Byudjetdan tashqari jamg’armalar – davlatning davlat byudjetiga kiritmaydigan va aniq maqsadlarga mo’ljallangan pul mablag’lari;
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlari – jamg’arma daromadlari yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan miqdordagi tushumlari, fuqarolarning sug’urta badallari, korxona va tashkilotlarning
majburiy ajratmalari va boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi;
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining xarajatlari – jamg’armaning mablag’laridan ishlayotgan va ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini to’lash, pensionerlarga davlat pensiyalarini to’lash, davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarga, dafn etish marosimi uchun nafaqalar, belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |