57
dasturlar bo’yicha byudjetni rejalashtirishdir (rejalashtirish, dasturlash va
moliyalashtirish tizimi
– planning prodramming and budgeting system –
PPBS)
24
.
«Maqsadli-dasturli rejalashtirish» uslubining maqsadi – davlat moliyasi sohasida
byudjet protseduralarining samaradorligini oshirish uchun resurslarni taqsimlash
bo’yicha qarorlarni qabul qilishni takomillashtirishdir. Fransiyada ham byudjet
ishlab chiqish jarayonida yanada samarali uslublardan foydalanish maqsadida
yangi «maqsadli-dasturli rejalashtirish uslubi» («programno-tselevoy metod») yoki
«natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish» uslubi qo’llaniladi.
Ko’pgina davlatlarda byudjet islohotining muhim yo’nalishlaridan biri -
natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etishdir. «Natijaviylikka
yo’naltirilgan byudjetlashtirish» - moliyaviy resurslarni taqsimlash va
foydalanishning tiniqligi, nazorat ostida bo’lishi va samaradorligini oshirishni
ko’zda tutadi. «Natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish» deganda,
cheklangan moliyaviy resurslar jamiyatda ko’zda tutilgan aniq maqsadga
erishilishiga qarab hamda davlat byudjet siyosatining ustuvor yo’nalishlariga
muvofiq taqsimlanadi.
Natijaviylikka
yo’naltirilgan byudjetlashtirishdan foydalangani-mizda
xarajatlarning alohida moddalari bo’yicha byudjet g’azna ijrosida maqsadli
ijtimoiy–iqtisodiy ko’rsatkichlarni bajarishga o’tiladi. Dasturiy-maqsadli uslubda
rejalashtirish uzoq muddatli baholash asosida, byudjet xarajatlarini qismlarga
ajratish esa – maqsadlar va dasturlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Dasturiy-
maqsadli tamoyillar asosida tuzilgan byudjetning muhim xususiyati shundaki,
yakuniy natijalar, rejalashtirilgan tadbirlardan samara va ularning monitoringi
byudjetning o’zida belgilanadi. Bunda byudjet faqatgina xarajatlar tasnifining
an’anaviy turlari yordamidagina emas, balki aniq dasturlar bo’yicha alohida ishlab
chiqiladi.
Davlat xizmatini ko’rsatish bo’yicha funktsiyalarni bajarish qator
24Public spending structure, minimal state and economic growth in France (1870–2010).Public
spending structure, minimal state and economic growth in France (1870–2010). R.27.
58
parametrlar bilan aniqlashtiriladi:
davlat xizmati ko’rsatuvchi sub’ektlar bilan (ijroiya xokimiyat organlari,
davlat va mahalliy hokimiyat organlariga bo’ysinadigan muassasalar va boshqa
byudjet tashkilotlari);
davlat xizmati ko’rsatish ob’ektlari bilan (fuqarolar va tashkilotlar);
xizmatga haq to’lashga yondoshuv bilan (bepul yoki davlat hokimiyati
tartibga solib turadigan baholar bo’yicha);
xizmat ko’rsatish sohasi imkoniyatlari (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy
himoya, atrof muxitni muhofazalash).
Bu holatlarinining barchasi natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish
texnologiyasini ko’zda tutadi. Fransiyada byudjetlashtirishning xorijiy usulini
o’rganish shuni ko’rsatadiki, asosiy byudjetni ishlab chiqish uchun ko’plab
«qo’llab-quvvatlovchi» deb nomlanuvchi byudjetlarni tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: