Pedagogika va psixologiya fakulteti


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o‘yinlardan foydalanish



Download 188,5 Kb.
bet6/7
Sana02.04.2023
Hajmi188,5 Kb.
#924157
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya fakulteti

2.2 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o‘yinlardan foydalanish
Bolalar o‘sib, ulg‘aygani sari ularning nutqi ham rivojlanib boradi. Bu davrda ba’zan nutqning ma’lum darajadagi buzilishlari kuzatilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi boalalarda uchraydigan nutq kamchiliklaribartaraf etish yuzasidan xilma – xil yo‘nalishda tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Rossiyada R.Ye. Levina, L.F. Slirova, V.A. Kavshikov, Ukrainadi Ye.F. Sabotovich, O‘zbekistonda L.R. Mo‘minova, Ye.A. Boboeva tomonlaridan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Biz o‘z tadqiqotimizda Ushbu muammolar echimini echishga harakat qildik. Biz bolalar nutq faoliyatiga o‘yinlarning qay darajada ta’sir etishni turli xil o‘yinlar orqali sinab ko‘rishga harakat qildik. Nutq buzilishlari bola shaxsining shakllanishiga, bilish faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
Ma’lumki nuqsonli bolalar bilan muloqotga kirishish uchun, pedagogga pedagogik mahorat juda kuchli bo‘lmog‘i lozim. Chunki ko‘pgina nuqsonlo bolalar (o‘zlaridagi nuqsonlari sababli) o‘zgalar bilan muloqotga kirishishni istashmaydi, istashsa ham qiynalishadi.
Insonlar bir birlari bilan muomilaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri o‘zaro bir biriga ta’sir ko‘zsatish, ya’ni fikr- g‘oyalariga yaxshi ta’surot qoldirishdir.Ammo ko‘pgina nuqsonli bolalarning fikr doirasi kuchsizroq bo‘lib, ega bo‘lgan fikrlarini ham nutqida aniq bayon ettirishga (nuqsonlari sababli) qiynalishadi. Shuning uchun pedagog birinchi bo‘lib nuqsonli bolalarga psixologik ta’sir bu- turli vositalar yordamida bolalarning fikrlari, hissiyotlari va xatti harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishi darkordir.
Ma’lumki nutq – bu so‘zlashuv o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi –so‘zlar hisoblanadi. Manologik nutqda, diologik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanilib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi. Hutqida nuqsoni bor bola esa ko‘pgina hollarda shu nuqsonini yashirishi natijasida muloqotda kirishishni istamaydi, kirishsa ham tor doiradagi insonlar (oila a’zolari, bog‘cha opasi va bir necha yaqin do‘stlari) bilan muloqotga kirishadi. Shu sabab ularning so‘zlar zaxirasi kam, davragirlik xislatlari sust bo‘ladi. Ertaliklarga ham o‘zlariga berilgan sherni qiynalib aytishadi.
Ba’zi hollarga bunaqa bolalar nutqning paralingivistik ta’sirning bazi bir omillari nutqni susaytiruvchi, past tovushida ifodalash, to‘xtashlar, duduqlanish, yutal, til bilan amalgam oshiriladigan harakatlar, nidolardan foydalanadi. Muloqot jarayonidagi harakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishini o‘ylar ekan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori- bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqoridagi ta’kidlangan vositalardan foydalanadi.
Shunday ekan, suhbat jarayonida bola o‘zini tashabbuskor etib his qilishi, ya’ni bola suxbatda o‘zini asosiy rolda ekanligini sezishi kerak, buning uchun pedagog diologni shu maqsadda tuzishi lozim.eng avvalo bola bilan ishonchli munosabat o‘rnarishi kerak.Suxbat jarayonida bola uni yaxshi ko‘rishlarini va u to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlarini his eta olishi juda muhimdir. Pedagogning muloqot jarayonida o‘yin, nutqiy mashqlar, barmoqlar teatri, qisqa saxna ko‘rinishlarini o‘ynash, rasmli topishmoqlar, ta’limiy o‘yinlar, barmoqlar gimnastikasi va qofiyali so‘zlar o‘yinidan foydalanishi muloqotning ijobiy o‘tishiga yordam beradi. Bola tomonidan berilgan bilimlarning o‘zlashtirilishi uning hotirasiga ham bog‘liqdir.
O‘yin inson faoliyatining ko‘rinishlaridan biridir. Tadqiqotchilar o‘yinning qadrini bola xulqini shakllantirishdagi kishining muomala chog‘idagi xatti – harakatini aniqlab olishdagi ahamiyatini ta’kidladilar. O‘yin bola hayotining uzviy qismidir. Bolalarning o‘yin dunyosi boy va xilma – xildir. Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda o‘yin usullari hamda elementlaridan foydalanish samarali natija beradi va shu sababdan keng qo‘llaniladi. Shu sababli o‘yin faoliyatidan keng foydalanish orqali bolaga har tomonlama ta’sir etish mumkin. O‘yin bolaning aqliy rivojlanish vositasidir. O‘yin vaqtida xilma – xil aqliy jarayonlar faollashadi, o‘yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to‘plash, analizatorlarni farqlash, taqqoslash, umumlashtirish jarayonlarining faollashuvini talab etadi. Bir xildagi harakat va so‘zlarning ko‘p takrorlanishi bola ongida narsa va hodisalar haqidagi mustahkam bog‘lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti – harakatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
“O‘yin – sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir”, degan edi V. A. Suxomlinskiy. O‘yin bolalarning har tomonlama kamol topishida kata ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yin vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot va boshqa ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o‘stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning xis tuyg‘ularini shakllantirishga, ayniqsa, ularning sezgi a’zolari (ko‘rish, sezish, tinglash va .b) faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar xilma – xil materialllar asosida tashkil qilinadi. Masalan: qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar, rang – barang rasm va kartochkalar, turli geometrik shakllar, tabiiy materiallar shular jumlasidandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlarning ag‘amiyati katta, bu o‘yinlarni keng qo‘llash bola tafakkuri, idroki, zehni, xotirasi, irodasi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolada atrof olamni bilishga bo‘lgan qiziqish ortadi, ziyrakligi, ixtiyoriy diqqati, topqirligi tashabbuskorligi mustahkamlanadi. Bolalarda o‘yin orqali, kattalarning xatti – harakati orqali voqe’likka munosabat shakllanadi, dunyoqarash, aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan tarbiyalanadilar. O‘yinlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: Didaktik o‘yinlar; dramalashtirilgan o‘yinlar; syujetli – roli; harakatli o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlarda bolalarning aqliy jixatdan o‘stirish uchun kerakli bo‘lgan muhim sifatlar hosil bo‘ladi. O‘yinlar bolalarning yoshiga va ruhiy rivojlanishiga qarab tanlanadi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o‘stirib boriladi. O‘yin ko‘rgazmalilik, oddiydan murakkabga o‘tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi va logopedlar ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘yindan to‘g‘ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya’ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalar eshitish, ko‘rish, sezish a’zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o‘rganadilar. Ta’limiy o‘yinlar guruhlarda quyidagi xilda o‘tkaziladi.
O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko‘ylaklar". Stol ustiga qo‘yib o‘ynaladigan o‘yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko‘rsat", "Kimning qo‘lida nima bor?". Og‘zaki usuldagi ta’limiy o‘yinlar- "Qo‘g‘irchoq Lolaxonni cho‘miltiramiz", "Qo‘g‘irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o‘yinlar kiradi.
Eshitish va ko‘rish a’zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari O‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko‘rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o‘ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag‘on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o‘yini", "Bog‘bonlar" o‘yinlari orqali bolalarda mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Mazkur o‘yin jarayonida nutq muhim ahamiyat kasb etadi: u orqali bolalar fikr, his tuyg‘u va kechinmalar bilan almashinishadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishadi. Nutq bolalarga tevarak – atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xil munosabatda bo‘lishga yordam beradi. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar Bilan olib boriladigan didaktik o‘yinlar so‘z va gaplarni tahlil qilishga, so‘zlarda tovush va harflarning o‘rnini aniqlash, jumlalarni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatadi. 

XULOSA
Xulosa qilib aytganda pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab turli muloqot shakllarini qo‘llagan holda ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish bilan birga nutq madaniyatini va muloqotga kirishishni ham oʻrgatib borishlari zarur hisoblanadi.
Odamning aqliy faoliyati – bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko‘pgina vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan keng ko‘lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo‘shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko‘ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o‘rtaga qo‘yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kirar ekan demak, aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko‘nikmalarini, kitob bilan ishlash ko‘nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog‘liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo‘lgan bir qancha vazifalarni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko‘rsatkichining yuqoriligida ko‘rish mumkin. Shunday qilib maktabgacha ta’limning pedagogik jarayonda o‘yin jarayonida, maktabgacha yoshidagi bolalarni aqliy rivojlanishiga katta ahamiyat qaratish lozimdir.

Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish