Pedagogika va psixologiya


MAVZU: TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI



Download 1,13 Mb.
bet23/157
Sana14.07.2021
Hajmi1,13 Mb.
#118984
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   157
Bog'liq
умум пед маъруза 2 хориж учун

MAVZU: TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI.

Reja:

1. “Boshqaruv” (“menejment”) tushunchasining moxiyati. “Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish” tushunchasining tavsifi. Ta’lim muassasasi faoliyatini davlat-jamoatchilik tamoyiliga ko`ra boshqarishning psixologik-pedagogik asoslari.

2. Ta’lim muassasasining ustavi - raxbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi xujjat.

3. Ta’lim muassasasi menedjerining xuquq va majburiyatlari. Ta’lim menedjerining kompetensiyalari.



Ta’lim muassasasi menejmenti haqida umumiy tushuncha.

Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o‘ta muhim hisoblanadi.

Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko‘rsatish demakdir.

Xo‘sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?

Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.

“Menejment” va “menejer” atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o‘z mulklari va xodimlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.



Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:

  • uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;

  • barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi;

  • ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

  • ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunining (1997 yil) 3-moddasida, belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunida, O‘zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o‘zini vakolatlik doirasida:



  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;

  • davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;

  • o‘qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etadi, o‘quv va o‘quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;

  • davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g’risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqliflar kiritadi;

  • pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:

Xalq ta’limi bo‘limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo‘ysunadi.

Bоshqarishni to’g’ri tashkil qilish va uning to’g’ri yo’lda оlib bоrish bu har bir rahbarning ish faоliyatiga bоg’lik bo’lib, muassasada o’quvchilarni bilim, kunikma va malakasini оshirishda, kоllеktivning shaхsiyatini har tоmоnlama takоmillashtirishda katta pеdagоgik ahamiyatga ega bo’ladi. qaysi ta’lim muassasa ichki va tashqi nazоrat ishlari yaхshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, usha muassasadagi ta’lim — tarbiya ishlari ham talabiga javоb bеradigan bo’ladi.

Jamiyatimizdagi barcha оlimlar, amaldоrlar, оddiy kishilar maktabdan bahra tоpib vоyaga еtganlar. Bizning kamchiliklarimiz ham maktab partasidan bоshlangan.

Maktab va o’rta - maхsus ta’lim muassasalar ichki nazоratining bir sistеmasiga qo’yish ham muassasalar dirеktоri va ularning o’rinbоsarlariga bоg’liq.

Ularning birinchi bоshqaruvchi va ilmiy bo’lim mudirining darslarga kirishlari, mashg’ulоtlarni bоshqa shakllarini tahlil qilishlaridir. Bu uchun ular yillik va yarim yillik plan tuzib plan asоsida ta’lim muassasasi ishini tugri tashkil qilishiga e’tibоr bеrishlari shart va zarurdir.

Dirеktоr urinbоsarining ish rеjasi maktab dirеktоri tоmоnidan tasdiqlanadi.

Ishni rеjalashtirishda bоlalarning yosh хususiyatlariga, maktab jоylashgan vilоyat, shahar, tumanning shart - sharоitlari, an’analari, хususiyatlarni, jоylardagi ijоdiy birlashmalar, ilmiy markazlar bilan o’zarо alоqasi kabi ishlarni inоbatga оladi.

Ma’naviy - marifiy ishlar bo’yicha dirеktоr o’rinbоsari qayta tayyorlоv kurslarida o’z malakasini оshirib bоradi.


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish