Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalash muammosi tarixiy xarakter kasb etib, bu borada Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy,Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar tomonidan yaratilgan ilmiy va didaktik manbalar tarbiya ishida muhim ahamiyatga ega.
Yosh avlodni tarbiyalashning pedagogik-psixologik masalalari O.Musurmonova, R.Djuraev,O.Jamoliddinova,Z.Ismailova,U.Mahkamov,Sh.Mardonov,M.Inomova,N.Ortiq-ov,B.Raximov,D.Ro‘zieva,D.Sharipova,N.Egamberdieva,M.Quronov, Z.Solievalar ilmiy ishlarida bolalar, o‘spirinlarda ma’naviyat, axloq, milliy g‘urur, madaniyatni shakllantirish, oilada va ta’lim tashkilotlarida bola shaxsini tarbiyalash, xalq og‘zaki ijodi namunalarining poetik va o‘ziga xosliklari ijtimoiy pedagogik, antropologik va akmeologik nuqtai nazardan tadqiq qilingan.O‘zbek olimi M.Haydarov yozishicha: “Xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi odob-axloq,ta’lim-tarbiya borasidagi pandnomalar bag‘oyat hayotiy, xalqchil va ibratlidir.Xususan an’anaviy xalq dostonlari va ertaklari, qo‘shiqlar va maqollar tarbiya darslari ekanligini,folklorning boshqa katta-kichik janrlari boshdan-oyoq pandnomaligini unutmasligimiz kerak”3. Xalq pedagogikasining sharqona an’analari, oilaviy-maishiy yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi, ommaviy bayram- sayllar, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda ifodalanishi o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar sirasiga kiradi.
Folklorshunos olimS.Turayev ta’kidlashicha:“Xalq og‘zaki ijodida hayotning, tafakkurning,odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi”4. Darhaqiqat, xalq og‘zaki ijodida inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lovchi, ma’naviy kamolotini belgilovchi omillar, iymon-e’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do‘st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik sahifalari rang-barangdir.Bu sahifalarning har biri yosh avlod uchun odobnoma, ibratnoma deb baholanishga tamomila haqlidir.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) va xorijiy mamlakatlarning M.Montessori, M.N.Bratuxina, O.V.Akulova, T.A.Kotlyakova, O.N.Pishuxina, Ye.A.Avilova, A.Arushanova, M.Bakina, N.M.Eliash, R.M.Exaeva, Ye.V.Yudina, E.Bern, N.A.Vasileva, L.M.Volobueva, Yu.V.Gippenreyter, M.Chomaeva, N.N.Jirnova, O.L.Zvereva, T.F.Kuznesova, Ye.K.Lyutova, N.Nyukomb, L.A.Paramonova, Ye.Yu.Protasova, V.A.Slastenin, A.I.Miщenko, O.Solnseva, A.Fomina7 kabi olimlar olib borib, ularning ilmiy tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalar vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning nazariy va amaliy muammolari, zamonaviy shaxsni tarbiyalashda xalq pedagogikasi g‘oyalari va xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘rni hamda ularni qo’llash mahoratining o‘ziga xosliklari o‘rganilgan.
Turli olimlari tomonidan ilmiy ishlar olib borilgan bo‘lishiga qaramay, tarbiya
darslarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish maxsus
tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq qilinmagani, bu sohada chuqur ilmiy yondashuvlar, yangi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojning zarurligi mazkur tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.Xalq og‘zaki ijodining yorqin sahifalari – kabi xalq tomonidan yaratilgan dostonlar, qo‘shiqlar,aytishuvlar,o’lanlar,maqollar,topishmoqlar, ertaklar o‘quvchilarni tarbiyalashda kuchli manba bo‘lib hisoblanadi.Ayniqsa, ulardagi axloqiy sifatlarning ulug‘lanishi, axloqiy tarbiya turlarining mavjudligi bolalarga kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, shu narsani ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida xalq og‘zaki ijodidan samarali foydalanish orqali ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish masalasi to‘laqonli amalga oshirilmaganligini o‘rganish maqsad qilib olingan.Boshlang‘ich sinf tarbiya darslari jarayonida xalq og‘zaki ijodining qimmatli xazinasidan foydalanish yo‘llarini, metodikasini ishlab chiqish pedagogikadagi dolzarb vazifalar qatorida turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |