2.2. Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalari
Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o`zgarishlarga uchramoqda. Millatning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda o`zbek oilalari taraqqiyotini umumiy va xususiy taraqqiyotlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatning oilada yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish jarayoniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalardan biridir.
Oilaviy tarbiya deganda ota onalarning o`z hayotlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida dunyoqarash asoslari, siyosiy, ahloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida muntazam, izchil, g`oyaviy va manaviy tasir ko`rsatish jarayoni tushuniladi. O`zbek olimlari tomonidan olib borilgan ko`p yillik ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, O`zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya, uning mazmuni va tashkil etilishi, oila va o`quv muassasalarining boshqa bo`g`inlariga tasir etuvchi o`ziga xos bir qancha ijtimoiy hamda tarbiyalash shart sharoitlari mavjud bo`lib, ularni hisobga olmay ilojimiz yo`q.
Har bir millatning tarixiy anana va urf-odatlari, udumlari, hullas hayot tarzini ko`z-ko`zlovchi madaniyatiga g`amho`rlik qilish, shu asosda ularni yangi-yangi mazmun bilan boyitish millatning tafakkur, fikrlash qobiliyatini qayraydi, boyitadi. Shogirdning ustozdan o`rganadigani ham shu masalalar bo`lgan, shuning uchun ham xalqimiz «talim bergan ustozingdan ayrilma», deydi.
«Navro`z» o`zbek xalqining juda katta milliy bayramidir. Uning mazmunida xalqimizning yashash tarzidagi bahorni iliq qarshi olish, erga birinchi urug` qadash, sumalak, non ulashish, kurash, hashar, uloq, arqon tortish, dor o`yin, aytishuv, topishmoq sahnasi, quloq-cho`zma, o`tganlarni eslash kabi yuzlab anana, urf-odat va udumlari bor. Tabiiyki, ushbu marosimlarni bajarish, ijro etishda til bilan tafakkur ishtirok etadi. Boshqacha qilib aytganda, bu jarayonda millatning idroki, tafakkuri natijalari so`z, jumla va gaplarda voqea bo`ladi.
Olimlar fikricha, oilada bolalar kitobxonligini mohirona tashkil etish ahloqiy go`zallik tarbiyasida katta rol yo`naydi. Shunga ko`ra, bolalar kitobxonligini tashkil etishda oila va maktab hamkorligini o`rnatish, bunda maktabning etakchilik rolini oshirish maqsadga muvofiqdir. Keyingi paytda Yassaviyning «Hikmat»lari, hadis namunalari kabi qator kitoblar ko`p nushada nashr etildi.
Oilada bolalarning kitobxonligini uyushtirishni qo`yidagicha amalga oshirish mumkin:
Har qaysi yoshdagi bolalar uchun badiiy asarlarni to`g`ri tanlash.
Malum tartib asosida badiiy kitoblarni o`qish uchun vaqt hamda sharoitni to`g`ri belgilash.
Badiiy asarlarning tarbiyaviy tomondan tasir etadiganlarini tanlash va kerakli adabiyotlarni to`plab, oila kitobxonasini tashkil etilishi; kattalar va bolalar kitoblari alohida javonlarda tartibli saqlashnishi kerak.
Bolalar kitobxonligini bog`cha va maktab bilan hamkorlikda uyushtirish. Bunda metodistlar va sinf rahbarlari, mutahassislar bilan doimiy aloqa o`rnatish.
Oilada bolalar kitobxonligini uyushtirishda turli usullarni topish.
Tajriba va kuzatishlar oilada bolalar kitobxonligini uyushtirishda suhbat, ifodali o`qish, hikoya, bahs-munozara metod va usullaridan foydalanish yaxshi samara berishini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |