Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kines-tetik sezgilar deb nomlanib, ularga og'irlikni, qarshihkni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari — gavda muskullari, paylar, bo'g'imlardan iboratdir.
Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo'lib, ularning ta'sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskulfarga ta'sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilaridir.
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibular apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibular apparat quloq dahlizi va yarimdoira kanallardan tashkil topgan bo'ladi. Sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir.
Odatda, organizm avtomatik ravishda refleks yo'li bilan muvozanat saqlaydi.
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo'ngach, me'da, ichak, qon tomirlari, o'pka va shu kabilarda joylashgan bo'ladi.
Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgi retseptorlarining qo'zg'atuvchilaridirlar. Ular quyidagilardan iboratdir:
og'riq sezgilari;
xush tuyg'ular; 3. noxush tuyg'ular.
3.Diqqatni diagnostika qilish metodlari.(P’eron - Ruzer metodikasi, Shult jadvali)
Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi (1-ilova).
Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |