Pedagogikasi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/107
Sana29.12.2021
Hajmi3,59 Mb.
#80238
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

YUSUF  XOS  HOJIB 
(XI  asr)
Yusuf  Balasog‘uniy 
Yettisuv 
oikasidagi 
Kuzo‘rda  (Balasog‘un)  shahrida  1016-1018  villar 
orasida  tug‘ildi.  Alloma  haqida  uning  «Qutadg‘u 
bilig»  asaridan boshqa birorta m a'lumot vo'q.
«Qutadg‘u  bilig»  -   «Baxtga  eltuvchi  bilim» 
demakdir.  Asar  turkiy  tilda  yozilgan  bo‘lib,  uni 
Vatan,  el-yurt  madhiyasi  deyish  mumkin.  Asarda 
turkiy  xalqlarning  davlat tuzilishi,  el-yurt  farovonligi  yo‘lidagi  tadbirlar 
talqin  etiladi.  Dostonning  asosiy  qahramonlari  to‘rt  timsoldan  tashkil 
topgan.  Birinchisi  -   bosh  hukmdor  Kuntug‘di,  u  Adolat  ramzi.  U 
quyoshdek  barchaga  barobar  nur  taratadi. 
Ikkinchisi  -   bosh  vazir 
OytoMdi, 
u  Davlat  ramzi.  Lekin  davlat,  baxt,  omad,  boylik  doimiy 
emas,  ular  goh  oy  kabi  to'lishadi,  goh  hilol  singari  noziklashib, 
ko‘rinmay  qoladi. 
Uchinchisi  -   hukmdoming  yaqin  maslahatchisi, 
OytoMdining  o ‘g‘li  -   0 ‘gdulmish,  u  aql  va  bilim  ramzi.  Boylik,  omad, 
baxt, davlat,  amal  o ‘tkinchi  bo‘lsa,  aql va bilim doimiydir. T o ‘rtinchisi -  
OytoMdi  va  0 ‘gdulmishning  qarindoshi  0 ‘zg'urmish,  u  qanoat  ramzi. 
Agar  jamiyatda,  insonda  qanoat 
bo‘lmasa  oqibati  yomon  bo‘ladi. 
OytoMdi  davlati  va  boyligiga  ishonib  qarindoshi  0 ‘zgurmishni 
eslamaydi,  aql va bilim egasi  0 ‘gdulmish aksincha, u haqida hukmdorga 
xabar beradi.
Y usuf Xos  Hojib  ushbu  asarida  goh  mutafakkir,  goh  muarrix,  goh 
zukko  olim,  goh  hassos  shoir  obrazida  ko‘rinadi,  shuningdek,  o ‘z 
vatanining  fidoiy  oshig‘i,  o ‘z  elining  sadoqatli  farzandi  sifatida 
namoyon bo‘ladi.
«Qutadg‘u  bilig»-  ta'lim  va  tarbiya,  axloqodobga  oid  pedagogik 
darslikdir. Asardan keltirilgan quyidagi misollar buning yorqin dalilidir: 
Bilimni  buyuk bil, uquvni  ulug‘,
Shu  ikkov ulug‘lar kishini tyliq.

Yana bir hikmat bor:  Hazrati odam- 
Bilim, aqlu idrok sabab muhtaram.
26


Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z bu boshni etadi egik.
Tilingni avayla -  omondir boshing,
So‘zingni avayla uzayar yoshing.
Dono maqtov olar,  nodon-chi, so‘kish,
O ’zing o ‘yla, senga ma'qul, qaysi ish?
-  Agar bo‘ Isa ezgu yomonga ulfat,
Yomondan ko‘ra ko‘p keltirar kulfat.
Quyida  allomaning  pedagogik  qarashlari  va  tarbiyashunoslikka  oid 
asarlaridan misollar keltiramiz:
-  Quyosh  nurlarini  berkitib  bo'lmaganidek,  haqiqatning  chirog‘ini 
ham so‘ndirib bo‘lmas.
Yoki  ilmli  bo‘l,  yoki  ilmga  tayanib  ish  tutadigan  bo‘l,  laoqal 
ilmni  tinglab  eshitadigan  bo‘l,  biroq to‘rtinchisi  bo‘lma,  chunki  kasodga 
uchrab halok bo‘lasan.
-  Ahmoq  kishi  hikmat  lazzatini  bilmaydi,  bamisoli  tumov  kishi 
gulning hidini  sezmaganidek.
-  Agar  tilingning  ortiqcha  so‘zlashiga  ega  bo‘la  olmasang,  unda 
tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan.
-  Kimki  baxt-iqbolli,  soliq  kishilaming  etagiga yopishsa,  u  albatta 
murodu maqsadiga erishib, xayru baraka topar.
AHM AD  YASSAVIY 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish