Kurs ishining maqsadlari:
1. O‘zbekistonda bolalarni homiylik olish tartibini bilish. yoki vasiylikka olish tartibi va vasiylarga qo’yiladigan talablar
2. O‘zbekistonda bolalarni vasiylikka olish tartibini bilish.
3. O‘zbekistonda bolalarni vasiylikka olishda vasiylarga qo’yiladigan talablar.
Kurs ishining ob'ekti: O‘zbekistonda bolalarni homiylik va vasiylik.
Kurs ishining mavzusi: O'zbekistonda bolani homiylik yoki vasiylikga olish tartibi va vasiylarga qo'yiladigon talablar.
Kurs ish usullari: adabiy manbalarni tahlil qilish, tahlil va umumlashtirish nazariy tushunchalar tadqiqot masalasi bo'yicha.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan manbalar va ilovalar ro'yxatidan iborat.
Oila jamiyatning asosiy va birlamchi bo‘g‘inidir. Davlat va jamiyatni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Davlat va jamiyat o'rtasida uzviy bog'lanish mavjud bo'Jib, jamiyatning negizini oilalar tashkil qiladi. Oila a’zolari o ‘rtasidagi munosabat axloq-odoh, urf-odat, an'ana, vijdon qonunlari asosida tartibga solinib turilsa-da, aksari hollarda ushbu munosabatlar huquqiy me’yorlar, qonunlar bilan hamtartibga solinadi. Masalan, nikohga kirish, nikohning haqiqiy emasligi, er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari, nikohning tugatilishi, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlar va h.k.lar huquqiy munosabatlar bo‘lib, u oila huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Oilaviy-huquqiy munosabatlarjaniiyatda juda keng tarqalgan munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar muayyan hollarda axloq odob qoidalari bilan tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagi aniq ijtimoiy munosabatlarni oila qonunchiligi nuqtayi nazaridan tatbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu xususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikoh tuzishdan maqsad oila qurish bo‘lib, u erxotinning butun umri davomida birga yashashiga mo'ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalaming tarbiyasi va ta’minotiga qaratiladi. Farzandlikka olish, vasiylik, homiylik va boshqa huquqiy munosabatlar ko‘p xususiyatlari bilan bir-biriga o ‘xshab ketadi. Bunday huquqiy munosabatlarda qo‘yilgan maqsadlarga uzoq muddat davomida erishish mumkin.
Oilaviy-huquqiy munosabatlar muddatsiz bo‘ladi. Er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda, bir umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy huquqiy munosabatlar ham mavjudki, ular ma'lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davrgacha albatta davom etadi. Masalan, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to o‘lguniga qadar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |