38
«Majburiy ijtimoiy sug‘urtalash fondi», «Bandlik fondi», «
Majburiy tibbiy
sug‘urtalash fondi» va «Yo‘l fondi» kiradi.
Rossiya Federatsiyasi byudjetdan tashqari fondlarining daromad manbalari
quyidagilardan iborat”
1
.
–
maxsus, maqsadli soliqlar, vznoslar va yig‘imlar;
–
korxonalar, tashkilotlar, foydasidan ajratmalar;
–
byudjet mablag‘lari;
–
tijorat faoliyatidan olingan foyda;
–
Markaziy bank va banklardan olingan qarzlar;
–
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar.
“Rossiya Federatsiyasida 2015 yila ajratmalar stavkasi Pensiya fondiga 22,0
foiz, Majburiy ijtimoiy sug‘urtalash fondiga 2,9 foiz, Majburiy tibbiy
sug‘urtalash fondiga 5,1 foiz belgilangan ”
2
. Rossiya Federatsiyasida byudjetdan
tashqari fondlar Federal byudjet tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo‘lib,
ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘
tushishi
normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘laridan foydalanilishi mumkin
bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Rossiyada pensiya
tizimini isloh etish pensiya tizimining daromadlarini maksimal ko‘paytirishga va
xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan. Shu maqsadda pensiyaga chiqish
uchun zarur bo‘lgan minimal mehnat staji miqdori oshirilmoqda, jamg‘arish
tizimidagi
qatnashuv darajasi qisqarmoqda, barvaqt pensiyaga chiqishning
shartlari kuchaytirilmoqda. Ish haqidan to‘lanadigan badal me’yori oshirilmoqda
va istiqbolda to‘lovlarni o‘zi ortishi rejalashtirilmoqda.
Rossiyada pensiyaga
chiqish huquqini rubldan ballarni hisoblash huquqiga o‘tkazish pensiya fondi
xarajatlarini minimallashtirgan holda uni moliyaviy barqarorligini yanada
oshirishga qaratilgan. «Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda pensiyalarning o‘rtacha
miqdori o‘rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich
1
http://studopedia.ru/7_111400_dohodi-gosudarstvennih-vnebyudzhetnih-fondov-rossiyskoy-federatsii-i-
territorialnih-gosudarstvennih-vnebyudzhetnih-fondov.html
Doxodi
gosudarstvennix
vnebyudjetnix
fondov
Rossiyskoy Federatsii i territorialnix gosudarstvennix vnebyudjetnix fondov. internet sayti ma’lumotlari.
2
http://online-buhuchet.ru/edinyj-socialnyj-nalog/
internet sayti ma’lumotlari.
39
Rossiyada 25,7 foiz, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdan iborat.
Joriy 2014 yilda mamlakatimizda bu ko‘rsatkichni 41 foizga etkazish ko‘zda
tutilmoqda»
1
. “Rossiyada o‘rtacha qoplash koeffitsenti miqdorini 2012 yildagi
34 foizdan 2030 yilda 20 foizga qisqartirish va 2015
yilda mehnat bozoriga
kirib keluvchi yosh avlod uchun birdamlik pensiya tizimida o‘rtacha ish
haqidan 35 yil mobaynida to‘liq pensiya to‘lovlarini to‘lagan holda qoplash
koeffitsentining 40 foiz bo‘lishi rejalashtirilmoqda”
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: