligi  ma’lum  bo’ldi.  Shuningdek,  17%i  –  byudjet 

xarajatlarini kamaytirish, 16%i – bir xarajatning oshishini boshqa xarajat kamayishi 

bilan  balanslashtirish,  qolgan  davlatlarda  esa  o’zgartirishlar  faqat  Hukumat  roziligi 

bilan amalga oshirilishi mumkinligi aniqlandi.  

AQShda  –  Parlament  (Kongress)  hukumat  taqdim  qilgan  byudjet  loyihasini 

qisman o’zgartirishi yoki butunlay yangi o’z loyihasini ishlab chiqish huquqiga ega. 

Germaniya,  Gollandiya,  Daniyada  –  Parlament  byudjet  loyihasi  moddalariga 

o’zgartirishlar,  tuzatishlar  kiritish  huquqiga  ega.  Bunda  bir  moddaning  ko’payishi 

boshqa  moddaning  kamayishi  bilan  balanslashishi  lozim.  Buyuk  Britaniya  va 



56

 

 



Britaniya  Hamdo’stligi  davlatlarida  –  Parlamentning  byudjetga  o’zgartirish  kiritish 

huquqlari cheklangan

47

.  


3-bosqich:  Davlat  byudjeti  loyihasini  qabul  qilish.  Rivojlangan  demokratik 

davlatlarda  byudjet  loyihasi  3  yoki  undan  ko’p  o’qishda  muhokama  qilinadi.  1-

o’qishda:  umumiy  holda  ko’rib  chiqiladi,  mas’ul  qo’mitaga  beriladi,  jamoatchilik 

muhokamasiga  yuboriladi;  2-o’qishda:  deputatlarning  va  jamoatchilikning  alohida 

moddalar bo’yicha takliflari ko’rib chiqiladi; 3-o’qishda: byudjet yaxlit hujjat(lar) – 

Qonunlar ko’rinishida qabul qilinadi.   

AQShda Byudjet to’g’risidagi federal qonun, Buyuk Britaniyada 2 ta Qonun – 

Xarajatlar  va  Moliya  to’g’risidagi  qonunlar,  Germaniya  va  Fransiyada  Byudjet 

to’g’risidagi qonun, Shvetsiyada 2 ta Qonun – Fiskal siyosat va Byudjet to’g’risidagi 

qonunlar ko’rinishida qabul qilinadi.

  

Rivojlangan  demokratik  davlatlarda  byudjet  mablag’larining  sarflanishi 



ustidan  Parlament  nazorati  samaradorligini  oshirish  maqsadida  maxsus  mustaqil 

organ  –  Hisob  palatasi  tuzilgan  va  odatda  Hisob  palatasi  Parlamentga  bo’ysunadi 

(hisobot beradi). 

AQShda  Kongress  Bosh  nazorat  boshqarmasi  va  Kongress  Byudjet 

Boshqarmasi  bevosita  Kongress  tarkibiga  kiradi,  Kongress  tasdiqlagan  byudjet 

mablag’lari  sarflanishini  nazorat  qiladi  va  Kongressga  uzluksiz  hisobot  beradi. 

Germaniyada  Byudjet  komissiyasi  byudjet  ijrosi  bo’yicha  hukumat  yig’ilishlarida 

qatnashadi,  joriy  nazoratni  olib  boradi,  jumladan  Moliya  vazirligining  byudjet 

mablag’lari sarflanishi to’g’risidagi choraklik hisobotini tinglaydi va hukumat uchun 

kredit  berish  masalalarni  hal  qiladi.  Fransiyada  Hisob  palatasi  har  yil  yakuni 

bo’yicha  byudjet  ijrosi  bo’yicha  hisobotni  tekshiradi  va  xulosani  Parlamentga  va 

Prezidentga topshiradi. Yaponiyada esa Hisob palatasi har yili Parlamentga byudjet 

ijrosi  to’g’risidagi  hisobot  beradi  va  bu  hisobot  Hukumatning  byudjet  ijrosi 

to’g’risidagi hisobotiga xulosa sifatida qabul qilinadi. 

                                                           

47

 G’aybullaev O.  O’zbekiston  Respublikasida byudjet tizimi  va jarayoni.  – Toshkent: “Baktria 



press”, 2015. 115-b. 


57

 

 



Rivojlangan  va  iqtisodiyoti  jadal  rivojlanayotgan  davlatlar  tajribasini 

o’rganish  shuni  ko’rsatmoqdaki,  ularning  aksariyat  qismida  iqtisodiy-ijtimoiy 

rivojlanish Strategiyalari qabul qilingan. 

Yevropada  har  bir  davlatda  Strategiyaning  uzoq  maqsadli  ko’rsatkichlari 

belgilangan. Uning bajarilishi ustidan doimiy  monitoring olib boriladi va Hukumat 

hisoboti  tinglanadi,  ommviy  axborot  vositlarida  keng  yoritiladi.  Malayziyada 

maxsus  Iqtisodiy  rejalashtirish  qo’mitasi  tuzilgan  va  uzoq  muddatli  dasturlarni 

ishlab  chiqadi  va  bajarilishi  ustidan  doimiy  nazorat  olib  boradi.  Yaponiya,  Koreya 

va  boshqa  ko’plab  davlatlarda  rivojlanish  Strategiyasi  doirasida  o’rta  muddatli  (5 

yillik)  rivojlantirish  dasturlari  qabul  qilingan  va  bajarilishi  doimiy  monitoring 

qilinadi.  

Parlament  nazoratini  samarali  amalga  oshirishga  ko’mak  beradigan 

institutlar

48

:  



a)  Axborot-tahlil  institutlarining  roli.  Parlament  huzurida  axborot-tahlil 

institutlari  bo’lishi  rivojlangan  demokratik  davlatlarda  keng  qo’llaniladi.  Ushbu 

institutlar senatorlar va deputatlarni zarur axborot, tahlil va ekspert xulosalari bilan 

ta’minlaydi.  AQShning  Kongress  tadqiqot  xizmatida  5  ta  boshqarma  va  7  ta 

bo’limda 860 ta xodim ishlaydi. Germaniya Bundestagi maxsus ilmiy xizmati 12 ta 

bo’limdan  iborat  bo’lib,  ularda  70  dan  ortiq  ilmiy  xodim  faoliyat  yuritadi. 

Shuningdek,  Kanada  (Analitik  tadqiqotlar  boshqarmasi),  Avstriya  (Parlament 

tadqiqot  xizmati),  Fransiya,  Ispaniya  (maxsus  ilmiy-tadqiqot  bo’limlari)  va  boshqa 

davlatlar  Parlamentlarida  maxsus  axborot-tahlil  markazlari  Parlament  nazoratiga 

ko’mak  berishadi.  Yevroparlamentda  ham  maxsus  Parlament  tadqiqotlari  Markazi 

mavjud.  

Tadqiqot  markazlari  quyidagi  xizmatlarni  ko’rsatadi:  umumbashariy  va 

siyosiy  muammolar  tahlili;  statistik  va  iqtisodiy  tahlil;  mamlakat  siyosiy 

kuchlarining,  Hukumatining  kuchli  va  zaif  tomonlarini  baholash;  mavjud 

muammolarni  tushuntirish,  Parlamentda  professional  nuqtai-nazarni  shakllantirish; 

                                                           

48

 G’aybullaev O. O’zbekiston  Respublikasida byudjet tizimi  va jarayoni.  – Toshkent: “Baktria 



press”, 2015. 117-b. 


58

 

 



amaldagi  me’riy-huquqiy  bazaning  qiyosiy  tahlili;  byudjet  loyihasini  va  uning 

ijrosini ilmiy-amaliy tahlili. 

b) 

Parlament 



nazoratini 

amalga 


oshirishda 

statistik 

ma’lumotlar 

ishonchliligini  va  xolisligini  ta’minlash.  Parlament  tomonidan  iqtisodiy-ijtimoiy 

rivojlanish  dasturlari  bajarilishi,  shuningdek,  davlat  byudjeti  xarajatlarining 

sarflanishi  ustidan  samarali  nazorat  olib  borilishi  uchun  Parlamentga  taqdim 

etilayotgan  statistik  ma’lumotlarning  xolisligini  va  ishonchliligini  ta’minlash  juda 

muhimdir.  Birlashgan  millatlar  tashkiloti  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  2014-yil 

29-yanvarda  qabul  qilingan  “Rasmiy  statistikaning  asosiy  10  ta  prinsipi”  nomli 

hujjatdagi  birinchi  prinsip  statistik  ma’lumotlarning  xolisligi  prinsipidir.  Yevropa 

Ittifoqi  tomonidan  qabul  qilingan  “Yevropa  statistika  me’yoriy  kodeksi”dagi  15  ta 

prinsipdan  birinchisi  statistika  organining  mustaqilligi  prinsipi  hisoblanadi.  Shu 

sababli  rivojlangan  demokratik  davlatlarda  statistika  organining  mustaqilligi 

masalasiga  katta  e’tibor  qaratiladi.  AQSh,  Fransiya,  Avstriya,  Norvegiya  kabi 

davlatlarda statistika organlari mustaqil, ya’ni faqat qonunlar asosida ish ko’radi va 

davlat  organlariga  bevosita  bo’ysunmaydi.  Buyuk  Britaniyada  esa  statistika  organi 

Parlamentga bo’ysunadi, Litva va Irlandiya davlatlarida Prezidentga hisob beradi.  

Yuqoridagi tahlil natijalaridan kelib chiqib, O’zbekistondagi joriy qonunchilik 

va  amaliyotni  rivojlantirish  yuzasidan  quyidagi  tadbirlarni  amalga  oshirish 

maqsadga muvofiq:  

  birinchi, davlat byudjeti loyihasini kamida 2 ta yoki 3 ta tasnifda tayyorlash 



lozim. Bunda byudjet parametrlari soni kamida 300-400 ta bo’lishi, byudjet loyihasi 

esa  davlatning  barcha  jamg’armalarini  o’z  ichiga  olishi  maqsadga  muvofiq. 

Kelajakda  IHTT  taklif  qilganidek  parametrlar  sonini  1000  taga  etkazish  mumkin. 

Oliy  Majlisga  byudjet  loyihasi  bilan  birgalikda  iqtisodiyotning  kelgusi  3  yilga 

mo’ljallangan prognozi va byudjet paramertlarining unga mos kelishi asoslari hamda 

byudjet  rivojlanishining kelgusi 3  yilga  mo’ljallangan parametrlari prognozini ham 

kiritish taklif etiladi; 

  ikkinchi,  davlat  byudjeti  loyihasini  Qonunchilik  palatasiga  kiritilgandan 



keyin loyihani ko’rib chiqish muddatini 1 oydan 3 oygacha uzaytirish taklif etiladi. 


59

 

 



Shuning  bilan  birga,  Qonunchilik  palatasida  muhokama  qilish  tartibi  yoki 

metodologiyasini  tasdiqlash  lozim.  Byudjet  loyihasini  3  ta  o’qishda  ko’rib  chiqish 

va  qonun  sifatida  qabul  qilish  taklif  qilinadi.  Xuddi  rivojlangan  demokratik 

davlatlarda  bo’lgani  kabi  O’zbekistonda  ham  byudjet  loyihasini  Moliya  vazirligi, 

Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalari veb-sahifalarida joylashtirish va keng 

jamoatchilik e’tiboriga havola etish lozim.  

  uchinchi,  davlat  byudjeti  ijrosining  Oliy  Majlisga  kiritiladigan  tarkibini 



tasdiqlab qo’yish lozim. Davlat byudjeti ijrosi Oliy Majlis tomonidan qoniqarsiz deb 

topilganda  (jumladan,  byudjet  ijrosi  samaradorligi  indikatorlarini  ishlab  chiqish 

asosida)  qabul  qilinadigan  qaror  mexanizmini  ham  ishlab  chiqish  va  amaliyotga 

joriy  etish  lozim.  Shuningdek,  Hisob  palatasi  va  Oliy  Majlis  palatalari  o’rtasidagi 

axborot almashinuvi tartibini tasdiqlash ham talab etiladi;  

 



to’rtinchi,  Oliy  Majlis  huzurida  senatorlar  va  deputatlarni  zarur  axborot, 

tahlil  va  ekspert  xulosalari  bilan  ta’minlashga  xizmat  qiladigan  axborot-tahlil 

institutini tashkil etish lozim;  

  beshinchi,  Oliy  Majlis  tomonidan  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanish  dasturlari 



bajarilishi,  shuningdek,  davlat  byudjeti  xarajatlarining  sarflanishi  ustidan  samarali 

nazorat olib borilishi uchun Oliy Majlisga taqdim etilayotgan statistik ma’lumotlar-

ning xolisligini va ishonchliligini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo’mitasini 

mustaqilligini  ta’minlash  va  bevosita  Oliy  Majlisga  hisobot  berishi  maqsadga 

muvofiq. 

 


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish