“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-8, Issue-4, April - 2022 218 ochib berdi. Nafaqat ta`lim sohasida balki barcha sohlalarga jadal kirib kelayotgan,
har kuni dunyoning turli joylarda sodir bo`layotgan yangiliklar va turli xabarlarni
bizga beminnat yetkazib turgan va buning uchun bizdan faqatgina e`tabor talab
qilayotgan internetsiz hozirgi kunimizni tasavvur etish ancha mushkul hodisaga
aylandi. Tanganing ikki tomoni bo`lgani kabi bizga cheksiz imkoniyatlarni taqdim
etayotgan ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomoni bo`lgani bilan bir qatorda salbiy
jihatlari ham anchagina.
Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining juda katta qismi ya`ni 27 mlndan
ortiq aholi internetdan foydalanadi. Shundan 25 milliondan ortig` mobil internet
foydalanuvchilari hisoblanadi. Ushbu internet foydalanuvchilarning katta qismi
yuqori ehtimol bilan yoshlarni tashkil etadi. Ushbu statistik ma`lumotning o`zi ham
mavzuning dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa tashqi ta`sirlarga juda ham
beriluvchan, yosh davrlari orasida o`zining betakror o`zgaruvchan xususiyatlari
bilan ajralib turuvchi o`smirlar orasida internet va ijtimoiy tarmoqdan foydalanish
ko`rsatkichi kundan- kunga oshib borayotganligi biz kattalarni yanada hushyor va
sergak bo`lishimizni talab etadi. Bunga judayam ko`plab sabablar keltirishimiz
mumkin. O`tkazilgan aksariyat tadqiqot natijalariga ko`ra uzoq vaqt va maqsadsiz
ravishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ayniqsa o`smirlarda
depressiya, stress va yolg`izlik hissining kuchayishiga olib keladi. Internetga
qaramlikning yuzaga kelishi natijasida yoshlarda bilim saviyasi pasayib boradi, real
hayotda muloqotchanlik ko`nikmalari susayadi hamda juda ko`p vaqtini ijtimoiy
tarmoqlarda sarflagani sababli oilaviy va do`stlar bilan munosabatlarga salbiy ta`sir
qilishi mumkin. Sababi internetga qaram bo`lgan shaxs yoki o`smir virtual olamga
shu darajada ko`p berilib ketadiki uning uchun real hayotdan ko`ra virtual hayotdagi
o`rni ustun bo`lib qoladi. Albatta bu hol nafaqat insonning o`ziga balki butun
jamiyatga o`zining salbiy ta`sirini o`tkazadi. Bejizga Xitoy xalq respublikasida
internetga qaramlik kasallik deb e`lon qilinib uni davolovchi kasalxonalar ochilgani
yuq. Dunyo psixologlar ijtimoiy tarmoqning salbiy ta`siri va internetga qaramlik
haqida uzoq vaqtdan beri e'tibor berishgan, chunki Internetga qaramlikni alkogolizm