1
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA
UNIVЕRSITЕTI
PЕDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTЕTI
“PSIXOLOGIYA” KAFЕDRASI
“Ijtimoiy pedagogika” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Darsdan tashqari jarayonda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning mazmun, shakl va metodlari
Bajardi: PP-205 guruh talabasi
______________________
(F.I.Sh)
Ilmiy rahbar:
______________________
(F.I.SH)
TOSHKЕNT – 2021
2
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….
3
1.BOB. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va
metodlari…………………………………………………………
5
1.1.Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va
nazariy asoslari……………………………………………………
5
S
i
n
f
d
a
n
t
a
s
h
q
a
r
i
t
a
r
b
i
y
a
v
i
y
10
2.BOB. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qilishni
tashkil etish usullari……………………………………………..
16
2.1.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda
tashkilotchi shaxsiga bo’lgan talablar…………………………….
16
2.2.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning olib borish
jarayonda rahbar erishishi lozim bo’lgan yutuqlari……………….
22
XULOSA …………………………………………………………………...
26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…..……………………………....
27
3
Kirish
Darsdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif
qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar
o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda
tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil
etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan
iboratdir.
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to’g’risida” gi Qonunining II bob 17-moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil
etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi
ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat
organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-
estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga
bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar
sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar,
sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga
ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan
o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda
o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun
ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan
bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari,
ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.
Darsdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga
bo’linadi:
- Fan to’garaklari;
- Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;
- Sport to’garaklari;
4
- San’at yo’nalishidagi to’garaklar.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda
tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni
Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek,
o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari,
ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish
kerak.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni
o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni
o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.