Tarbiyada individual yondashish haqidagi nazariyalar
Yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv jarayonining eng asosiy natijasi – har tamonlama va uyg’un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Tarbiya jarayoni – tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi uzluksizlik zanjiridan iborat bo’lib reja asosida tashkil etilgan bo’lishi zarur. Inson taraqqiyoti ko’pgina omillar o’zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o’uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog’liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og’ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda o’zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo’sh qo’yish) olib keladi. O’smirda maktabga bo’lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab bo’ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo’luvchi, maktab baholariga befarq bo’ladigan, o’quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo’ladilar.
-O’quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo’lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki ikki fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.
- maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o’qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko’rinishida o’ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo’ladi.
- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo’ladi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og’ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo’ladi. SHunday oilaviy o’zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga yetmaganlarning assotsial xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi:
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o’zida bir tomondan, bola istaklariga ko’ra bo’lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga
yoki oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha bo’lgan tarbiyaviy holatlar.
Barqaror bo’lmagan, janjalli usul noto’liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er-xotin ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.
Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori, “oilaviy qahri qattiqlik” va zo’ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi.
Qahrli munosabatlar (haqorat, xo’rlash) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi, qaramog’iga olgan odamlar tomonidan zarar yetkazilishining ko’pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga bolala jismoniy zarar yetkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash, ko’p takrorlanuvchi noo’rin jazolar kiradi.
Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, ko’chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida duch kelishlari mumkin.
SHunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta.
Bu esa bolalaga uni o’zi haqida, men yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli emasman deb o’ylashlariga sabab bo’ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog’lig’iga katta zarar yetkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanligida xavf tug’diradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo’ladi. Jamiyatni boy va kambag’allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag’allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyatsiya va ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.
Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy axloqiy darajaning pasayishi bo’lsa, qadriyatli, birinch navbatda axloqiy xulqning buzilishi, boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida yuzaga kelishiga olib keladi.
Tarbiyaviy tadbirlar –turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo’ysundirilgan, bir-biri bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi, o’zida bir butun ta’limni ko’zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining bir bo’lagidir.
Tarbiya mavzusi katta, keng qamrovli mavzu. Bu mavzu alohida o’rganishga molik. Uning tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlarning manbalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish uslublari, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, ularni tashkil qilishning asosiy qoidalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish, pedagogik ta’sir etish usullari va boshqalarni o’rganish, chuqur bilish, amalda qo’llash juda muhimdir.
Demak tarbiya haqida tushunchaga ega bo’lish uchun, avvalo tarbiya jarayonini mohiyati va mazmuni, uslubiy qonuniyatlari, shakllari, tarbiya tamoyillari, uslublari bilan tanishish, o’rganish lozim.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog’liq jarayonlarga yangi hamda sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g’ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, o’zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o’rganilayotir. Natijada, O’zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o’ziga xos o’rni borligi tan olina boshlandi. SHuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo’ldi. Ayni vaqtda shaxsning shakllanishida tarbiyaning o’rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va xolatlarni to’g’ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to’g’ri tayin etish imkonini berdi.
Ayni paytda tarbiyaning faol ishtirokchilaridan OAV faoliyatidagi bir yoqlamalikka moyillik sezilmoqda. Zotan OAVda ko’proq ijobiy materiallar berilayotgani yoshlarda hayotga, jamiyatdagi turli jarayonlarga bir yoqlama, ko’proq maqtov va maqtanish hissini singdirish xavfini tug’dirayotganday.
Yoshlarni milliy g’oya ruhida tarbiyalash vositalari.
,,Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini rejalashtirishning asosiy omillarin"
1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
3. Ma’naviy tarbiya (axlok va odob).
4. Iqtisodiy tarbiya.
5. Ekologik tarbiya.
6. Go’zallik tarbiyasi.
7. Jismoniy barkamollik (sog’lom avlod uchun).
8. Ota-onalar bilan ishlash.
Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular o’kuvchilarni mustaqillik, o’z-o’zini anglash, mustaqil fikr yuritishga qaratilishi;
-tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo’lishi;
-tarbiyaviy tadbirlarda uzviylik qoidasiga amal qilinishi;
-mavzular Talabalarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo’lishi lozim.
Tarbiyaviy ishlarni to`g`ri tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlarni yoshlar qalbiga etkazish, ularni kundalik extiyojiga aylantirish uchun o`qituvchi quyidagi ish usullariga e’tibor berishi lozim:
1. Sinf jamoasining ruhiy holati, ya’ni har bir o`quvchining shaxsi, faoliyati, qiziqish darajasi.
2. Sinf o`quvchilarining tarbiyalangan darajasi sinfda tartib-intizom, sinf mulkiga bo`lgan munosabat.
3. Sinfda olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarga munosabat (ijobiy yoki salbiy).
“Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz!” – deb takidlaydi yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev
Xulq – odob masalalarini Dante insonning naslu – nasabi bilan emas, uning aql idrok va farosati, tarbiyasi bilan bog’laydi. Beruniy esa shoirdan uch asr avval “olihimmat odam” (kelib chiqishi jihatidan) olijanob bo’lmasa – da, avlodlari qadimiyligi bilan emas, balki o’zining shaxsiy hususiyati va ishlari bilan yuqori darajaga ko’tariladi deydi”
Ishonchim komilki, ana shunday insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan xalq hech kimga hech qachon qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi”
Ana shu ma’noda mustaqil O’zbekistonda qabul qilingan «Ta’lim tugrisida»gi qonunda yangi asrning barkamol avlodini yetishtirishdek murakkab va olijanob vazifalarni hal qilishga qaratilgan. Binobarin, shu ulug’ maqsadlarni amalga oshirish irodasi mustahkam, imoni but xalqimizning qo’lidan keladi.
Sharq ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlarida ma’naviy tarbiya orqali huquqiy madaniyatni shakllantirish tushunchasi turli tarixiy davrlarda turlicha talqin qilinishiga qaramasdan uning zamirida har bir voqea, hodisa va jarayonning jamiyat rivojlanishiga, insoniyat taraqqiyotiga, insonparvarlik va demokratiya qoidalariga hamnafasligi bilan belgilangan. Shu ma’noda Ahmad al-Marvaziy, Imom al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, bu Nasr Forobiy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud az-Zamaxshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Bahouddin Naqshbandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Ahmad Donish, Furqat, huquqiy tarbiya to’g’risidagi g’oya ilgari surilgan.
Mamlakatimizning huquqiy davlat qurish jarayonida o’tmishimizning hali o’rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda.
Xalqimiz ko’p ming yillik boy huquqiy madaniyat tarixiga ega. Ko’p asrlar davomida barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda ko’rsatib berilgan qonun va qoidalar asosida hal etilib, huquqiy tarbiya berib kelindi. Islom huquqshunosligi shakllandi. Insonlarni huquqiy tarbiyalashga xizmat qiluvchi hadislar to’plamlari yaratildi.
Buyuk islom olimi, faqih Burxoniddin al-Marg’inoniy Qur’oni Karim va Hadis ilmini mukammal egallab, fiqh- islom huquqshunosligi borasida chuqur ilmga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdonalar yaratgan. U Marg’ilonda, keyinchalik Samarqandda yashaydi. Butun islom olamida mashhur bo’lgan «Al- hidoya» asarini 573 yili (1170 yil milodiy) yozadi. Asar ko’plab Ovrupa xalqlari tillariga ham tarjima qilinib, ko’plab mamlakatlarning huquq ilmi rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Fuqarolik jamiyati, eng avvalo, shaxsning jamiyatga nisbatan huquqi, erkinligi va majburiyatlarining muvozanati va o’zaro munosabatiga asoslanadi. Har bir inson asosli huquq va erkinlikka ega, davlat ularni himoya qilish kafolatini oladi. Fuqoralik jamiyatida inson o’z maqsadlarini amalga oshirishda erkin, ammo u xuddi o’zi kabi boshqa odamlarning erkinliklarini ham hurmat qilishi kerak. Ayni paytda har bir fuqaro qonunga rioya etishi, o’zining yurish- turishlarini shunday tashkil etish kerakki, toki jamiyatning xuddi o’zi kabi boshqa a’zolari erkinliklariga tusiq bo’lmasin. Bu rivojlangan huquqiy madaniyatni taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni juda katta. Bunning uchun tarbiyaviy ishlar konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamolati bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqoza etadi.taarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik bilan olib borish davr talabi hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va usullarini izlab topish nihoyatda zarurdir.o’lib unda o’qituvchining pedagogik mahorati katta rol o’ynaydi. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi,
Odobliligi uning muomilasida namoyon bo’ladi. Xalqimizda shunday naql bor “Bola shirin so’zning gadoyi”, bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Tili shirin, xushmuomila o’qituvchi eng obro’lidir.
Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: “Haq vaqtini so’zlar fytursizlar yaxshi so’zdin bo’lakni aytmangizlar va ko’p so’zlamak ko’ngilni qaro qilur” yoki “Mumkin ersa yaxshi so’z qil oshkor, yaxshi so’zdin xo’b yo’qdir yodgor”;”Nasihatin shirin so’zu muloyimlik birla ibtido qilg’ay, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushro’lik ko’rgazmayin nasihat korga kelmas”.
Pedagog olim Suxomlinskiy muomila mahoratini kuchi va uning yashirin sirlarini “Bolalarga fido” asarida shunday bayon etgan edi:” Yuksak tuyg’u madaniyatiga ega bo’lgan o’qituvchi bolaning kayfiyati noxushligini darhol fahmlaydi.Bu eng avvalo uning ko’zidan bilinadi.... U bola ko’nglidagini tashvishni sezganligini,
qanday yo’l bilandur ma’lum qilish yo’lini topadi... Keyin bolani tanho topib, surushtirishi ham mumkin.
.... Bolaning ahvolini tushunish , unga hamdard bo’lish madad berish kerak.
Ko’pincha hamdardlik, rahmdillik chin ko’ngildan gaplashish bolaning diliga xush keladigan eng yaqin yordam bo’ladi. Beparvolik,loqaydlik esa bolaning dilini larzaga soladi!”
Tarbiya jarayonida bolani aldash mumkin emas, bolalarga topshiriq berib: ”Bilib qo’yinglar,topshirilgan vazifani, albatta, tekshirib, bahoni qo’yaman”-deb ogohlantiradi.Lekin bolalarning topshirigini bajargan va aslo tekshirmaydi. Bolalar tartibni salgina buzsalar,u ko’p do’q-po’pisa qilib, ularga qarshi turli ko’rajagini aytadi-yu,ammo amalda hech qanday chora kurmaydi. U,biror qiziq tadbir o’tkazishni bolalarga va’da qiladi-yu, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo’yadi, bolalarda bunday tarbiyachiga izzat va hurmat paydo bo’lmaydi. Har bir pedagogning so’zi bilan ishi bir xil bo’lishi kerak. U o’z ishida va so’zida izchil bulmog’i lozim. Har bir tarbiyachi uchun bu narsa qonun sifatida tan olinishi shart.
Bolalarga birdaniga juda ko’p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas; bolalarni xulq va yurish-turish ko’nikmalariga o’rgatgan vaqitda ham xuddi o’quv predmetlari mazmuniga kiradigan ko’nikmalarni o’rgatishdagi tadrijiylik va tizimlilikka rioya qilish kerak. Shunday qilinsa,bolalar xulqiy ko’nikmalarni puxta, mustahkam o’zlashtiradilar.
Vatanimizning kelajagi bo’lgan yoshlar milliy qadriyatimiz ruhida qanchalik tarbiya topsalar, xalqimiz kelajagi ham shuncha porloq bo’ladi. Biz murabbiylarning asosiy vazifamiz o’sib kelayotgan avlodni ma’naviy yetuk, mustaqqil, erkin fikrlovchi shaxs qilib tarbiyalash masalasi kun tartibimizdagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmokda.
Shuni qayd etish lozimki, hozirgi kun talaba-o’quvchilari juda ziyrak, izlanuvchan, harakatchan, yangi fikrlarga ochiq yoshlar. SHu sababdan ham aynan ular diqqat markazimizda. Har bir talaba-o’quvchi o’zgacha, noyob shaxs, shuning uchun ularga alohida e’tibor darkor. Murabbiyning asosiy vazifalaridan biri erkin psixologik muhit yaratib, talaba-o’quvchilarga ma’suliyat berish - xozirgi kun talabidir. Ko’prok interfaol, innovatsion tarbiya texnologiyalardan foydalanib, ya’ni xar bir talaba-o’quvchining shaxsiy ishtirokini ta’minlash, eksperement orkali, ya’ni o’zi bajarib tushunishiga intilish – muvaffakiyat garovidir («Eshitib – unutaman; ko’rib – yodda tutaman; bajarib – tushunaman. (Konfutsiy).
YAna bir muhim garov – oddiylikda. Fikrlarimizni kanchalik oddiy bayon etib, sodda mashqlar orkali tushuntirsak talaba-o’quvchilar shunchalik oson qabul qilishadi («Doxiylik – oddiylikdadir» - kadimgi Xitoy maqoli).
Murabbiylarning yana bir vazifasi talaba-o’quvchilarimizning liderlik sifatlarini rivojlantirishga ko’mak berishdir. Xozirgi kun lideri kim? U qanday xususiyatlarga ega bulishi kerak? Katta hayot bo’sag’asida turgan yoshlarimizda kerakli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakani rivojlantirish – murabbiylarning eng oliyjanob vazifisidir («Kishiga baliq ber – va uni bir kunlik ochlikdan asra; kishiga baliq ovlashni o’rgat – va uni butun umrga ochlikdan asra» (Konfutsiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |