1.4 Muloqotning vazifalari va turlari.
Muloqot turli-tuman vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib korsatadilar. G.m. andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini sanab otadi. M.i. enikeev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptiv-samarali va affektiv-ekspressiv (emotsional o‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi. A.a. brudnыy: instrumental, sindikatli, translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni etkazishdan iborat bolgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bolgan, lekin unga oxshash bolmagan vazifa, birlashtirish sindikativ vazifa. Kopchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar ortasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan ozini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. Ozini ifodalash oz mohiyatiga kora, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida orinni ijodiy faoliyatdagi ozini ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar ortasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa talim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning talim olishi amalga oshadi. L.a. karpenko maqsadga kora muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy xabarlarni qabul qilish va etkazish, hamda ozaro aloqada bolishga ikkala tomonning shayligi holati sifatida aloqa ornatish; axborotli xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi muloqot boyicha sherikni u yoki bu harakatlarni bajarishga yonaltiruvchi faolligini ragbatlantirish; boshqaruvchi hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni ozaro yonaltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi etkazilgan malumotning mohiyatini mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham ozaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va h.k.larni); amotiv sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uygotish («hislar almashinuvi»), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni ozgartirish; munosabatlarni ornatish individ mavjudligi kutilayotgan jamiyatdagi rolli, darajali, ish boyicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida oz ornini anglash va qayd etish; tasir otkazish sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari, tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni ozgartirish. B.f. lomov muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi: axborotni qabul qilish-etkazish jarayonlarini oz ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda harakatlarni ozaro tuzatish bilan bogliq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bolgan va oz emotsional holatini ozgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-kommunikativ vazifalar.
Korsatib otilgan vazifalar real muloqot amaliyotida amalga oshiriladi.
Mazmun-maqsadlari va vositalariga kora muloqotni bir nechta turlarga bolish mumkin. Mazmuniga kora, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, konikmalar almashinuvi) bolishi mumkin.
Moddiy muloqotda subektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashgul bolgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular oz navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bolib xizmat qiladi. Konditsiyali muloqotda odamlar ozlarini malum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga moljallangan bir-birlariga nisbatan ozaro tasir korsatadilar. Masalan, kayfiyatni kotarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qozgatib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga malum tasir otkazish. Motivatsiyali muloqotning mazmuni bir-biriga malum istak, mayllarni etkazish yoki malum yonalishda harakatlanishga shay bolishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bolishi yoki yoqolishi, kimdadir harakatga bolgan malum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki oquv faoliyatining turlari bilan bogliq muloqot bola oladi. Bunda subektdan subektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |