Ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi pensiya – pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va
II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi;
Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi – pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to’liq yili uchun pensiyalarning tayanch miqdorlari yoshga doir pensiyalar-pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
Ish staji uchun I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalarning oshirilishi – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida, boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchunboquvchining o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi;