Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish



Download 2,13 Mb.
bet45/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

5.3. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga Pensiya jamg‘armasi Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Pensiya jamg‘armasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari Pensiya jamg‘armasi Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.
Pensiya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Pensiya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Pensiya jamg‘armasi Kuzatuv kengashining raisiga bo‘ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi.
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori:

  • Pensiya jamg‘armasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  • o‘z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Pensiya jamg‘armasi o‘rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;

  • o‘z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Pensiya jamg‘armasi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

  • belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi va xodimlarning soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Pensiya jamg‘armasi tarkibiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;

  • Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati xodimlarini, Pensiya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o‘rinbosarlarini, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

  • pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;

  • Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga oshiradi.

Pensiya jamg‘armasi o‘z xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini quyidagi manbalar hisobiga shakllantiradi: boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston RespublikasiQonunigamuvofiq undiriladigan mablag‘larning 15 foizi; majburiy ajratmalar, badallar va Jamg‘armaga boshqa to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar, penyalar summasining 5 foizi.
Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom Pensiya jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish