Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi



Download 2,13 Mb.
bet50/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

6.3. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining qonunigamuvofiq pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 dekabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 357-sonli qarori asosida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunigamuvofiq pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilingan.
Ushbu Nizomga muvofiq:

  • xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini;

  • mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlarga tayinlangan pensiyalarni;

  • texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga (erkaklar – 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar – 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar) tayinlangan pensiyalarni to‘lashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini qoplash tartibini belgilaydi. Bunda korxonalar va tashkilotlar tomonidan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplashga to‘lov ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari bo‘yicha 2016 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 1993 yil 3 sentyabrdagi 939-XII-son qaroriga ko‘ra, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar mehnatga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan xodim “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 7moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga etguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b”-bandi (mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar - 3-sonli ro‘yxat, I qism)ga muvofiq pensiyalar to‘loviga ketadigan xarajatlarni qoplaydigan haqni 1994 yilda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 80 foiz miqdorida, 1995 yilda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 90 foiz hamda 1996 yil va undan keyingi yillarda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 100 foiz miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘laydilar. Pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi har oyda keyingi oyning 1-sanasiga qadar tashkilotga mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga xarajatlarni qoplash to‘g‘risida regress talabnomani yuboradi.
Pensionerning hisobga turgan joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga sarflangan mablag‘larning, ular tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq regress da’vo arizalari bo‘yicha tashkilotlardan undirilishini ta’minlaydilar.
Xodim mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini har xil ish beruvchilarda yo‘qotgan taqdirda har bir ish beruvchi mablag‘larni solidar tartibda qoplaydi. Agar mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasini birlamchi aniqlashda (birinchi ish beruvchida) nogironlik guruhi belgilanmagan bo‘lib, keyinchalik esa yangi olingan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasi nogironlik guruhini belgilash bilan birga oshirilgan bo‘lsa, pensiyalarni to‘lashga sarflangan Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash nogironlik guruhi qaysi ish beruvchi davrida belgilangan bo‘lsa, shu ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi uchun javobgar tashkilot tugatilgan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tashkilotning tugatish kuniga tayinlangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda ajratmalarni majburiy ravishda quyidagi tartibda amalga oshiradi:

  1. mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik

bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga: agar nogironlik muayyan davrga belgilangan bo‘lsa, nogironlikning amal qilish muddatiga, biroq kamida besh yil uchun; agar nogironlik muddatsiz belgilangan bo‘lsa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida xodimlar O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshiga etgungacha bo‘lgan muddatga;

  1. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari bo‘yicha mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga nisbatan: o‘n sakkiz yoshga etmagan oila a’zolariga – ular ushbu yoshga etgunlariga qadar; vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini boqish bilan mashg‘ul bo‘lgan oila a’zolariga – boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralari, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar; ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, erga – agar ular Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar, shuningdek buva va buviga – agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida ular O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshiga etgunga qadar bo‘lgan muddatga.

Agar O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshi va mehnat vazifalarini bajarishda mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyasiga huquqi bo‘lgan fuqaro yoshi o‘rtasidagi farq 5 yildan kam bo‘lsa, shuningdek, agar fuqaroning yoshi O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshidan ko‘p bo‘lsa, u holda mablag‘lar kamida 5 yil uchun to‘lanishi lozim.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12moddasi (umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi) “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: qonun 12-moddasining “b” bandida nazarda tutilgan ish joylariga ega bo‘lgan tashkilotlar ana shunday ish o‘rinlarining ro‘yxatini, kasblar, lavozimlar nomini, mazkur ish joylarida ishlovchi ishchilarning yillik o‘rtacha sonini, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish natijalarini hisobga olgan holda aniqlaydilar; ushbu ish joylaridan mazkur yil davomida imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqadigan xodimlarning soni ularning yillik o‘rtacha sonining 3 foizi miqdorida qabul qilinadi. Qonunning 31-moddasi (o‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi)ga muvofiq ularga tegishli pensiya miqdorini aniqlash uchun ko‘rsatib o‘tilgan kasblarda ishlagan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi oldingi yil ma’lumotlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Pensiya miqdori ko‘rsatib o‘tilgan o‘rtacha oylik ish hajmining 60 foiziga teng bo‘ladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish