Pedagogikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish



Download 49 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi49 Kb.
#571144
Bog'liq
BEG`AMOVA SADOQAT


PEDAGOGIKADA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Beg'amova Sadoqat


QarDUPI Tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo`nalishi

  1. kurs talabasi Tel: (90) 444 95 82

Ilmiy rahbar: Elboyeva Madina Botirovna
QarDUPI Tillar fakulteti katta o`qituvchisi
Tel: (88) 585 07 08

Axborot texnologiyalari boʻlgan XXI-asr nafaqat Pedagogika balki barcha sohalarni qamrab oldi. Texnologiya –bu o’zi nima? Texnologiya so’zi inglizcha so’zdan olingan boʻlib “technos” mahorat “ logos” ta’limot demakdir. Innovatsiya esa “yangilik “ degan maʼnoni bildiradi. Bugungi kunda Pedagogika sohasida ham koʻpgina yangiliklar amalga oshirilmoqda. Jumladan: Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni 16 –moddasida bevosita ta’lim sohasini rivojlantirish, eski metodlar o’rniga zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish belgilab o’tildi. Koʻpgina ta’lim muassasalarida .Jumladan; maktabgacha ta’lim , boshlang’ich , o’rta va Oliy ta’limda yangi metodlardan foydalanish yo’lga qo’yildi. Jahonning koʻpgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari qatorida Oʻzbekistonda ham bugun IT sohasiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Birgina Oliy taʼlim sohasini olib qaraydigan boʻlsak , o’qitish tizimida yangi metodlardan foydalangan holda darslarning olib borilishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, bundan tashqari Oliy taʼlim muassasalarida “Kredit modul “ tizimidan foydalanish yo’lga quyildi. Biroq hali bu tizimda amalga oshirilmagan ishlarimiz juda koʻp.


- Talabalarning o’qib izlanishi, o’z mahoratini , isteʼdodini yuzaga chiqarishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur.
- Shu o’rinda professor , o’qituvchi va prorektorlarning AKT bo’yicha bilimlarini oshirish;
- Ularni eski metodlardan voz kechgan holda zamonaviy metodlardan foydalanish;
- O’qituvchilar va talabalar oʻrtasida do’stona muhitni yaratish ;
- Talabani qiziqishi, fikridan kelib chiqqan holda , ta’lim berish zarur.
Yevropa davlatlarida talabalar uchun maxsus E_learning atsFedu dasturi joriy etilgan, unda talaba ma’lum bir sabablarga koʻra darsga boraolmasa o’sha dastur orqali o’qituvchi tomonidan tayyorlangan leksiyalarni ko’rishi, shu mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlab boshqa talabalardan ortda qolib ketmasligi mumkin. Hozirgi kunda ingliz tilini o‘rgatish o‘qituvchidan zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun yangicha yondashuvni talab qiladi. Darsda turli xil mbryonal texnologiyalar va AKTdan foydalanish o‘quv jarayonining rang-barang va qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning ingliz tilida fanni qanchalik o‘zlashtirganliklarini aniqlash uchun Kahoot dasturidan foydalanadilar. Kahoot – bu juda qiziqarli dastur bo’lib, unda o’quvchilar mavzu va tushunchalarni juda qiziqarli tarzda o’rganishlari mumkin, bu o’qituvchilar va talabalar uchun juda foydali bo’lishi yoki hatto do’stlari bilan bilim almashishi mumkin. Ushbu ilova yordamida siz o’quvchilaringiz bilimini o’lchash uchun tanlovlarda qatnashishingiz mumkin[1]. Bundan tashqari Angliya olimlari texnologiyalarni “Cassus”deb atashdi. Buning ma’nosi g’ayrioddiy bo’lib, bu har bitta talabaning bir –biriga o’xshamaydigan isteʼdodini aniqlashga yordam berdi. Bu innovatsion dasturlar birinchidan ta’lim sohasiga kiritilayotgan mablagʻni biroz boʻlsada kamaytiradi. Bundan tashqari talabalarning individual ta’lim olish jarayonini va o’z ustida ishlashga undaydi. Yana bir misol tariqasida Rossiyaning chekka qishloq va togʻoldi hududlarida bolalarni o’qitish uchun maxsus “Skype” dasturi joriy qilindi. Bu dastur bugungi kunga kelib butun mamlakat uchun mbryonal loyiha sifatida foydalanilmoqda. Bunda asosiy e’tibor darsning oxiri ya’ni portfelga qaratilgan. Ya’ni shu dastur boʻyicha ta’lim olayotgan shaxsning qiziqishi , bilim darajasiga qarab uyga topshiriq beriladi.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishning eng muhim talablaridan biri - bu juda ko'p aqliy va jismoniy kuch sarflamasdan, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida o‘quvchilarga ma’lum nazariy bilimlarni yetkazish, muayyan faoliyat bo‘yicha bilimlarni shakllantirish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash yuqori pedagogik mahorat va ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvni talab qiladi.
Ta’lim jarayonida tarbiyachi o‘quvchi shaxsiga mos uslublarni qo‘llay olmasa, tarbiyalanuvchi shaxsini o‘zgartirish uchun sharoit yaratilmasa, uning tarbiyasida orqaga chekinish yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun pedagog interfaol usullardan keng foydalanishi kerak. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda o‘qitishning interfaol usullari qadimdan ta’lim jarayonida muhokama, munozara, muzokara, kuzatish, tahlil, maslahat, she’r o‘qish, o‘qish shaklida qo‘llanilgan. .
Bu usullar o‘quvchilarning nutqi, tafakkuri, aql-zakovati, iqtidori, zukkoligining rivojlanishiga, ularning mustaqil fikrlovchi shaxs bo‘lib yetishishiga yordam berdi. Interfaol faoliyat turlari ko‘p bo‘lib, ular mavzu mohiyati va maqsadiga qarab tanlanadi va tayyorlanadi. O‘quvchilarning interfaol mashg‘ulotlarda qatnashishga tayyorgarligi uchun o‘ziga xos talablar mavjud bo‘lib, ular mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallash, muloqotga tayyorgarlik ko‘rish, hamkorlik qilish, mustaqil fikrlash, o‘z ifodasini erkin bajarish va himoya qilish ko‘nikmalarini va hokazolarni o‘z ichiga oladi. .

Hozirgi kunda interfaol darslarni o`tkazishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Kelajakda ushbu usullarning ma'lum darajada interaktiv texnologiya o'sishi maqsadga muvofiqdir.


Xulosa qilib aytganda, Bugungi kunda Oʻzbekistondagi barcha Oliy taʼlim muassasalarida talabalarning ta’lim olishi uchun barcha shart- sharoitlar yarayaratildi. Jumladan, har bir ta’lim muassasi eng so’ngi kompyuter texnologiyalari bilan jihozlandi. Professor va prorektorlarning YaPT dan foydalanishga boʻlgan bilimlari qaytadan oshirilmoqda. Bundan tashqari talabalar uchun maxsus dastur ishlab chiqishimiz zarur. Bunda talabalarning darslarda faol bo’lishi , xattoki o’zlashtirish ko’rsatgichi past boʻlgan talabalarning bilim darajasi oshirishga ham yordamlashadi. Talabalar va o’qituvchilar o’rtasida tendensiyalar bo’lishiga yo’l qo’ymaslik zarur.


Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. [1] M.Elboyeva. Using of mobile Apps and applications ( Kahoot) in teaching English.web of scientist: international scientific research journal.12.Dec.,2021

2. Ta'lim to'g'risidagi qonun.
3. donschool 86.ru.
4. library . ziyorat. uz.
5 . cybernetic. ru.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish