Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazi
Ma’ruzachi: Safarova Dilnoza
Kuchkarovna
BUTUN HAYOT DAVOMIDA
TA’LIM OLISH G‘OYASI
Butun hayot davomida ta’lim olish g‘oyasi (lifelong
learning)
Amaldagi tartibga ko„ra xalq ta‟limi
pedagog va rahbar xodimlari qay tarzda
malaka oshiryapti? Bugun zamon talabi
qanday?
Malaka
oshirish
tizimiga
nodavlat
ta‟lim
tashkilotlarini
jalb
qilishdan ko„zlangan maqsad nima?
Malaka oshirish tizimining “hayot davomida
o„qish” tamoyiliga o„tishi borasida qanday ishlar
olib borilayapti, degan savol tug„ilishi tabiiyhol.
Axborot, bilim, tajribalar har kuni yangilanyapti.
Shu nuqtai nazardan, malaka oshirish ta‟limi
tizimini takomillashtirish zarurati tug„ildi.
“Hayot davomida o„qish” tamoyili asosidagi malaka oshirish ta‟limini kredit-modul shaklida
kelgusi yildan joriy etish rejalashtirilmoqda. Xo„sh, kredit-modul tizimi malaka oshiruvchi
pedagoglarga nima beradi, an‟anaviy malaka oshirishdan farqi, qulayliklari nimada?
Kredit-modul tizimida rahbar va pedagog xodimlar malaka oshirish
kurslarida kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli kurslar, professor-
o„qituvchilar, malaka oshirish mazmuni va muddatini mustaqil tanlash
imkoniyatiga ega bo„ladi.
Elektron platforma pedagog va rahbar xodimlarga xohlagan vaqtda va
xohlagan joyda, shuningdek, o„z kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib,
malaka oshirish imkoniyatini beradi.
Uzluksiz malaka oshirishda pedagoglarning ta‟lim olish
jarayonlari maxsus elektron platforma asosida avtomatlashtiriladi
va inson omili minimallashtiriladi.
Maktabning asosiy vazifalaridan biri
o„quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlashdan
iborat. Bu borada sinf rahbarlarining o„rni
alohida ahamiyat kasb etadi. Sinf rahbari bir
sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga
oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va
boshqaradi.
Xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish sohasida davlat ta‟lim muassasalari monopoliyasi
mavjud bo„lib, nodavlat ta‟lim muassasalarining mazkur
jarayonlarda ishtirok etish imkoniyati belgilanmagan.
Tabiiyki, bu jarayonlarga nodavlat ta‟lim muassasalarini jalb
etish sohada sog„lom raqobat muhitini shakllantirish orqali
ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan.
Pedagog xodim ta‟lim tashkilotlarini o„z
ixtiyoriga ko„ra tanlaydi va malakasini
oshiradi. Oliy ta‟lim tashkilotlari va nodavlat
ta‟lim tashkilotlarining pedagog kadrlar
malakasini oshirish bilan bog„liq xarajatlari
davlat byudjeti mablag„lari hisobidan ushbu
maqsadlar uchun Xalq ta‟limi vazirligiga
ajratiladigan mablag„lar doirasida qoplanishi
belgilangan.
Hech kimga sir emas, bugun ta‟lim sohasida,
xususan, xalq ta‟limi tizimida muammolar
to„planib qolgan. Ta‟lim sifatini yaxshilashga
qaratilgan chora-tadbirlar natijasini ertaga kutish
noo„rin, albatta. Chunki, ta‟limga kiritilgan
investitsiyalar samaradorligi jamiyatda 5-10
yillarda
seziladi.
Shu
nuqtai
nazardan,
o„zgarishlarning natijalari kelgusi 5 yillikda
ko„rina boshlaydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |