Pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Tarbiyaning maqsadga qaratilganlik qoidasi



Download 75,08 Kb.
bet3/9
Sana13.05.2022
Hajmi75,08 Kb.
#602958
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tarbiyada individula yondashuvning psixologik asoslari

Tarbiyaning maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilishga yordam beradi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Pеdagogikaning asosiy mеzoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy vv umumiy mеzoni. Pеdagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko’rib chiqadi.
Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham еtarli darajada samarali bo’lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko’rib chiqib, ko’rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalar shakllanishi kеrak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga g’amxo’r, e’tiborli, mеhribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog’liq. Agar qandaydir sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, dеmak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pеdagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xislatlar shakllangan bo’lishi kеrak – shuni o’zi ijtimoiy tarbiyaning vazifasidir.
Ya’ni, ijtimoiy tarbiya dеganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi.
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur urganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqieadlarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat urtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoen buladi. Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy xaetining ob`ektiv talabalarini, insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatni aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning ob`ektiv va sub`ektiv omillariga bog`liqligidir. Ijtimoiy tarbiya mazmuni moddity ishlab chiqarish usuli, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, siesiy tuzum hamda milliy mafkura g`oyalari asosida qaror topadi.O`qituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamotchilik duneqarshi, mafkura g`oyalari, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga oid faoliyat kabilar kiradi.
Tarbiya o'ziga xos - xususiyatlarga ega bo'lgan o'ta murakkab jarayon . Bu quyidagi xususiyatlardan iborat :
a) Tarbiyaning maqsadga yo'nalgan jarayon ekanligi . Maqsad qay darajada aniq va tarbiyalanuvchiga yaqin bo'lsa , bu jarayon shuncha samarali kechadi .
b) tarbiyaning kompleks amalga oshirilishi . Bu jarayonning vazifasi , maqsadi ,mazmuni , shakl va metodlarning birligi shaxsni yaxlit holda tarbiyalash g'oyasiga bo'ysunganligini anglatadi .Shaxs sifatida navbatma - navbat emas, bir paytning o'zida kompleks shakllanadi .
c) tarbiya jarayonining ikki tomonlama jarayon ekanligi . Bu jarayonda tarbiyalanuvchining o'zi ham faqat obyekt bo'lmasdan , subyekt sifatida ham ishtirok etishini bildiradi . Bolaning xohish- istagi , qiziqish va imkoniyatlari ham hisobga olinadi .
d) Tarbiyanining ko'p qirrali jarayon ekanligi . Uni amalga oshirishda oila, maktab , davlat va nodavlat tashkilotlari , san'at ,sport , axborot kommunikatsiya texnologiyalari , adabiyot va televideniya ham ishtirok etishini anglatadi.
e) tarbiya jarayonining uzoq muddatliligi . Bu dunyoga kelishdan to umrining oxiriga qadar davom etishini bildiradi .
f) tarbiya natijasini tezda aniqlab bo'lmasligi . Ta'lim natijasini uy ishining bajarilish sifatiga qarab keyingi darsda tezda aniqlash mumkin bo'lgani holda , tarbiyaning bolaga qanday ta'sir ko'rsatishini yoki qachon o'zining natijasini berishini oldindan aytib bo'lmaydi . Chunki ,kishi hayoti davomida unga turli omillarning ta 'siti kuchayib yoki susayib turishi mumkin . Shuningdek tarbiya natijasi tarbiyalanuvchining xarakteri tempramentiga ham bog'liq ekanligini unutmaslik lozim .
1. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo'lib , tarbiya jarayonining mazmunini , o'ziga xos xususiyatlarini va uni tashkil etishning nazariy muammolarini o'rganadi . Tarbiya nazariyasi quuidagi muammolarni tadqiq qiladi :
a) shaxsning shakllanish jarayonida tarbiyaning mohiyatini ochib berish ;
b) tarbiyaviy ishning mazmunini aniqlash ;
c) tarbiya metodlarini ishlab chiqish ;
d) bolalarning shaxsiy sifatlarini bajarishga qaratilgan tarbiyaviy ish tizimini shakllantirish .
2 . Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga berilgan tartibda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishga qaratilgan barcha ta'sirlar majmuasidir .
Tarbiya o'ziga xos - xususiyatlarga ega bo'lgan o'ta murakkab jarayon . Bu quyidagi xususiyatlardan iborat :
a) Tarbiyaning maqsadga yo'nalgan jarayon ekanligi . Maqsad qay darajada aniq va tarbiyalanuvchiga yaqin bo'lsa , bu jarayon shuncha samarali kechadi .
b) tarbiyaning kompleks amalga oshirilishi . Bu jarayonning vazifasi , maqsadi ,mazmuni , shakl va metodlarning birligi shaxsni yaxlit holda tarbiyalash g'oyasiga bo'ysunganligini anglatadi .Shaxs sifatida navbatma - navbat emas, bir paytning o'zida kompleks shakllanadi .
c) tarbiya jarayonining ikki tomonlama jarayon ekanligi . Bu jarayonda tarbiyalanuvchining o'zi ham faqat obyekt bo'lmasdan , subyekt sifatida ham ishtirok etishini bildiradi . Bolaning xohish- istagi , qiziqish va imkoniyatlari ham hisobga olinadi .
d) Tarbiyanining ko'p qirrali jarayon ekanligi . Uni amalga oshirishda oila, maktab , davlat va nodavlat tashkilotlari , san'at ,sport , axborot kommunikatsiya texnologiyalari , adabiyot va televideniya ham ishtirok etishini anglatadi.
e) tarbiya jarayonining uzoq muddatliligi . Bu dunyoga kelishdan to umrining oxiriga qadar davom etishini bildiradi .
f) tarbiya natijasini tezda aniqlab bo'lmasligi . Ta'lim natijasini uy ishining bajarilish sifatiga qarab keyingi darsda tezda aniqlash mumkin bo'lgani holda, tarbiyaning bolaga qanday ta'sir ko'rsatishini yoki qachon o'zining natijasini berishini oldindan aytib bo'lmaydi . Chunki ,kishi hayoti davomida unga turli omillarning ta 'siti kuchayib yoki susayib turishi mumkin . Shuningdek tarbiya natijasi tarbiyalanuvchining xarakteri tempramentiga ham bog'liq ekanligini unutmaslik lozim .
Tarbiya jarayonining tamoyillari - bu tarbiya jarsyonining mazmuni ,metodlari va tashkiliy jihatlariga bo'lgan talablar aks etgan asosiy boshlang'ich qoidalardir . Ular tarbiya jarsyonining xususiyatlarini o'zida aks ettiradi va pedagogik jarayonning umumiy jihatlaridan farqli ravishda , bu pedagoklarning tarbiyaviy masalalarni hal qilishda rahbarlik uchun qo'llaniladigan umumiy qoidslardir . Tarbiya tamoillariga qo'yiladigan talablar :
1. Majburiylik
2. Komplekslilik
3. Ahamiyat jihatidan tenglik
Hozirgi kunda tarbiya tizimi quuidagi tamoillarga asoslanadi :
1. Tarbiyaning ijtimoiy yo'nalganligi
2. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog'liqligi
3. Tarbiyada bola shaxsining ijobiy tomonlariga tayanish
4. Tarbiyaning insonparvarligi
5. Tarbiyada induvidial yondashuv
6. Tarbiyaviy ta'sirlar birligi
Tarbiya turlari :
Axloqiy tarbiya , aqliy tarbiya , baynalminal tarbiya , vatanparvarlik tarbiyasi , ijtimoiy , iqtisodiy tarbiya , jismoniy tarbiya , mehnat tarbiyasi , ekologik tarbiya , huquqiy tarbiya .
4 . Tarbiya metodlari --- bu tarbiya oldiga qo'ygan maqsadga erishish yo'ldir . Metodlar bu tarbiyalanuvchilarda tarbiya maqsadi bilan berilgan xudusiyatlarni shakllantirish maqsadida ularning ongiga irodasiga , his-tuyg'ulariga va xulqiga ta'sir etish yo'llaridir .
Tarbiya metodlari :
1. Shaxsning ongini shakllantiruvchi metodlar -- hikoya , tushuntirish , ta'riflash ,maruza ,axloqqa oid suhbat , ko'ndirish , ta'sir ko'rsatish , ko'rsatma berish , munozara , nutq , na'muna .
2. Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari ---mashq , saboq berish , pedagogik talab , ijtimoiy fikr , topshiriq tarbiyalovchi vaziyat ( baho berish ) .
3. Rag'batlantirish metodlari --- musobaqa , rag'batlantirish ,maqtov , faxriy yorliq , jazolash ( ogohlantirish , ko'rsatib o'tish , xayfsan e'lon qilish .
Ta'lim- tarbiya o'zaro uzviy bir jarayonning --- shaxsning rivojlanishi va shakllanishi jarayonining ikki tomonidir . Qushni bir qanotida uchishini tasavvur qilib bo'lmaganidek , tarbiyani ta'lim ayro qilishni ham tasavvur qilib bo'lmaydi . Ayniqsa , Sharq xalqlari uchun bu hayot-- mamot masalasi . Bilimli bo'lib yaxshi tarbiya ko'rmagan inson bilimini yaxshi va samarali ishlar qilishga sarflamaydi . Tarbiya o'sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlash jarayonini ,,bilim olishni ham o'z ichiga oladi . Bir butun tarbiya jarayonida uning o'zaro bog'liq bo'lgan ikki qismi ajratiladi : hayot va unga munosabatni shakllantirish . Hayotni bilish asosan ta'limning vazifasi bo'lsa , tarbiyaning vazifasi esa unga bo'lgan munosabatni shakllantirishdan iborat . Shuni unutmasligimiz kerakki , o'sib kelayotgan yosh avlod mamlakatimiz kelajagining poydevori ular yuqori darajali bilim bilan yuksak tarbiyaga ega bo'lishlari , yuksak ma'naviyatli bo'lishlari kerak . Ta'lim va tarbiyani uzviy olib borish ta'limda , hayotda juda muhimdir .
Tarbiya biz uchun qadimdan muhim bo'lib kelgan shaxsning rivojlanish jarayoni hisoblsnadi. Buyuk bobolamiz o'z asarlarda bunga alohida e'tibor berib turli asarlar yaratgan . Ularning asarlarining asosiy qahramonlari ham yaxshi tarbiya ko'rgan insonlar bo'lishgan . Ular bu orqali jamiyatdagi kishilarni yaxshilikka undagan. Abdulla Avloniy bobomizning " tarbiya biz uchun hayot -mamot masalasi " degan hikmatli so'zlari hali hamon yodhlarga bilim va tarbiya berishda dasturilamal bo' lib kelmoqda va har doim tarbiyaning inson va jamiyat hayotidagi o'rni biz uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini doimo eslatib turadi .




    1. Download 75,08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish