Pedagogika va psixalogiya


Nikolay Gartman (1882-1950), Zigmund Freyd (1856-1939)lar qarashicha, shaxs onglilik va ongsizlik tamoyillaridan iborat



Download 0,79 Mb.
bet5/7
Sana25.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#462501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdurahmon Muhammadamin kurs ishi

Nikolay Gartman (1882-1950), Zigmund Freyd (1856-1939)lar qarashicha, shaxs onglilik va ongsizlik tamoyillaridan iborat258.
Ushbu olimlarning fikridagi shaxsga nisbatan onglilik deb baholanganda individga xos bo‘lgan barcha ichki va tashqi xususiyatlarining namoyon bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ongsizlikka nisbatan shaxs atamasini qo‘llash unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. SHuning uchun bo‘lsa kerak ularning shaxs haqidagi ayrim qarashlari keyingi paytlarda tanqid qilinmoqda.
Nitsshening fikricha, hokimiyatga intilish irodasi- inson hulqining ichki intilishlari, istaqlaridan biri hisoblanadi. U hokimiyatga intilish irodasini inson faoliyatining etakchi omili va insonning asosiy, bosh qobiliyati, deb hisoblash bilan birga, bu xususiyat hayotning barcha sohalariga: o‘simliklarga ham, hayvonlarga ham xos, deb hisoblaydi. Nitsshe mana shu tarzda CH.Darvinning yashash uchun kurash qoidasini insoniyatga tadbiq etmoqchi bo‘ladi. Demak, uning fikricha, insonning hokimiyatga intilish irodasi, hayotning o‘zida, organizmlarning yashab qolishlari uchun ichki instinktlarida, intilishlaridadir.
SHaxsni dunyoning asosiga qo‘yish ekzistensializmning markaziy masalasi hisoblanadi. Ekzsitensialistlar eng avvalo, shaxs hayotining ma’nosi nimada? YAshashdan maqsad nima? Degan savollarga javob izlaydilar. Ular shaxs yashashini ikkiga bo‘ladilar. Birinchisi, shaxsning “haqiqiy” mavjudligi, o‘z-o‘zicha mavjudligi; ikkinchisi, “nohaqiqiy” mavjudlik, shaxsning jamiyatdagi boshqa kishilar bilan majudligi. Ekzistensialistlar inson ma’naviy tanazzuldan chiqish uchun “nohaqiqiy” mavjudlikni engib “haqiqiy” mavjudlikka erishishi zarur, deb hisoblaydilar259.
Ekzistensializmning taniqli namoyondalaridan biri Kerkegor kishini ob’ektiv shart-sharoitlar, turmush tashvishlari qo‘rquvga, umidsizlikka soladi deb hisoblayli. Xudoga e’tiqod qilish yo‘li bilan inson qo‘rquv va umidsizlikdan holi bo‘ladi, tasalli topadi deb uqtiradi faylasuf. SHaxsni xudoga bog‘lab turuvchi vositalarni Kerkegor uch bosqichga ajratadi: estetik, ahloqiy va diniy ekzistensiya.
Estetik bosqichda inson hayotining maqsadi zavqlanishdir. Estetik bosqichda odam hali reallikka aylanmaydigan, imkoniyatlar olamida bo‘ladi. YA’ni inson hayol qilingan hayotning tassurotlari bilan yashaydi. Ahloqiy bosqichda inson noreal hayollar o‘yidan xalos bo‘lib, real dunyoda yashay boshlaydi. Bu bosqichda insonda o‘zining shaxsiy mavjudligiga mas’ullik hissi vujudga keladi. O‘zining shaxsiy “Men”ini chuqur analiz qilish mana shu bosqich uchun xarakterlidir. Diniy bosqichda inson “yoki-yoki” dilemmasini hal eta borib, o‘limni emas abadiylikni tanlaydi.
Xaydeggerga ko‘ra, insonning haqiqiy mohiyati, uning mavjudligidadir. Ijtimoiy hayot va uning barcha sohalari nohaqiqiy mavjudlikdir. SHaxs ijtimoiy hayotda o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lishdan to‘xtaydi, ya’ni, his-tuyg‘uda, fikrlashda, hatti-harakatda umume’tirof etilgan qonun-qoidalarga tayanadi, ijtimoiy fikrga bo‘ysunadi. “SHaxsssizlik” hukmronligidan xalos bo‘lish uchun inson mavjudlikni shaxsiylik sifatida, faqat unga xos xususiyat sifatida qabul qilish zarur. Inson o‘z mavjudligini anglab etishga qodirdir.
Xaydegger inson o‘z mavjudligini shaxsiy kechinmalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli holatlarga tushganda anglab eta boshlaydi, deb ko‘rsatadi. Xaydegger, bunday holatlarga “qo‘rquv”, “tahlika”, “gunoh tuyg‘usi” kabilarni kiritadi.
Xaydegger har bir inson individual taqdirga ega, uning hayotining boshlanishi va tugashi bor, ya’ni uning mavjudligi tug‘ilishi va o‘lim orasida bo‘ladi, deb hisoblaydi. Xaydegger fikricha, inson mavjudligining ontologik asosi uning tugallanishida, vaqtinchaligidadir. SHuning uchun vaqtga borliqning eng muhim xarakteri, mavjudlik sifatida qaralishi lozim.
Ekzistensialist J.P.Sartr insonning kim va qanday bo‘lishi faqat o‘z-o‘zini anglashi, tasavvur qilishdangina iborat emas, balki, shu bilan birga o‘z irodasini shaxs bo‘lib etishish uchun namoyon qila olishida hamdir, deb hisoblaydi. CHunki, uning fikricha, inson o‘zini mavjud bo‘lib yashay boshlagandan so‘ngina tasavvur qila boshlaydi va mana shu mavjudlikning kuchayib borishi jarayonida iroda o‘zini namoyon qiladi, ya’ni, inson o‘zini-o‘zi shakllantiradi, inson qiladi-bu ekzistensializmning birinchi prinsipidir, deydi Sartr260.
Sartr mana shu tarzda inson o‘z faoliyati jarayonida tayanadigan asoslar olamda ham, olamdan tashqarida ham, o‘z tabiatida ham yo‘q (chunki, unga indvid sifatida azaliy insoniy mohiyat berilmagan), inson o‘z-o‘zicha tashlab qo‘yilgan, u mutlaq erkindir, degan xulosaga keladi. Sartr fikricha, erkinlik alohida xususiyat ham, yoki qo‘lga kiritilgan ezgulik ham emas, balki, insonga azaldan berilgan holatdir. SHuningdek, inson goh erkin, goh qul bo‘lib tug‘ilmaydi, u butunlay va har doim erkindir yoki butunlay yo‘qdir, deb uqtiradi faylasuf. Demak, inson mavjud ekan, u erkindir, u erkinlikka mahkum etilgandir.
Biz, deydi Sartr, erkinlikning har bir alohida voqeada bo‘lishini istaymiz. Ammo, erkinlikkka intilish jarayonida uning boshqa odamlar erkinligiga bog‘liqligiga, shuningdek, boshqalar erkinligi bizning erkinligimizga bog‘liqligiga ishonch hosil qilamiz. Albatta, deb davom etadi Sartr, erkinlik insonning ta’rifi, unga xos bo‘lgan xususiyat sifatida boshqalarnikiga tobe’ emas, ammo harakatning boshlanishi bilan men o‘zimning erkinligim bilan boshqalar erkinligini birgalikda hohlashga majburman.
SHunday qilib, Sartr ekzistensializmning “mavjudlik mohiyatdan oldin keladi” degan tezisga asoslangan holda inson erkinligi masalasiga yondashadi, ya’ni inson erkinligi uning mavjudligida, inson mavjud bo‘lar ekan, u erkindir. Demak, Sartr, boshqa ekzistensialistlar kabi, erkinlik-bu ichki erkinlikdir, kishining qalbida yashaydigan, tabiiy va ijtimoiy determinizmga bo‘ysunmaydigan, u yoki bu hatti-harakatlarni, faoliyat turlarini keltirib chiqaradigan ichki ruhiy kuchdir, degan xulosaga keladi. Sartr jamiyatning inson takomilidagi o‘rnini to‘g‘ri baholamaydi. Uningcha, jamiyat kishilarga siyosiy, iqtisodiy va boshqa erkinliklarnigina berishi mumkin. Haqiqiy ekzistensial erkinlik jamiyatdan tashqarida, insonning o‘z olamida boshlanadi. Ammo, Sartr, shaxsning erkin ma’naviy rivojlanishi uchun jamiyat muayyan shart-sharoitlar yaratib berishi mumkinligini inkor qilmaydi.
Sartr inson erkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan tanlov va harakatlar ongli xarakterga ega bo‘lishini ham ko‘rsatib o‘tadi. U Freydning ongsizlik g‘oyasini inkor qiladi, ongning psixik faktlari samarasizligini asoslab beradi. Ong, uning fikricha, psixik borliqning mezoni, reflekslargacha bo‘lgan hodisa. Insonning barcha harakatlari va holatlari shaxsiy butunligini ta’minlashning zaruriy sharti. Sartr inson avtorligining ongli xarakterini «o‘zida bor bo‘lish» sifatidagi ongning ontologik strukturasi yordamida asoslab berishga harakat qiladi. Demak, Sartr fikricha, inson mavjud bo‘lar ekan, doimo o‘z mas’uliyati bilan to‘qnash kelaveradi. Unda tayanadigan asoslar yo‘q. Insonda mavjud bo‘lgan barcha holatlar, jihatlar, uning individual tanlovi, tashabbusi shuning natijasi. O‘zining mas’ulligi va avtorligi muqarrarligini anglash sifatidagina ekzistensial g‘am-g‘ussa ham xuddi mana shundadir.
YAna bir ekzistensializm namoyondasi A. Kamyu “Isyonchi” asarida inson huquqlari va erkinliklari masalasini ko‘tarib chiqadi. Uning ta’kidlashicha, isyon-bu o‘z huquqlarini anglab etgan, barcha narsadan xabardor, bilimdon kishining ishidir. Isyon, eng avvalo ezgulikdan uzoqlashgan jamiyatlarda sodir bo‘ladi. Tubanlashgan jamiyatlarda yashovchi kishilar uchun isyon, ularning borligining muhim o‘lchovlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Insonda o‘z-o‘zini inson sifatida anglashning paydo bo‘lishi bilan isyon ham vujudga keladi. Kamyu nuqtai nazaricha, isyon insonning kundalik hayotida Dekartda fikr qanday rol o‘ynagan bo‘lsa (“Men fikrlayabman, demak men mavjudman”), xuddi shunday o‘rin tutadi. YA’ni, “Men isyon qilyabman, demak men mavjudman”. Isyon va inqilob hozirgi davr odamining taqdiri va qismatidir.
Gabriel Marsel ekzistensial qarashlariga ko‘ra, hozirgi davr g‘arb jamiyatining turli tazyiqlari tufayli kishilarga tobora xira tortib borayotgan ichki, “sirli hissiyot” insonning o‘z shaxsiy hayotiga chuqur mulohaza qilgan holda munosabatda bo‘lishi, bilishning donolikka olib boruvchi ahloqiy asoslariga e’tibor qaratish yo‘li bilan yoritilish mumkin. Marsel falsafasida ichki erkinlik, tanlov, ma’suliyat masalalalari, birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ammo, Sartrdan farqli ravishda Marsel indvid erkinligi to‘qnash keladigan chegaralarni tan oladi.
SHaxs to‘g‘risida o‘ziga hos qarashlarga ega bo‘lgan neotomizm hozirgi zamon g‘arb falsafasida ko‘zga ko‘rinarli o‘rin egallaydi. Netomizm antropologiyasining asosida insonni tana va ruh birligidan iborat bo‘lgan murakkab substansiya, deb qarovchi tomistik an’ana yotadi. SHaxs va indvidni turlicha talqin qilish shunga borib taqaladi. Indvid sifatida qaraladigan inson o‘simlik yoki hayvon erkin bo‘lmagani kabi, erkinlikka ega bo‘lmaydi. Erkinlik-shaxsning atributidir. Erkinlikning mohiyati, shaxsning mohiyati bilan muvofiq keladi deb, ta’kidlaydi, Jilson. Erkinlik neotomistlar tomonidan tanlov erkinligi va ixtiyoriy erkinlik sifatida talqin qilinadi.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish