2-bob bo`yicha xulosa
Oilada bolalarni muvaffaqyatli tayyorlashda xalq pedagogikasi o`ziga xos malum tizimga ega bo`lib, bu tizim oilada ota va onaning burchi, vazifalari, farzandlarning ota va ona oldidagi burch, vazifalaridan iborat bo`lib hisoblanadi.
Bu borada xalq pedagogikasi katta imkoniyatlarga ega bo`lib, mazkur imkoniyatlar xalq og`zaki ijodi, diniy talimotlar, milliy urf-odatlar, ananalar, marosimlar, xalq o`yinlari, o`yinchoqlar, xalq amaliy sanati, hunarmandchiligi, milliy musiqa, xalq qo`shiqchiligi, tasviriy sanat, tarixiy yodgorliklar, milliy memorchilik, xalq raqs sanatida namoyon bo`ldi.
Bolalarni tarbiyalash, ularni o`z xalqi, vataniga sodiq, kelajak hayotga o`z o`rniga, malum kasb egasi bo`lishiga, halol, pok, vijdonli, barkamol, ektuk shaxs bo`lib voyaga etishishi malum yo`nalishlar, tarbiyaning malum shakl va metodlari vositasida amalga oshiriladi. Shunga ko`ra bu borada ming yillar davomida tarkib topgan tarbiya yo`nalishlari, shakl va metodlari bo`lib, bu metodlar xalq tajribasida sinalgan hamda talim-tarbiya tizimi orqali avloddan-avlodga o`tib kelgan. Bu metodlar xalq pedagogikasining barcha manbalarida o`z ifodasini topgan bo`lib, yoshlarni muvaffaqiyatli tarbiyalashda bir butun, yahlit tarbiya tizimini tashkil etadi. Shunga ko`ra mazkur metodlarning samaralilarini tanlab olish hamda ulardan yoshlarni hayotga tayyorlashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
XULOSA
Talim-tarbiya muassasalari oila va jamoatchilik tarbiyasini tashkil etishda hal etuvchi vazifani bajaradi. Tarbiyaviy tasirni muvofiqlashtirishda u o`z ishini qaytadan tashkil etishi, oilalarga yaqinlashish yo`llarini izlashi, pedagogik malumotlarni kengroq yoyib borishi zarur.
Talim-tarbiya muassasasi, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy tasirini muvofiqlashtirish quyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi:
- Talim-tarbiya muassasalari jamoasi, ota-onalar qo`mitasi, jamoatchilik kengashi, klublar kitobxonalar, stadionlar, huquqni himoya qilish organlari, uchastka nozirlari va sog`liqni saqlash muassasalari ish rejalarini muvofiqlashtirish, har bir tomon vazifalarini aniqlab berish;
- Talim-tarbiya muassasalari kuchiga tayanib ota-ona va jamoatchilik vakillarini bolalar hamda oilalar bilan ishlashga o`rgatishni tashkil etish;
- tarbiyaviy-tashkiliy ish hamda pedagogik madaniyat tashviqotining ayni paytdagi ahvolini va natijalarini chuqur o`rganish, birgalikda muhokama qilish, navbatdagi ishlarni belgilab olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Talim-tarbiya muassasalari oila va ota-onalar bilan asosiy ishini ota-onalar kengashi orqali amalga oshiradi. Bu kengash hamkorlikda faoliyat ko`rsatish rejasiga ega bo`lib, umumiy faoliyat tashkilotchisiga aylanadi, ishni nazorat qilib boradi. Keyingi paytlarda ota-onalar qo`mitasi o`z vakolatlarini to`liqligicha amalga oshirmay, o`z ishida yuzakichilikka yo`l qo`ymoqda. Ular:
- Talim-tarbiya shakl va mazmunini tanlashda qatnashish;
- Talim-tarbiya rejalarini tuzishda ishtirok etish;
- kun tartibini o`zgartirish va uning muhokamasida qatnashish;
- tarbiyalanuvchilarni qobiliyat va moyilliklariga qarab guruhlashtirishda ishtirok etish;
- mehnat va dam olishni tashkil etishda qatnashish;
- tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat ko`rsatishda qatnashish;
- rag`bat va jazo tizimini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ota-onalar qo`mitasi hamda hamkorlikdagi pedagogik madaniyati tashviqoti guruhi ishini muvofiqlashtirish o`z samarasini berishi tayin.
Ota-onalar qo`mitasiga katta hayotiy va pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilarning kiritilishi ko`zlangan maqsadga erishishning asosiy omilidir. Ota-onalar qo`mitasining asosiy vazifasi pedagogik talimni tashkil etish va ularni amalga oshirishdir. Pedagogik o`qishlar, ota-onalar universitetlari davra suhbatlari, anjumanlar, ota-onalar maktabi kabilar shu vazifani amalga oshirishga qaratilgan. Bularning barchasi farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan fuqarolarning pedagogik malumotini oshiradi, o`z farzandlarini yaxshiroq tarbiyalashga o`rgatadi, murakkab muammmolarni hal etishda yordam beradi, yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishda qo`l keladi, bolalar bilan dildan suhbatga o`rgatadi.
Pedagogik madaniyat tashviqoti guruhi va ota-onalar qo`mitasi faollari bu o`qishlarga ko`proq oilalarni jalb qilishga harakat qiladi. Aksariat oila boshliqlari o`z farzandlarining qobiliyatli va madaniyatli, tarbiyali va alochi bo`lib ulg`ayishlarini xohlaydi. Mana shu tabiiy intilish asosida oila va talim-tarbiya muassasalari o`rtasida iliq munosabat o`rnatiladi.
Talim-tarbiya muassasasi va oilaning hamkorlikdagi faoliyati bolalarda ahloqiy sifat, jismoniy sog`liq, aqliy rivojlanish, estetik didni shakllantirishga qaratilgan.
Shu narsa aniqki, ko`plab oila boshliqlari farzand tarbiyasi borasida malakali pedagogik maslahat va kasbiy madadga muhtojlik sezadilar. Shu sababli pedagogik tashviqotni samarali amalga oshirish va oila bilan haqiqiy aloqa o`rnatish vositalaridan biri-tarbiyalanuvchi oilasiga kirib borishdir. Uyga borish orqali yashash sharoiti bilan tanish, tarbiyaviy tasirni kuchaytirish chora-tadbirlarini ota-onasi bilin kelishib olishga erishiladi.
Pedagogik tashviqot olib boruvchi qo`mita azolari ota-onalar bilan suhbatlashganda quyidagi masalalarga asosiy etiborni qaratishi zarur:
oila tarbiyasi shakli va metodlari;
bolaning shu yoshdagi psixofiziologik xususiyatlari;
ahloqiy, jismoniy, mehnat, aqliy tarbiya shakllari;
iqtisodiy, ekologik, ho`jalik, huquqiy tarbiya shakllari;
bolalar sohligini mustahkamlash;
fuqarolik va vatanparvarlik;
ongli intizom, burcha va masuliyatni tarbiyalash;
oila nizo va o`zaro tushunmovchiliklarini bartaraf etish;
ota-onaning jamiyat oldidagi javobgarligi va boshqa kabilar.
Kelajak avlodni tarbiyalash birgina ota-onaning vazifasi hisoblanmaydi, balki keng jamoatchilik aralashuvini talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Bu boradagi keng jamoatchilik harakati ham tarbiyachi-pedagog hodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |