Pedagogikainstituti


Psixologiyaning mustaqil fan bo‘Iib  rivojlanishi



Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/45
Sana25.01.2022
Hajmi6,33 Mb.
#408579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Психология тарихи Жураев Н.С.

Psixologiyaning mustaqil fan bo‘Iib  rivojlanishi
Xronologiya
Bosqichning
mazmuni
Natija
XIX  asr  boshidan 
XIX asming 
60-yillarigacha
Psixologiya  mustaqil 
fan ekanligini 
ta’kidlovchi ilk 
bilimlaming paydo 
bo‘lishi.
Nerv  sistemasi  va  sezgi  organi 
faoliyatini  eksperemental  metod 
bilan  o‘rganila  boshlashi  psixo- 
fizika va psixogeometriyaning pay­
do  bo‘lishi,  sezish  va  idrok  etish 
teoriyalarining kashf etilishi.
XIX asming 
60-yillaridan 
XIX 
asming oxirigacha
Psixologiyaning 
bevosita  mustaqil  fan 
sifatida rivojlanishi
Eksperemental  metodlar  psixo- 
logiyadan  mustaqil  o‘rin  egal- 
lashi  psixologiyada  amaliy  tadqi- 
qotlaming paydo bo‘lishi fanda yan- 
gi tannoqlaming vujudga kelishi
2 - asming 
10-30-yillari
Psixologiyada 
ochiq 
krizis /inqiroz/
Chet  el  psixologiya  maktablari, 
bixeviorizm


30-50-уШаг
Inqirozning
tugallanishi
Yangi 
tarmoqlar: 
genetik 
psixologiya,  shaxs  psixologiya­
sining  paydo  bo‘lishi,  yangi 
maktablar,  neobixeviorizm,  neo- 
freydizmning vujudga kelishi
60-yillar
Yangi 
nazariy 
va 
amaliy qidirish
Yangi 
yo‘nalish: 
gumanistik 
psixologiya,  logopediya,  kognitiv 
psixologiyaning  paydo  bo‘lishi, 
psixologiya  predmetining  tahlil 
qilinshi,  ongsizlik  masalasiga 
katta  e’tibor,  sotsial  psixologiya 
masalalarini chuqurlashtirish
Psixologiya  tarixining  manbalari  bo‘lib,  psixologik  bilimlami 
to ‘plashni  aks  ettiruvchi  barcha  materiallar  eng,  avvalo,  o ‘tmish  -  
psixologlarining,  faylasuflarining  asarlari  ham da  tibbiyotga,  ayniqsa,, 
psixatriya  sohasiga  oid  bilimlar,  shuningdek,  boshqa  fanlar  -  
tabiatshunoslik,  fizika,  kimyo,  astronomiya,  tilshunoslik,  etnografiya, 
antrapologiya kabi  fanlarning m a’lumotlari  ham psixologiya tarixining 
manbai hisoblanadi.
Idealizm  (fransuzchadan  idealisme)  —  idealizm:  falsafaning  bosh 
masalasida  — ongning  borliqqa  munosabati  masalasida  materializmga 
qarama -  qarshi  o ‘laroq  ong,  ruh  birlamchi,  moddiy dunyo,  borliq  esa 
ikkilamchi,  ong,  sezgi,  tasavvur  va  tushunchalarning  mahsulidir  deb 
da’vo  qiluvchi  g‘ayri  ilmiy  faisafiy  oqim.  ldealistlar  materialistlarga 
qarama-qarshi  o ‘laroq,  psixika  tan  bilan  yashirin  yo'sinda  birlashgan, 
inson  o‘lgach,  tanani  tashlab  «narigi  dunyoga»,  g ‘oyalar  dunyosiga 
ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bo‘lmagan qandaydir ilohiy 
substansiya yoki  mohiyatning namoyon bo‘lishidir deb tushunadilar.
Materializm  (lotincha  materialis  — moddiy)  materialism  falsafasi- 
dagi  ikki  asosiy oqimdan  biri,  y a’ni  idealizmga qarama-qarshi o ‘laroq, 
birdan-bir  ilmiy,  tarixan  progressiv  dunyoqarashdir.  Falsafa  tafakkur- 
ning  borliqqa munosabati  haqidagi  bosh  masalasini hal  qilishda m ate­
rializm,  dunyo  o ‘z  tabiatiga  ko‘ra  moddiydir,  materiya,  tabiat,  borliq, 
inson ongidan tashqari unga bog‘liq bo‘lmagan ho Ida mavjuddir, mate­
rial birlamchi hamda sezgilaming manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosi-


la narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to‘liq  bilish mumkin, deb 
ta’lim  beradi.  Materializm  falsafiy  oqim  sifatida eramizdan  bir qancha 
asrlar avval qadimgi Hindiston,  Xitoy va Gretsiyada paydo boigan.
Qadimgi  M isr  va  Hindistonda  qalb  haqidagi  ta ’limotlar. 
Eramizgacha  bo‘lgan  IV  ming  yillikda  buyuk  Efrot,  Nil,  Hind  va 
Xuanxe daiyolari vohalarida davlatchilikning birinchi o‘choqlari paydo 
bo‘lganligi kuzatiladi.  Bulardan  birinchilar qatorida qadimgi misrliklar 
uchun Misr buyuk mamlakat sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan.
Misrliklaming ruhiy hayot, haqidagi  tasavvurlari o ‘ta murakkab 
tasavvuf, g‘ayritabiiy tasavvur-diniy e’tiqodning umumiy tizimidan 
ajralmagan holda rivojlangan edi. Ularning tasavvuri bo‘yicha oddiy 
insonda  5  ta  alohida  qalb  bo‘lib,  bular:  Ka,  Ba  (ayollarda  shunga 
muvoflq Xemsut va Bat), Ax,  Shuitva, Ren,  Xudo va hukmronlarda 
bunday  qalblar  bir  necha  baravar  ko‘proq  bo‘lgan.  Masalan,  Ra 
tangrisida  Ba  7  ta,  Ka  esa  14  ta.  Shuit — bu  «soya»  bo‘lsa,  Ren  — 
«ism»ni  bildirgan.  Qalblardan  biri  «ikkilangan»  (aynan  o‘xshash) 
bo‘lib,  bu  Ka.Ka  insonning ruhiy  ibtidosi  bo‘lib,  u  bilan  birlashish 
hayotni anglatgan.
Miloddan aw algi V asrda Hindistonda Upanishadlar falsafiy hayotda 
muhim o'rin egallagan bir paytda, uning diniy hayotida veda an’analari 
ustunlik  qilardi.  Yangi  budda  ta’limoti  qadimgi  veda  adabiyotlariga 
keskin  qarshi  chiqdi  va  marosimlar  hamda  urf-odatlaming  hamma 
shakllarini inkor etdi. Ayni bir paytda u Upanishadlar muayyan bir qis- 
mining tanqidiy idrok etishgan.
Mantiqqa  zid-ku,  lekin  Budda  spekulyativ  va  diniy  tafakkurlar 
g‘oyat salbiy munosabatda edi. Hozirgi sharhchilar ma’lum darajadagi 
anaxronizm  bilan  uni  «empirisist»  va  «skeptik»  sifatida  tavsiflashadi. 
Ehtimol,  Buddaga  tegishli  bo‘lgan  matnlar  uning  keyinchalik 
ilohiylashtirilishi  uchun  asos  bermaydi.  Upanishadlaming  ko‘plab 
parchalari singari yangi ta’limot ham insonning ozod etilishi yoki xalos 
boMishiga qaratilgan.  Ozodlik holatini Budda nirvana deydi.  Bu  atama 
ko‘p jihatdan boshqa an’analardagi 
moksha
 atamasiga muvofiq keladi. 
Buddaning  o‘zi  erishgani  kabi  nirvanaga  erisxishni  xohlaydigan  kishi 
o‘zini  bu  dunyo  bilan  bog* lab turgan  hamma  narsadan,  shu jumladan,


falsafiy  va  diniy  ta’limotlardan  ham  xalos  qilishga  o‘rganishi  kerak. 
Budda  sol  bilan  analogiyadan  foydalanib,  bunday  talabning  narigi 
qirg‘og‘iga suzib o‘tishga majbur. U daraxt poyalarini yig‘adi va ulami 
novdalar  bilan  bog‘lab  mustahkam  sol  yasaydi,  shu  sol  yordamida 
daryoning  narigi  qirg‘og‘iga  eson-omon  yyetib  oladi.  U  maqsadga 
erishgach,  o‘ziga  o‘zi  bu  solning  haqiqatdan  ham  yaxshi  va  foydali 
bo‘lganligini  ta’kidlaydi.  U  solni  o‘zi  bilan  birga  olib  kyetishga qaror 
qiladi  va  miyasiga joylab,  yo‘lga  tushadi.  Shunday  qilib,  u  endilikda 
unga  ortiq  kerak  bo‘lmagan  solni  qirg‘oqda  qoldirib  kyetadi.  Bunday 
analogiya ma’nosi shundaki, yangi ta’limot ham solga o‘xshaydi. Sol uni 
o‘zi bilan birga olib ketishi uchun emas, balki uning yordamida daryoni 
kesib  o‘tish  va 
nirvanaga
  erishish  uchun  mo‘ljallangan.  Falsafaning 
maqsadi  haqidagi  bunga o‘xshash tasavvurlar uning tarixida  bir necha 
marta paydo bo‘lgan. Ularga binoan, falsafa shunchaki egallab qo‘yilsa 
yomon bo‘lmaydigan narsa emas, balki vositadir.

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish