Verbal muloqot faqat insonga xos bolib, zarur shart sifatida tilni ozlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning ozida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan ozaro tasirlashuv vositasi sifatida namoyon boladi. Buyuk shoir sadiyning sozlarini yodda tutish lozim: «aqling bormi yoki yoq, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir soz atmaguningcha». Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: sozlar, iboralar manosi va mohiyati kiradi. Asosiy orinni sozning qollanilish aniqligi, uning ifodalanishi va hammabopligi, tovushlar, sozlar talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Nutqdagi tovush hodisalari: nutq jadalligi, tovush balandligi modulyasiyasi, tovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi, aniqligidan iborat. Tovush sifatining ifodalanishi: oziga xos maxsus tovushlar: kulgu, hiqillash, yigi, pichirlash, xorsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar bu yotal; ahamiyatsiz tovushlar tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari «xm, xm», «e-e-e», «o-o-o» va boshqalar.
Tadqiqotlarga kora, odam kommunikatsiyasining har kungi aktida sozlar 7%, tovush va ifodalar 38%, nutqiy bolmagan ozaro tasir 53%ni tashkil etadi. Publitsiy aytganidek: «ovoz orqali gaplashamiz, butun tanamiz orqali suhbatlashamiz».
Kundalik muloqotda odamlar koproq quyidagi fanlar organadigan muloqotning noverbal vositalaridan foydalanadilar: kinestetika (inson hissiyotlarining tashqi ifodalanishi), mimika (yuz mushaklarining harakati), imo-ishoralar (tana alohida qismlarining ishoratli harakatlari), pantomimika (butun tana: gavda holati, qomat, egilish, yurish harakatlari), takesika (muloqot vaziyatidagi yaqinlashishlar: qol siqish, opishish, tegib ketish, siypalash, itarib yuborish va h.k.), proksemika (odamlarning muloqot vaqtida fazoda joylashishi, inson aloqalarida quyidagi masofalar sohalarini ajratadilar: yaqinlik sohasi (15-45 sm), shaxsiy yoki xususiy soha (45-120 sm), ijtimoiy soha (120-400 sm), ommaviy soha (400 smdan ortiq)).
Mimika, nigoh, imo-ishoralar noverbal muloqotning koproq malumot olish mumkin bolgan vositalari. Peshona, qoshlar, ogiz, kozlar, burun, iyak bu yuz qismlari insonning asosiy hissiyotlari: hijron, gazab, shodlik, ajablanish, qorqinch, nafrat, baxt, qiziqish, qaygu va boshqalarni ifodalaydilar.
Muloqot turlaridan tashqari, uning bazi shakllarini ham ajratish mumkin, bular: rasmiy-ish yuzasidan, mutaxassislik, xususiy, ommaviy, pedagogik muloqot, autokommunikatsiya (ozi bilan muloqot)lardir.
Muloqot ozining maxsus masalalari hal etiladigan malum davrlarga ega. Eng masuliyatli davr tayyorgarlik davri muloqotni rejalashtirish, ozi uchun muloqot natijalariga qaratilgan mayllarni aniqlab olish zarur. Muloqotning birinchi bosqichi aloqaga kirishish. Bunda vaziyatga kirishish, sherikning holati, kayfiyatini his etish, ozi kirishib ketib, boshqasiga ham yonalishini belgilab olishga imkon yaratish muhimdir. Bu davr ruhiy aloqa ornatilishi bilan yakunlanadi. Songra qandaydir muammo, tomonlarning vazifasi va mavzuni ishlab chiqishda diqqatni jamlash davri boshlanadi. Keyingi bosqich motivatsion zondaj. Uning maqsadi suhbatdoshning motivlari va qiziqishlarini anglash. Songra diqqatni mustahkamlash bosqichi boshlanadi, keyin esa fikrlarda nizolilar bolsa, asoslash va ishontirish bosqichi keladi. Va, nihoyat, natijalarni qayd etish bosqichi boshlanadi. Agar mavzular korib chiqilgan bolsa yoki sherik notinchlik alomatlarini namoyon qilgan taqdirda muloqotni yakunlash zarur. Muloqotni doimo davom ettirish istiqboli bilan yakunlash kerak. Eng oxirgi daqiqalar, yakuniy sozlar, qarashlar, qol siqishlar ota muhimdir, bazida ular kop vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay ozgartirib yuborishi mumkin.
Muloqot tuzilishida uch xil ozaro bogliq bolgan tomonlar: kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai nazarlarni ajratib korsatadilar.
XULOSA
O`quvchilarning oquv faoliyatini boshqarish, bunday faoliyatda o`quvchilarning ichki psixik imkoniyatlari toliq royobga chiqarishiga erishish, oquv faoliyatini o`quvchi uchun ijobiy his-tuygular manbasiga aylantirish zarurati muloqot motivatsiyasining tadqiq etilishini taqozolaydi. Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar psixologiya fanini yangi, tadbiqiy salohiyati yuqori bilmlar bilan boyitishgagina emas, balki pedagogik faoliyat amaliyoti, oqituvchi - talaba, talaba ota-ona munosabat tizimlarida talabalarning oquv faoliyati muammolari atrofida vujudga keluvchi destruktiv nizolarning oldini olishga va bartaraf etishga xizmat qiluvchi yondashuvlarning amaliyotda royobga chiqarilishi uchun muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur tadqiqot shunday yonalishdagi urinishlardan biri bolib, unda muloqot motivlari kop olchamli, kop darajali va iyerarxiyalashgan tizim sifatida tadqiq etilib, ularning tarkibiy tuzilishi, motivatsiya sohasida nomoyon boluvchi mintaqaviy va talim mazmuni bilan bogliq differensiatsiya, muloqot motivlariga korreksion-rivojlantiruvchi tasir korsatishning metodik muammolari, bu sohadagi amaliy ish samaradorligini belgilab beruvchi omillar, muammosi ilmiy tadqiqoda ilgari surilgan bazaviy goya va yondashuv, ilmiy konsepsiya nuqtai nazaridan ochib berildi.
Otkazilgan nazariy va empirik tadqiqotlarning natijalari quyidagi umumiy xulosalarni shakllantirish uchun asos boldi:
1. Oquv faoliyatining muhim unsuri siftida motivatsion komponent qadimdan alloma va mutafakkirlar etiborini oziga jalb etib kelgan holdi zamonaviy psixologiya fanidagi koplab ilmiy tadqiqotlarning tadqiqot predmeti bolgan.
2. Oquv faoliyati motivatsiyasi bilan bogliq muammolarni ilmiy tadqiq etishda qator metodologik qiyinchiliklar yuzaga kelib, ular orasida oquv motivlarini tasniflash, oquv motivatsiyasini tariflashda parametrlarning bir xilligi, ularning bir-biriga mosligi, oquv faoliyati motivatsiyasining ozgarishi jarayonidagi miqdoriy sakrashlarni (keskin ozgarishlarni) inobatga olish, sifat 58 ozgarishlarini tariflashning variantlari va bosqichlari muammolari alohida orin tutadi.
3. Muloqot motivlariga shakllantirish va rivojlantirish maqsadida yonaltirilgan maxsus rejali va tizimli tasir samaradorligini belgilab beruvchi omillar odatda bir biridan ajratilgan holda tahlil etilishi ularning munosabatlariga xos xususiyatlarning tasirlovchi omil sifatidagi ahamiyatining etiborsiz qoldirilishiga olib kelishi xavfi mavjud.
4. Muloqot motivatsiyasiga shakllantiruvchi rivojlantiruvchi tasir korsatish maqsadida otkazilayotgan maxsus chora tadbirlar turli boshqa sohalarida ham ijobiy ozgarishlarni kutish uchun muhim asos paydo boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |