Matallar xalq majoziy iboralarining ko‘chma m a’noda ishlatiluvchi
bir turi. Matal o ‘z m a’nosidan boshqa m a’noga ko‘chirilgan so‘z
birikmalaridan iborat bo‘ladi, unda o ‘xshatish, kinoya, qochirma so‘z va
boshqa til vositalari qo‘llaniladi. Bunda m a’joziy iboralarning o ‘z asl
ma’nosi bilan ko‘chirilgan m a’nosi o ‘rtasida mantiqiy bog‘lanish
bo‘ladi. Masalan:
«Temirni qizig‘ida bos».
«Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin» va h.
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning shakli, hatti-harakati, holati
va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash, ularning belgisini
ataylab yashirish asosida topishga asoslangan savol yoki topshiriqlardir.
0 ‘tmishda topishmoqlar kattalar orasida keng yoyilgan, hozirgi kunga
kelib, yoshlarga xos janr bo‘lib qoldi. Topishmoqlar qadim-qadimdan
jonli va jonsiz mavjudot, narsa va hodisalami bir-biriga solishtirish,
taqqoslash, o ‘xshatish orqali borliqni, undagi mavjud xususiyatlarini
ko‘proq bilishga, anglashga, fikr yuritishga undaydi. Insonning zehnini
qayraydi, fikr doirasini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini oshiradi,
kuzatuvchanlik va topqirlikni shakllantiradi. Buning isboti uchun quyi-
dagi topishmoqlar yechimini topib, o ‘z zehningizni sinab ko‘rishingiz
mumkin:
33
1) Kechasi xizmatda, kunduzi izzatda.
2) Devorda bor so‘zanam,
Unda yashar keng olam.
3)Qozon ichi oppoq qor.
4) Yeri oq, urug‘i qora.
5) 0 ‘zi ming xil, so‘zi bir xil.
6) K o‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alar.
7) Q o‘l bilan sochar, og'iz bilan o ‘rar.
8) Gulsiz meva qiladi,
Ko‘p esang til shiladi;
9) G ’ip-g"i 1 dirak oy kulcha,
Bu nima, kim biladi?
Daraxt emas u o'zi,
Majnuntoldek bosh egar;
10) Osti yam-yashil marmar,
Soyasiz salqin berar.
11) Sochi o‘sgan, beli bog‘langan,
Ifloslikka qarshi chog‘langan.
12) Teg desam tegmaydi,
Tegma desam tegadi.
13) Zar gilam, zargar gilam,
Ko‘taray desam og‘ir gilam.
14) Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o ‘qir, g‘alvir to‘qir.
15) Asaldan shirin, zahardan achchiq.
Q o‘shiq - xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va ommaviy
shakllaridan biri bo‘lib, kuyga solib aytiladigan kichik lirik she’rdir.
Q o‘shiqlar ham boshqa xalq og‘zaki ijodi janrlari kabi shu xalqning
mehnati, kurashi, m a’naviy ehtiyojlari natijasida vujudga keladi. Ular
g‘oyaviy-mazmuniy va janr xususiyatlariga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi.
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otit-turk» asaridan qo‘shiqiarning
eng qadimiy turlari m a’lum. Jumladan, ov qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiq-
lari, mavsum, marosim qo‘shiqlari, marsiya, madhiya va b. Q o‘shiqlar
yoshlarda go‘zallik tuvg‘ularini shakllantiradi, dillarga orom bag‘ish-
laydi, shuningdek, yoshlarni vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhida
tarbiyalaydi. Bolalar dastlab ona allasini eshitadi, asta-sekin ovunchoq
qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari bilan tanishib boradilar. Masalan, «Boy-
chechak», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Hayu chitti gul» kabi qo‘shiqlar
bolalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi.
34
Qo‘shiqlarning quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |